J i h o z : Uzunligi 90 sm va 120 sm bo`lgan qog`oz tasmalar.
O ` l c h o v l a r : Qizil tasma 30 sm, ko`k tasma 15 sm, yashil tasma 7.5 sm. Tasmalar flanelegrafga ilib qo`yiladi.
I s h n i n g m a q s a d i : O`lchovlardan foydalanish va kesmalarni o`lchash o`lchash bilan taqqoslashga o`rgatish.
O ` q i t u v c h i : Qaysi tasma uzunroq ekanligini aniqlash kerak. Biroq tasmalar mahkamlab qo`yilgani uchun ularni ustma – ust qo`yib bo`lmaydi. Javobni qanday topamiz?
O ` q u v c h i : tasmalarni uchinchi tasma bilan o`lchaymiz.
O ` q i t u v c h i : “Uchinchi kesma – bu o`lchovdir. O`lchovdan foydalanish qoidasini eslab qolamiz”. (O`qituvchi qoidani aytadi va bir vaqtda 90 sm li tasmani 30 sm li tasma bilan o`lchaydi.)
Narsaning uzunligini uning boshidan boshlab o`lchash kerak (sanoq boshini to`g`ri aniqlash kerak).
O`lchovning oxiri to`g`ri kelgan joyda qalam yoki bo`r bilan belgi qo`yish kerak.
O`lchovni chapdan o`ngga yoki yuqoridan pastga surish kerak.
O`lchovni surayotganda uni oxirgi o`lchangan qismni belgilaydigan belgiga aniq qo`yish kerak.
O`lchovlarni sanash kerak.
O`lchashni tugatgandan so`ng nima bilan o`lchanganligini va natija qanday bo`lganligini aytish kerak!
120 sm li tasmani o`lchab, qoidani mustahkamlaydilar. O`lchashlarni bajarib bunday xulosa qilamiz: Birinchi tasmada 3 ta qizil tasma, ikkinchi tasmada esa 4 ta qizil tasma joylashdi, demak, 3<4. Demak, birinchi tasma ikkinchisidan qisqa yoki ikkinchi tasma birinchi tasmadan uzun.
– ish (jihozlar o`shaning o`zi).
O`quvchilar tasmalarni ko`k tasma (15 sm li), bilan o`lchaydilar. Bunday xulosaga keladilar: “Birinchi tasma ikkinchi tasmadan qisqa, chunki 6<8”.
Nega har xil tengsizliklar oldik? (O`lchovlar har xil edi). Nega bir xil javobni hosil qildik? (Kesmalarnimg uzunliklarini taqqoslash uchun istalgan o`lchovdan foydalanish mumkin.)