Termiz davlat universiteti "axborot texnologiyalari" fakulteti



Yüklə 48,18 Kb.
səhifə2/6
tarix26.04.2023
ölçüsü48,18 Kb.
#102981
1   2   3   4   5   6
30 mavzu

Kurs ishining maqsadi.
Elektron didaktik materiallardan foydalanib informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishni takomillashtirish xususiyatlarini ilmiy-nazariy tahlil etib xulosalash va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi vazifalari:
Elektron didaktik materiallardan foydalanib informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishni takomillashtirish qo’llaniladigan usul va vositalarini o’rganish hamda xulosa,tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti.
Elektron didaktik materiallar va undan foydalanish metodlarini xususiyatlarini tahlil etish jarayoni.
Kurs ishining predmeti.
Elektron didaktik materiallar va undan foydalanish metodlarini shakllantirishning mazmuni,shakl,usul va vositalar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi:kirish,2 bob,4 bo’lim,xulosa foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1.BOB ELEKTRON DARSLIKLAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR
1.1. Elektron darsliklar haqida tushuncha
Bundan yigirma yil oldin elektron darsliklar haqida tasavvurga ham ega emasdik. Bugun esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti bois elektron darsliklardan foydalanish imkoniyatiga egamiz. O‘z navbatida, u bilan bog‘liq muammolarni ham yechishga harakat qilyapmiz.
Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin.
Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar:
•grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;
•muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni
shakllantirish;
•o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish.
Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib borish,
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma'lum bir mavzuga mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi.
Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti ikki turdagi ta'sirdan iborat. Birinchisi — o‘qitishning ma'lum bosqichida o‘quvchiga shu bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollar.
Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish.
Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning o‘quvchi
tomonidan o‘zlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bog‘liq ravishda
beriladi.
Amaliy tahlillar ta'lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv
jarayonida interfaol didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni
taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Interfaol o‘yinlar ma'lum bir kasbiy sifatlarga va malakaga ega bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini maqsadida kelajakda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Aynan didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlarni yaratish elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchilik dasturiy-texnik va metodik qiyinchiliklar
bilan bog‘liq.
Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta'lim
metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil ta'lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi.
Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda.
Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
• matnning elektron versiyasi;
• kitobning gipermatnli elektron versiyasi;
•grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
•animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
•animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud
darsliklar.

Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta'minotning yo‘qligi ishlab chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish mumkin.
Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash
mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron darsliklarning an'anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish mumkin:
1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli.
2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.
3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi.
4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi.
Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi
tamoyillarini keltirish mumkin:
• multimedia ma'lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida axborotlarni taqdim etish;
• qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish;
• olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob'yektiv tizimini kiritish;
• tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro
interaktiv va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi.

Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy


muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir.
Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn usulida material, gipermatn ko‘rinishida taqdim etilib, unda rpafik, chizma, diagramma, fotografiya, animatsiya va video qo‘llaniladi. Elektron darslik materiali o‘qituvchiga diktor
ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou ko‘rinishdagi material bilan birga beriladi.
Audio va videoaxborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish
samaradorligini keskin yuksaltiradi. Elektron darslikni yaratishda kelajakda ayrim
muammolarni yechish lozimligi ayon bo‘ldi. Shulardan asosiysi, bu — o‘zbek kirill alifbosidagi «Q», «F», «O‘», «H» harflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga kiritishdir. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, elektron darslikni oldin biror bir nashriyotda chop etilgan darslik asosida yaratish lozim, chunki foydalanilayotgan materiallarni tahrir qilish talab etilmaydi va ulardan skaner orqali foydalanish
mumkin bo‘ladi.
Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi,
ishonchliligi va to‘liqligi darajalariga yuqori talablar qo‘ymoqda.

Chunki busiz samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin emas.


Axborot mahsulotlarining respublikamiz hayotida tutgan o‘rni va roli ijobiy tomonga o‘zgaribib bormoqda. Mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari bozori industriyasini tarkib toptirish jamiyatimizda chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelib, uni «industrialdan axborot lashgan jamiyatga» aylantirishiga ishonchimiz komil.

1.2. Elektron darslik tuzilmasi.


O’zbekiston Respublikasi ”Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar


ko’lamini va yo’nalishlarini belgilabgina qolmasdan, ta'lim sohasida o’ziga xos
inqilobiy burilish yasadi. Bu borada “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta
ta'limni tashkil etish to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda
milliy umumiy o’rta ta'limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga
mos qilib, tubdan isloh qilish mamlakatimiz oldida to’rgan eng ustivor
vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yildi. Hisoblash texnikasining hayotga kirib
borishi, elektron darsliklarning, ya'ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy
etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda.

