Termiz davlat universiteti "axborot texnologiyalari" fakulteti



Yüklə 48,18 Kb.
səhifə5/6
tarix26.04.2023
ölçüsü48,18 Kb.
#102981
1   2   3   4   5   6
30 mavzu

2.2 Ilmiy – metodik talablar
1. Maqola ilmiy-tadqiqot ishining tarkibiy qismi bo‘lishi yoki mustaqil ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik masalaga qaratilishi hamda u milliy g‘oya va ma’naviyatimiz ruhida yozilishi lozim. 2. Maqolada kichik bir ilmiy, ilmiy-metodik muammo ko‘tariladi va hal qilinadi va u ilmiy uslubda yoziladi. 3. Maqola quyidagi tuzilma (struktura)ga rioya qilingan holda yozilishi tavsiya qilinadi: Qisqacha kirish. Unda davrning ijtimoiy siyosati, fanning taraqqiyot darajasi va tanlangan muammoning dolzarbligi aks ettiriladi. Qo‘yilgan maqsad va uni asoslash. Maqoladan ko‘zlangan maqsad yoritilgani holda tanlangan muammoning fandagi shu muammolar tizimida ishlanganlik darajasi hamda umumiy muammolar ichidan tanlangan muammoning xususiyligi yoki alohidaligi ajratib ko‘rsatiladi. Ilmiy muammoning tavsifi va yechimi. Bunda adabiyotlardan hamda tadqiqot jarayonida to‘plangan ilmiy va ilmiy-metodik faktlar har tomonlama tahlil va tavsif qilinadi, shuningdek, tayyorlangan axborot matni tajriba-sinov natijalari, ko‘rgazmali (illustratsion) material bilan mustahkamlanishi mumkin. Yakuniy qism. Unda kichik ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik muammoning pedagogika va psixologiya, didaktika yoki xususiy metodika fanlari bo‘yicha ilmiy va amaliy ahamiyatiga xulosa qilinadi. 4. Maqola mazmuniga quyidagi talablar qo‘yiladi: 4.1. Maqola mazmun mohiyati bilan muallifning ilmiy qarashlarini aks ettirishi va original bo‘lishi kerak. 4.2. Maqola pedagogika, psixologiya va didaktikaning nazariy masalalariga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, mavjud nazariyalarga qo‘shilgan yangilik yoki uning takomillashtirilayotgan jihatlari ochib berilishi lozim. Taklif etilayotgan g‘oyaning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati isbot qilib berilishi talab qilinadi. 4.3. Maqola xususiy metodika va texnologiyalarga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, ularning yangilik darajasi hamda metod, metodika va texnologiyalarning samaradorligi o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asoslanishi lozim. 4.4. Maqola pedagogika, psixologiya va didaktika tarixiga bag‘ishlanadigan bo‘lsa, unda o‘rganilayotgan manbalardagi fikr va qarashlar rivojlanayotgan fan va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan bog‘lanib, uning hozirgi davr uchun ahamiyati nuqtayi nazardan yondashilishi lozim.


Yüklə 48,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin