4.Boshlang`ichsinflarda matematika darslaridauzunliko`lchovbirliklarinio`rganishgadoir tavfsiyalar.
Ikkita kesma chizing. Birinchi kesmaning uzunligi 9 sm, ikkinchisiniki esa undan 6 sm qissqa bo`lsin.
Daftarning bo`yidan 8smqisqa bo`lgan kesma chizing.
Ikkita kesma berilgan. Qaysi kesma uzunligini ko`zingiz bilan chamalab aniqlang. O`lchab tekshiring. Chizg`ich bo`lmasa, kesmalarni qanday o`lchash mumkin?
7 sm uzunlikdagi kesmani chamalab chizing. Chizg`ich bilan tekhiring, qanchaga yanglishibsiz.
Santimetr bilan barmog`ingiz yo`g`onligini, tirnog`ingiz uzunligini taqqoslang.
Har bir barmog`ingiz uzunligini, kaftingizni enini, gugurt qutisining bo`yini, enini, balandligini, likopchaning kengligini o`lchang.
Detsimetrda o`lchov bilan kanopning, lentaning, qog`oz tasmaning uzunligini o`lchang.
Sinfdagi qaysi narsalarning bo`yi, eni, balandligi 1 metr ekanini chamalab aniqlang.
O`z bo`yingizni metr bilan taqqoslang. Metrni yon tomonga uzatilgan chap qo`lingizning barmoqlari uchiga qo`ying. Chizg`ich gorizontal joylashsin. Chizg`ichning ikkinchi uchi qayerda joylashganligini eslab qoling. Katta odamda metr chap qo`l barmoq uchlaridan o`ng yelkagacha joylashadi.
O`z bo`yingni metr bilan solishtir.
O`z qadamingni uzunligini o`lcha. Buning uchun uzunligi 5 m bo`lgan yo`lka o`lchang. Uni bosib o`t va qadamlaring sonini sana. Metrlarni santimetrlarga aylantir. Santimetrlar sonini qadamlar soniga bo`l.
Qadamingning uzunligini bilgan holda maktabdan uyinggacha masofani aniqla.
Masala. Umarning bo`yi Temurning bo`yidan baland emas, Temir esa Tohirdan baland emas. Tohirning bo`yi qancha bo`lishi mumkin?