2.2. Lazer nurlarining hossalari: monoxramatiklik, kogerentlik, yo‟nalganlik, ravshanlik. Lazerlar yorug‘likning boshqa manbalariga qaraganda qator afzalliklarga ega:
Lazerlar tarqalish burchagi juda kichik (10–5rad atrofida) yorug‘lik dastasi hosil qila oladi. Yerdan yuborilgan bunday dasta Oyda diametri 3 km bo‘lgan dog‘ hosil qilishi mumkin.
Lazer yorug‘ligi nihoyatda monoxromatikdir. Atomlari bir- biridan mustaqil holda yorug‘lik chiqaruvchi oddiy manbalardan farqli o‘laroq, lazerlarda atomlar bir-biriga muvofiq holda yorug‘lik chiqaradi. Shuning uchun to‘lqinning fazasi noregular o‘zgarishlarga duch kelmaydi.
Lazerlar eng kuchli yorug‘lik manbalaridir. Spektrning tor intervalida lazerlarning ba’zi turlari qisqa muddat ichida (taxmi- nan 10–11s davomida) 101fiW/sm2 nurlanish quvvatiga ega bo‘ladi, vaholanki, quyoshning nurlanish quvvati butun spektr bo‘yicha jamifaqat7·103W/sm2gatengdir. Fi=10-6 sm torintervalga(lazerspektral chizig‘ining kengligiga) esa quyosh nurlanishidan atigi 0,2 W/sm2quvvat to‘g‘ri keladi. Lazer nurlanib chiqaradigan elektromagnit to‘lqindagi elektr maydonning kuchlanganligi atom ichidagi maydon kuchlanganligidan kattadir.
Lazerlar zamonaviy texnikada keng qo‘llaniladi. Lazerlarning amaliy qo‘llanilishidagi yo‘nalishlardan biri lazer nuri dastasida juda katta quvvat (o‘nlab megavatt) to‘planishi bilan bog‘liq. Lazerlar qiyin eriydigan materiallarni payvandlash va kesish uchun, teshiklar teshish (masalan, olmoslarda) uchun, medit- sinada nozik va murakkab operatsiyalar (masalan, ko‘zning oq tushgan to‘r pardasini eritib yopishtirish) o‘tkazish uchun ish- latiladi. Yarim o‘tkazgich asboblari ishlab chiqarishda lazerlar yordamida nuqtaviy payvand amalga oshiriladi.
Lazerlarning qo‘llanilishidagi boshqa yo‘nalish lazerlardan chiqarilgan yorug‘likning tarqalishda deyarli sochilmasligi bilan bog‘liq. Lazer nurining bu xususiyatidan, masalan, metropoliten liniyalarini qurishda, geodeziyada, masofa va burchaklarni o‘l- chashda, kema, samolyot va raketalarning tezligi va harakat yo‘nalishini aniqlashda, sayyoralarni lokasiyalashda foydalaniladi.
Lazerlardan foydalanishdagi uchinchi yo‘nalish lazerlardan nurlanuvchi yorug‘likning kogerentligi bilan bog‘liq: lazer nuri nihoyatda ingichka spektrga ega, uni modulatsiyalash va uning yordamida turli ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish mumkin. Hozirgi kunda lazer aloqa liniyalari ishga tushirilgan. Lazerlardan tovush va televizion tasvirlarni yozib olish va qayta ko‘rsatishda va zamonaviy texnikaning boshqa sohalarida foydalaniladi.
Lazer nuri ta’sirida atom va molekulalarni uyg‘otib, ular orasida o‘zaro odatdagi sharoitlarda amalga oshmaydigan kimyoviy reaksiyalarni yuzaga keltirish mumkin. Lazer nurlaridan boshqa- riladigan termoyadro reaksiyalarni amalga oshirishda foydalanish mumkin. Co2 lazer jarrohlik amaliyotida qo'llaniladi. Uning yordami bilan dermis va shilliq pardalar neoplazmasidan chiqariladi. Texnika ginekologiyada ham qo'llaniladi. Endometrioz, intrauterin adezyonlar, poliplar va myomalar, kondilomalar va bachadon neoplazmalarini o'z ichiga olgan turli ginekologik kasalliklar bilan kurashishda yordam berad.
Ma'lumki, Co2 fraksiyonel lazerdan foydalanish ta'siri nafaqat uning o'zi, balki reabilitatsiya davridan ham - shifokorning barcha tavsiyalarini bajarishga bog'liq. Har bir holatda tiklanish davrining muddati biroz farq qilishi mumkin. Ba'zi bemorlar faqat uch kundan keyin yaxshi ko'rinadi, boshqalari esa haftada odamlarga ko'rinmaydi.
Xulosa: Hozirda ta`lim jarayonidagi amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, jumladan ilg‘or innovatsion texnologiyalarning olib kirilishi ta‘limni tizimli amalga oshirishga yangicha nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi. Fizika fani o'qituvchilari o'z kasblariga ijodiy yondashib, o'quvchilarni o'qish bilan birga uqishga, kuzatuvchanlikka o'rgatishlari zarurdir. Bunga erishishning ko'plab usul va uslublari bo'lib, o'qituvchi ushbu usullardan qay birini qo'llashdan qat‘iy nazar, maqsad - o'quvchilarga topshirilgan vazifalarni mustaqil va aniq bajarish metodikasiga amal qilgan holda, ularni faol ta'lim olish jarayoniga jalb qilish, ularga bilish hamda izlanish malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, umumta'lim maktablari fizika fani bo'yicha o'quv materiallarini puxta o'zlashtirishda faoliyatni oshirishdan iboratdir. Bugungi kunda axborot vositalaridan barcha sohalarda keng qo`llanilgan bir vaqtda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali fizik xodisalarni, tajribalarni, effektlarni namoyish qilish va kuzatishda, jumladan, fizika kursining ―Yorug‘lik hodisalari bo`limini o`rganishda innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish mumkin.