Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi «axborot tizimlari»


Iqtisodiy yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə36/96
tarix15.06.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#131047
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
umk aXBOROT TIZIMI 7-SEMESTR

Iqtisodiy yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • Cheksiz masofaga ta'lim berish. O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi masofa hech qanday ahamiyatga ega emas.

    • Ish jarayoniga xalaqit bermasligi. O`quvchi ishdan ajralmas holatda ta'lim oladi.

    • O`quvchilar sonini oshirilishi. Masofaviy ta'lim texnologiyalarni to`lik qullagan o`quv muassasa talabalar soni 2-3 barobar oshishi mumkin.

    • Narxi. Masofaviy ta'lim kurslari 2 va 3 barobar oddiy kurslarga qaraganda arzon.

Sotsial yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:

      • Ijtimoiy guruhlarga ajratish yo`qligi. Masofaviy ta'lim kursida ikkinchi oliy yoki qo`shimcha ma'lumot oluvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o`tash istagida bo`lganlar; ikkinchi paralel ma'lumot olishni xohlagan talabalar; markazdan uzoqda, kam o`zlashtirilgan mintaqalar aholisi; jismoniy nuqsonlari bo`lgan shaxslar; armiya xizmatida bo`lgan shaxslar; erkin ko`chib yurishi cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi mumkin.

      • Yosh cheklanishlari yo`qligi. O`qishga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilinadi.

Ammo masofaviy ta'limda salbiy tomonlari ham borligi haqida aytish lozim. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • Elektron holatdagi ta'lim va muloqot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual holatdagi ta'lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtqi) ta'lim turlarida o`qish istagida bo`lishadi.

  • Davlat masofaviy ta'lim standartlari yo`qligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi. Shu sababdan ko`pgina masofaviy ta'lim kurslari bitiruvchilariga faqat ushbu kursni bitirganligi haqida sertifikat yoki guvoxnomalar berishadi.

  • Virtual muhit va texnika ta'minot bilan bog`liqligi. Masofaviy ta'lim internet borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taalluqli.




Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin