Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika ta’lim yo’nalishi 4- bosqich 402-guruh talabasi Mengnorov Fazliddinning Malakaviy amaliyot davri
HISOBOTI
Men 6.05.2023 kuni soat 16:00 da Termiz davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti binosiga keldim.
Kafedramiz o’qtuvchilari 401-guruh talabalari bilan birga ya’ni 401-402-guruhlariga yig’ilish o’tkazdi.
Yig’lishish chog’ida bizga 8 haftalik diplom oldi pedagogic amaliyotga chiqishimizni aytdi. 402-guruh talabalariga o’z yashash manzillarida pedagogik amaliyotni o’tashimiz kerakligini aytib o’tdi. Bizning amaliyot rahbarimiz O. Davronov ustoz bilan ustozlar bizni tanishtirdi. Amaliyot rahbarimiz O. Davronov ustoz bizga yig’ilish chog’ida pedagogic amaliyot to’g’risida unda qilishi kerak bo’ladigan hujjatlar haqida ma’lumot berib o’tdi.
Men Uzun tumani XTBga qarashli 54-sonli umumta’lim maktabida o’tashim haqida ruhsat so’radim.
Men 8.05.2023 kuni 54-sonli umumta’lim maktabiga soat 7:50 da keldim. U yerda meni maktab direktori R.Holiqulov , o’quv ishlar bo’yicha director o’rin bosari O’.Yo’ldoshev kutib oldi. Maktab direktori meni maktab bilan tanishtirdi, undagi shart-sharoitlar, tartib-qoidalar haqida ham ma’lumot berib o’tdilar. U kishi meni 6-A sinf rahbari tayinladilar. Amaliyot davomida qanday yordam kerak bo’lsa ustozdan so’rashim mumkinligini aytdilar. Keyin men O’.Yo’ldoshev bilan 6-A sinfga kirdim. Ustoz meni o’quvchilari bilan tanishtirdi. Mening amaliyotga kelganligimni aytdilar.
Sinf o’quvchilarining barchasi va ustoz meni iliq kutib olishdi. Keyin O’.Yo’ldoshev dars o’tishni boshladi. Dars tugagach ustoz menga yo’l yo’riqlarni ko’rsatdilar: ya’niy o’qituvchi qanday bo’ishi kerak, o’zini tutishi, sinf rahbar qanday bo’lishi, o’quvchilar bilan qay tartibda ishlash kerakligi haqida aytib o’tdilar. Keyin ustozning sinf rahbarlikda fan o’qituvchiligida kerak bo’ladigan qilishim kerak bo’ladigan hujjatlar bilan tanishdim shundan so’ng men 6-A sinf darsini orqa stulda o’tirib kuzatdim va shu kundan boshlab u yerdagi o’qituvchilarning darsini kuzatib darsni qanday tashkil qilinishi, darsning borishi haqida tushunchalarga ega bo’la boshladim.
Darslar juda ajoyib qiziqarli o’tardi, men ustozlardan dars o’tish metodlarini o’rgana boshladim va o’zimda ko’nikma hosil qilgach o’quvchilarga algebra, geometriya fanlarini ularning o’qituvchilari yordamida darsga tayyorgarlik ko’rib kelgan holda dars o’ta boshladim. Bundan men juda qo’yilgan kamchiliklarimizni o’zining takliflarini bildirib menga juda katta yordam berdilar. Men o’zimdagi bu kamchiliklarni tuzatib borishga harakat qila boshladim. Ustoz bilan birga sinf hujjatlarini yuritishni, sinf o’quvchilarining xulqi, odobi, bilim darajasi, darslarga qiziqishi, iqdidorlari haqida o’rganish chiqdik.
Men o’tgan 8 haftalik pedagogik amaliyotim davrida o’qituvchilikning qanchalik darajada ma’suliyatli kasb ekanligini, ustozlar zimmasidagi yosh avlod kelajagi ma’suliyati, o’qituvchining vazifalari, darsning o’tish qoidalari darslarda dars o’tish metodlarida unumli foydalanish pedagogikaning madaniyati, bugungi kun yoshlarning qiziqishlari va bunga javoban o’qituvchining harakatlari haqida o’rgandim. O’zimga yetarlicha ko’nikmalar hosil qildim.