Termiz davlat universiteti "axborot texnologiyalari" fakulteti


BOB Umumta’lim Fanlaridan O‘Quv-Metodik Majmualar



Yüklə 48,18 Kb.
səhifə4/6
tarix26.04.2023
ölçüsü48,18 Kb.
#102981
1   2   3   4   5   6
30 mavzu

2 .BOB Umumta’lim Fanlaridan O‘Quv-Metodik Majmualar
2.1 O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi
Mazkur Umumiy talablar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2006-yil 31-maydagi 362-son, Vazirlar Mahkamasining «2005-2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida» 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son hamda «2009-2013 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish dasturi to‘g‘risida» 2009-yil 20-martdagi 80-son qarorlariga muvofiq, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Umumiy talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
O‘quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita.
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Darsliklarning multimediali ilovalari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi.
3. O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi.
4. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat.
6. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;


Yüklə 48,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin