Pedagogik amaliyot davrida maktabning amaliyotchi psixolog o'qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab tartib-qoidalari bilan tanishdim va o'rgandim
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya ta'lim yo’nalishi 3- bosqich 4-1PPS-20 guruh talabasi Ilyosova Dilshodaning pedagogik amaliyot davri Hisoboti Men Ilyosova Dilshoda 05.09.2022- 25.12.2022 muddatgacha Buxoro viloyati Shofirkon tumani 32-maktabda pedagogik amaliyot davrida bo'ldim.
Pedagogik amaliyot davrida maktabning amaliyotchi psixolog o'qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab tartib-qoidalari bilan tanishdim va o'rgandim.O'qituvchilarning dars o'tish jarayonini kuzattim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o'qitish metodlarini yangi pedagogik texnologiyalarning dars davomida qo'llanishini, shu bilan birga, noan'anaviy o'qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida talaba bilan ishlash to’g’ri va samarali aloqa o'rnatishni kuzattim va o'rgandim. Maktab amaliyotchi psixolog o'qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, dars uchun mustaqil konspekt tuzishni , foydalanishni, darsni to’g’ri shakllantirish mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko'rgazmali qurollar tarqatmali materiallar, mashqlar, mavzuga mos keladigan metodlarni tayyorlash talabalarni rag'batlantirish, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o'rgandim va mustaqil ravishda dars o'tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o'zlashtirgan bilimlarim samara berdi.
Amaliyot mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkil etishda nimalarga ko'proq e’tiborli bo'lish kerakligini qanday usullar orqali darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o'rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim guruhlarda o'tkazilgan ma’naviyat darslarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borish va kuzatish jarayonida guruh rahbarining ish rejasi asosida ma'naviy ma'rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Bunda menga guruh rahbarining yo'l yo'riqlari yordam berdi.
Shuningdek, amaliyot davomida bo’lib o'tgan bir nechta tadbirlarda ishtirok ettim va ularni tashkillashtirishda o'qituvchilarimga yordam berdim. O'zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim.Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va talabalarning yordamlari katta madad bo’ldi.
Ishonamanki ushbu amaliyotim davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o'rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakdagi ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimga katta yordam beradi.