Integratsiyalashgan darslarni samaradorligini oshirish omillari.
Boshlang'ich sinflarda tabiiy-ilmiy bilimlarni egallashda birinchi o'rinda, ko'rgazmalilikka e'tibor berishimiz zarur. Chunki ushbu bilimlar bevosita bolalarning ko'z o'ngida sodir bo'layotgan tabiat hodisalari bilan bog'liq. Shuning uchun dars qanchalik
faol tashkil etilmasin, o'quvchi uni ko'rishi, tasavvur qilishi, iloji bo'lsa, qo'llari bilan ushlab ko'rgandek darajada aniq his eta olishi, mushohada qilish, erkin fikr yuritish darajasida bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lishi lozim. Bunda o'quvchilar ushbu darslarda turli guruhlarga mansub o'simlik va hayvonlar, parrandalar hamda hasharotlarning tuzilishi, ko'payishi,
rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, turlarining xilma-xilligi bilan tanishadi; ularni sistemaga solish va aniqlashni o'rganishadi. Bulardan tashqari yer va uning tuzilishi, koinot va undagi sayyoralar, vatanimiz chegaralari, odam va uning tuzilishi kabi bilimlardan ham boxabar bo'lishadi. Buning uchun albatta, har xil didaktik vositalar va o'quv materiallardan ko'proq foydalanishga e'tibor berish lozim. Boshlang'ich sinflarda tabiiy-ilmiy bilimlarni egallashda bunday didaktik vositalarga o'quv va metodik qo'llanmalardan
tashqari rasmli jadvallar, xarita, globus, optik asboblar, o'simliklardan tayyorlangan gerbariylar, hayvonlarning quruq va ho'l preparatlari, didaktik testlar, topshiriqlar, krossvordlar va hatto multimediali elektron vositalar, ya'ni hozirgi kunda rivojlanib borayotgan
kompyuter texnika vositalari, tabiat va undagi hodisalarni ifodalovchi o'quv diafilmlari va boshqalarni kiritish mumkin.
O'qituvchi 1 soatlik dars davomida mana shunday vositalar yordamida mavzu yuzasidan o'quvchilarga bilim berishga, amaliy ishlar asosida ularning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olishlariga yo'naltiradi, ko'maklashadi, harakat qiladi. Bunday jarayon kompetensiyaviy yondashuvli faoliyatdir. Ushbu faoliyat o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lishni, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olishni, ongli ravishda kasb-hunar tanlashni, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarni, kompetentlilikni shakllantiradi.
O'quv-tarbiyaviy jarayonni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish vazifasi bevosita o'qituvchi va o'quvchidan ijodkorona faoliyatni talab etadi. Ijodkor o'qituvchi va o'quvchi uchun asosiy kasbiy-me'yoriy ko'rsatgich esa bu birinchi navbatda pedagogik jarayonda o'z o'rnini bunyodkor yaratuvchi sifatida his etish va anglab yetishdir. O'qituvchi va o'quvchi voqelikdagi o'z o'rnini
baholay olmas ekan, ulardan hech qachon ijodkorlikni talab qilib bo'lmaydi. Pedagogik faoliyatga kirib kelayotgan har bir shaxs o'zining unga moslashuvchanligini, qolaversa, "inson - inson" ko'rinishidagi kasblar tizimiga layoqati, qiziqishi borligini to'liq tasavvur etishi kerak. Eng muhimi, dars jarayonining mazmun - mohiyatini, ahamiyatini va maqsadini tushunib yetish, doimiy ravishda o'qitish vazifalarini istiqbollari bilan birga olib borishni uddalashi kerak. Agar shu qobiliyat o'qituvchida yo'q bo'lsa, u yaxshigina "bajaruvchi" bo'lishi mumkin, lekin hech qachon ijodkorlik pog'onasiga ko'tarila olmaydi. O'quvchilarni ham ta'lim jarayonining
faol ishtirokchisiga, o'quv mas'uliyatini oshirishga unday olmaydi. Kompetensiyaviy yondashuv esa doimo ta'lim maqsadini aniq o'rnatishdan boshlab, uning natijalarini baholashgacha bo'lgan bosqichlarning har biri, ulardagi hatto mimikali xatti -harakatlar uchun ham ijodiy faoliyatni talab etadi.
Boshlang'ich sinflarga tabiiy-ilmiy bilimlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o'qitish va ulardan yuqorida keltirilgan tartibda foydalanish dars samaradorligini oshirishda yaxshi natijalar beradi. Chunki, mashg'ulotlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish o'quvchilar uchun qulaylik tug'diradi, ularni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi, mas'uliyatini oshiradi, eng sust o'zlashtiruvchi o'quvchilarni ham ilhomlantirgan holda harakatlantiradi.
Didaktik tizimda predmetlar aro asosda integratsiyalash o’qituvchi(ta’lim berish)o’quvchi(ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko’zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega:maqsadlar,sabablar,mazmun,vositalar,natijalar,nazorat.Biroq o’qituvchi
va o’quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.
1. Maqsadli bosqichda o’qituvchi umumiy maqsadni qo’yadi.O’quvchilar o’qituvchi boshchiligida predmetlararo bog’liqliklarni tushunib yetishlari,turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak,bunda ular o’z e’tibor fikrlarini faqat umumiy bilimlarini o’zlashtirishga mos emas balki,ko’chirish tahlil qilish shaxsning belgilari qobiliyat va qiziqishlarining rivojlantirishga qaratishlari kerak.
2. Isbotlash bosqichida o’qituvchi o’quvchilarni dunyoqarashini o’stiruvchi
bilimlarga,turli predmetlar tushunchalarni umumlashtirishga rag’batlantiradi.
O’quvchilar o’z irodalarini kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yo’naltiradilar.
3. Faoliyatning mazmun bosqichida o’qituvchi yangi materialni kiritadi,shu bilan birga integratsion dalillar,tushunchalar,muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi.O’quvchilar ummumpredmetli tushuncha muammolarni umumiy bilimlar darajasida o’zlashtiradilar.
4. Vositalar tanlash bosqichida o’qituvchi turli predmetlar bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi ko’rgazmali vositalarni darsliklar,tablistalar,sxemalar,savolnomalar,amaliy vazifalar,o’quvchilar ko’chirish,umumlashtirish,biriktirish harakterlarini integratsion masalalarni hal qilishga ko’rgazmali vositalar yordamida bajaradilar.
5. Keyingi bosqich-natija.O’qituvchi ta’lim berish,rivojlantirish,tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qo’llaydi.O’quvchi bilimlar tizimida,umumlashtirish ularni amalda qo’llaydi.
6. Nazorat qilish bosqichida o’qituvchi bir-biri bilan bog’langan predmetlarga o’quvchilarning tayyorgarligini baholaydi,nazorat qiladi,o’zlashtirish sifatida baholaydi.O’quvchilar o’z
bilimlarini baholshni,turli predmetlar bo’yicha o’z-o’zini ham,ularni birlashtirish ko’nikmalarini nazorat qiladilar.
Tekshiruvlar ko’rsatishicha integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga:
1.Evristik suhbatlar;
2.Umumiy suhbatlar;
3.Ekskursiyalar;
4.Ona tili va tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar,badiiy asarlar materiallari asosida nutq o’stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar;
5.Ta’limning ko’rgazmali metodlari;
6.Mustaqil ishlar;
7.O’qish,matematika darslarida og’zaki rasm chizish;
8.Imo-ishorali ko’rinishlar(pantomimalar);