15
Oddiy (qog’ozli) darsliklarga qaraganda, elektron darslik ko’proq saloxiyatga ega,


chunki kompyuter o’qituvchi uchun qiyin bo’lgan ba'zi qirralarini bajaraoladi, o’z
joyida va o’z vaqtida materialni ko’rsatish, bilim darajasini xaqqoniy aniqlash va
boshqalar. Elektron darslik ma'lum bir predmet bo’yicha to’liq materialni o’z
ichiga olgan bo’lishi kerak. Elektron darslikning «intellektual jihati»ni olib
qaraydigan bo’lsak, uning kamchiliklarini (faqat kompyuterda qo’llash imkoniyati)
qoplabgina qolmay, qog’ozli variantdan ustunlik jihatlari ham mavjud (kerakli
ma'lumotni tezda izlash, ixchamlik va h.k.).
Har bir elektron darslik ma'lum bir me'yorlarga, ichki struktura va formatga
ega bo’lishi uni boshqa darsliklar bilan bog’lash va yagona bir yillik masofaviy
o’qitish tizimini yaratish imkonini beradi.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari predmeti maktabda o’qitiladigan
barcha fanlarni umumiy kompleksda integratsiyalashga tayanadi. Turli fanlardan
elektron darsliklar yaratilishi va IHTA predmetini o’qitish jarayonida ulardan
foydalanish, fanlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda
fanlararo aloqa didaktikaning kompleks muammolaridan hisoblanadi. Ma'ruzadaa
8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida elektron darslik yaratilishini ko’rib
chiqamiz. Keltirilgan darslikda asosan illyustratsiyalardan foydalanilgan va yana
bir jihati bu erda darslik yaratishning avtomatlashtirilgan vositalaridan keng
foydalanilgan.
Elektron darslik strukturasi. Darslikning ichki strukturasini, ya'ni
foydalanuvchi ko’rib turadigan elementlarini ko’rib chiqamiz. Darslikning qiymati
uning mazmunidadir. Agar o’quvchi bu darslikdan foydalanib keyinchalik imtihon
topshiradigan bo’lsa, u holda material mazmunini 3ta ko’rinishda berishni taklif
qilamiz:
1. Mant, rasm, jadval, grafik shaklida ( ya'ni kitobdagi shaklda, lekin bu erda
kitob shakliga xos bo’lmagan animatsiya, video va ovoz elementlari, ma'lumotni
izlash imkoniyatlari ham bo’lishi mumkin).
2. Sxema-kurs ko’rinishida, ya'ni darslik strukturasi tushunarli bo’lishi
uchun darslik mazmuni qisqartirilgan grafik-matn shaklda beriladi.

16
3. Test tizimi (o’z bilimini tekshirish) shaklida – tinglovchiga maxsus


interaktiv tizim vositasida, o’quv materialini savollar va javoblar shaklida berilishi.
Test kompyuter bilan bellashuv, o’yin jixatlari bilan o’quvchilar uchun darslikning
eng qiziqarli qismi bo’lishi mumkin.
Bitta materialning bunday uchta shaklda berilishi uni takrorlash va eslab
qolish imkonini yaratadi. Elektron darslikning strukturasiga to’htaladigan bo’lsak,
u quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
1. Mazkur Umumiy talablar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2006-yil 31-maydagi 362-son, Vazirlar Mahkamasining «2005-2009-yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar nashr etish dasturi to‘g‘risida» 2004-yil 22-noyabrdagi 548-son hamda «2009-2013 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish dasturi to‘g‘risida» 2009-yil 20-martdagi 80-son qarorlariga muvofiq, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Umumiy talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
O‘quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita.
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Darsliklarning multimediali ilovalari — axborot-kommunikatsiya te
texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi.
3. O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi.
4. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari
5. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat.
6. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;
Umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari
7. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga qaratilganligi;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
8. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qo‘yiladi:
Didaktik talablar:
o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;
matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;
qiziqarli, lo‘nda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi;
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi;
ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
rasmlar ko‘rinishidagi illustrasiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi;
yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, formulalar, ta’riflar va shu kabilar lug‘at ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim.
Ilmiy-metodik talablar:
fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi;
o‘quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi ta’minlangan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzulari o‘zbek adabiy tili qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda oddiy va sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi;
mantiqiy ketma-ketlikka va izchillikka amal qilinishi;
milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illustrasiyalar bilan boyitilishi;
savol va topshiriqlar aniq ifodalangan bo‘lishi;
o‘quvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi;
bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda mavhumlikka yo‘l qo‘yilmasligi;
kasb-hunarga yo‘naltirishga oid matnlar va rasmlar, izohli lug‘at, texnik ijodkorlik va mantiqiy tafakkurni o‘stirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish yuzasidan topshiriqlarni qamrab olgan bo‘lishi lozim.
Pedagogik-psixologik talablar:
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzularining o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.
Estetik talablar:
imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi;
matnlar o‘quvchiga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv faniga qiziqish uyg‘otishi;


Yüklə 48,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin