Termiz davlat universiteti boshlang’ich ta’lim metodikasi


– ish (holat o`shaning o`zi)



Yüklə 86,53 Kb.
səhifə7/11
tarix12.04.2023
ölçüsü86,53 Kb.
#96786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-sinfda uzunlik olchov birligini oqitish texnologiyasi

– ish (holat o`shaning o`zi).


Birinchi kesmani ko`k o`lchov bilan (15 sm li), ikkinchi kesmani qizil o`lchov (30 sm li) bilan o`lchaymiz. Birinchi kesmada 6 ta ko`k o`lchov, ikkinchi kesmada esa 4 ta qizil o`lchov bor. Birinchi kesma ikkinchisidan uzun bo`lib chiqdi. Haqiqatdan ham shundaymi? Nega xatolik yuz berdi?
Bunday o`lchov bilan biz bugun tanishdik. Mana shu o`lchov. U uncha katta emas. Uni ushlab turish qulay bo`lishi uchun ingichka simga mahkamlangan (1 – rasm). Bu santimetr. (Yangi so`z yozilgan kartochka qo`yiladi).
Daftaringizda ikkita katakli kesma chizing – bu santimetr. Katakli qog`oz tasmada 1 santimetrli o`lchovni – 1sm ni belgilang. Daftaringizda 18 katakli kesma chizing. Unda unda necha santimetr bor? 10 katakda – chi? 6 katakda – chi? Va hokazo.
A m a l i y i s h . Sanoq cho`pining uzunligini yangi o`lchov – santimetr bilan o`lchash. U bilan ishlash qanchalik qiyin, u kichgina, begilar aralashib ketmoqda. Bugun siz bilan bolalar, birinchi o`lchov asbobi – chizg`ich tayyorlaymiz. Bu ish uchun oldindan yog`och chizg`ich tayyorlab qo`yish kerak. Biroq uning shkalasini oq qog`oz tasma bilan, orqa tomonini esa katak qog`oz bilan yopishtirib qo`yish kerak.
Bu ishni bolalar bilan birgalikda mehnat darasida bajarish mumkin.
O` q i t u v ch i. Endi yo`g`ch chzg`chni oling va oq qog`zli tomonini yuqoriga qaratib qo`ying. Chap uchidn bir oz joy tashlab , nuqta yoki chiziqch qo`ying. O`lchv – santimetrni qo`ying. O`lchovnining ohirini belgilang . O`lchovni chapdan o`nga suring. O`lchovning boshini ikkinchi belgi bilan ustma-ust tushiring. Shu ishni yana 8 marta takrorlang . Chizg`chda bir hil o`lchovlar qo`yilganligini tekshiring. Agar kimda yahshi chiqmagan bo`lsa , chizg`chning katakli tomonini ag`daring. O`lchov – santimetr bilan qilingan ishni katakchlar yordamida takrorlang. Kelgusida bolalar bu chizg`chlardan foydalanib, tasmalarni, arqonchalarni o`lchaydilar, toza qog`oz kesmalar chizadilar, chizg`ichda berilgan uzunlikdagi kesmalarni ko`rsatadilar. Qo`lbola chizg`ich bilan yetarlicha mashqlar bajarilgandan so`ng, u nomerlanadi va
bolalar odatdagi mashtabli chizg`ichga o`tadilar. Mashtabli chizg`ich bilan ishlaganda bolalarni berilgan kesmalarni o`lchashga va berilgan uzunlikdagi kesmalarni chizishga o`rgatish kerak. Bu ishlar jarayonida ushbu eng sodda algoritm hosil bo`ladi.
Berilgan kesmani o`lchash uchun:

  1. Kesmaning boshini chizg`ichdagi 0 bilan ustma-ust tushurish kerak.

  2. chizg`ichni kesma bo`ylab joylashtirish lozim.

  3. kesmaning oxirini chzg`ichda belgilash va kesmaning uzunligini o`qish lozim.

Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash uchun:

  1. Qog`ozda nuqta qo`yilishi kerak.

  2. Bu nuqtaning chizg`ichdagi 0 bilan ustma – ust tushirish kerak.

  3. Chizg`ichni kerakli yo`nalishda joylashtirish lozim.

  4. Kesmaning uzunligini chizg`ich yordamida qog`ozda nuqta bilan belgilash kerak. Bu nuqtalarni tutashtirish lozim.

O`lchash malakalarini mustahkamlash turli – tuman mashqlarni bajarish jarayonida amalgam oshiriladi. Bular bir kesma ikkinchi kesmadan necha santimetr uzun (qisqa) degan savolni berish uchun kesmalarni taqqoslash, kesmani bir necha santimetr uzaytirish (qisqartirish), uzunligi berilgan kesmalarning uzunliklari yig`indisiga (ayirmasiga) teng bo`lgan kesmalarni chizishga doir mashqlardir.
Bolalarni o`lchash natijalarini yaxlitlashga o`rgatish lozim: agar santimetr 4 marta joylashib, santimetrning yarmidan kam kesma qolsa, u holda uni tashlab yuboriladi va uzunlikni bunday aytiladi: “4 sm dan sal uzun, 4 sm atrofida”, agar santimetrning yarmiga teng yoki undan kattaroq kesma ortib qolgan bo`lsa, u holda bunday o`qiladi: “5 sm dan sal kam”, “taxminan 5 sm”. Ko`z bilan chamalashni rivojlantirish va o`quvchilarni faollashtirish maqsadida o`qituvchi turli o`yinlarni tanlaydi: “o`zi o`ziga o`lchov”. Ko`pincha “besh qo`limdek bilaman”, deb gapirishadi. Har bir kishi o`zining besh barmog`ini juda yaxshi bilaman deb hisoblaydi. Aslida ham shundaymikan?
Aytinglarchi, bolalar, murojat qiladi o`qituvchi bolalarga – bosh barmog`ingiz bilan kichik barmog`ingiz orasidagi eng katta masofa qancha? Siz bolalar, “Bu nega kerak”, deb so`raysizmi. Bu juda kerak – da. Buni bilgan holda, siz bolalar, u yoki bu narsaning bo`yini yoki enini osn aniqlay olasiz, u masalan, eshikdan sig`adimi, qancha joy egallaydi va hokazolarni bila olasiz. Shu maqsadda har bir kishi o`z bo`yini, tirsagidan o`rta barmog`ining uchigacha uzunligini bilishi kerak, bu esa unga kerak bo`lganda, o`lchashlar uchun foydalanishda zarurdir.
Bunday ma`lumotlar ham kerak bo`lib qolishi mumkin: bir, uch, besh tiyinlik tangalarning diametrlari, gugurt qutisining bo`yi va eni. Mana yana bir o`yin. Stol atrofida bir necha bolalarni o`tqazing va har biriga uncha katta bo`lmagan cho`p bering. O`yinchilarning ko`zlari bog`lanadi va har birining qarshisiga biror narsa: ko`zacha, choynak, konserva bankasi, quticha va hokazolar qo`yiladi. O`yinchilarning vazijfasi o`zining oldida qanday narsa turganligini, u qanday materialdan qilinganligini va uning uzunligini sm hisobida taxminan baholashdir.

Yüklə 86,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin