Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 136,76 Kb.
səhifə8/9
tarix16.06.2023
ölçüsü136,76 Kb.
#131092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ISMATULLAYEVA SHAHRINA

Xulosa
Hozirgi kunda boshlang'ich maktab ta'limini integratsiya qilish haqida ko'p gapirilmoqda. Bu tushuncha kichik maktab o'quvchisi atrofidagi olamni bir butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa o'quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog'liqligini ko'rishga o'rgatish kerakligini o'qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan, ta'lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob beradimi, uni qanday tashkil etish kerak kabi savollar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ta'limni integratsiyalash fikri xalq ta'limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab ta'limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o'rganish obyektlari bo'lgan ba'zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin. Ta'limni integratsiyalashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirishdan iboratdir. Shuning uchun ham kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqea-hodisalarni bir necha tomondan ko'rishi muhimdir. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o'rgatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko'p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan, tuzish va o'tkazish tartibiga ega bo'lgan, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.Boshlang’ich ta’lim davlat ta’lim standartlari orqali belgilangan bilim,malaka va ko’nikmalarni shakllantiribgina qolmay,balki boladagi shaxsiy sifatlar va fazilatlarni hayotga,turmushga moslashuvchanlik malakalarini egallagan bilimlarini amaliyotga joriy eta olishga oid bo’lgan o’quv va malakalarni shakllantirishni,shuningdek,kechayotgan voqea va hodisalarga sodir bo’layotgan jarayonlarga ongli munosabatni shakllantirishni maqsad qilib qo’yadi.Bu maqsadni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim konsepsiyasida ta’kidlangan ta’lim jarayonini integratsiyalash,integrativ ta’li berish muhim ahamiyat kasb etadi.Aslida konsepsiyaga asosan o’quvchi egallashi lozim bo’lgan bilimlar keng doirada predmetlar bo’yicha o’zaro aloqadorlikda ularni tevarak-atrofda munosabatlarda ko’ra bilishga o’rgatish yo’nalishda amalga oshirish lozim.Matematika va tabiat ta’lim sohalari bo’yicha integrativ ta’lim berish imkoniyatlari ham keng ko’lamlidir.Avvalambor matematika ta’lim sohasining o’zida arifmetik,geometrik va algebraik material o’zaro mutanosib mujassamlashuv negzida beriladi,ta’lim jarayonida,ya’ni sonlar o’n,yuz,ming va ko’p xonali sonlar ichida amallar bajarish sodda masalalar yechish,geometrik matrialni o’rganish miqdor va ularni o’lchashga oid tushunchalarni shakllantirish jarayonida tabiiy ne’matlar,sabzavotlar,mevalar,o’simliklar,gullar,uy hayvonlari,qushlar maket va rasmlaridan foydalaniladi.Matematik bilim berish bilan bir qatorda tabiatga bo’lgan mehr-oqbat,hayvonot va o’simliklar dunyosini sevishga oid bo’lgan malakalar shakllantiriladi.Raqamlar vositasida ona yer,hudud,vatan,yer maydoni,sathi,daryolar soni ularning uzunligi va chuqurligi,aholi soni haqida tushunchalar beriladi.Sanash malakalarini shakllantirish va hisoblash malakalarini shakllantirish,tabiat bilan bog’lash imkoniyatlari katta.
Figura yuzalarinio’lchashda ham bu imkoniyatlardan foydalanish mumkin.Shuningdek,meva urug’lari,tabiiy ne’matlar,tabiiy mahsulotlardan sanoq cho’plari,ko’rgazmali qurollar geometrik figuralar yasash mumkin.Bu jarayon matematik bilimlarni mustahkamlash bilan bir qatorda o’quvchining ona tabiatimiz,uning hayvonot olami,atrofimizni o’rab turgan jonli va jonsiz olam haqidagi tushunchalarini shakllantiradi.
Boshlang’ich matematik ta’limda asosan maqsad mantiqiy tafakkurni shakllantirishga qaratiladi va ta’lim jarayonida mantiqiy tafakkurning soddaroq ko’rinishi bo’lgan obrazli mantiqiy tafakkurdan foydalaniladi.Obrazli mantiqiy tafakkurning o’zi uchga:
1.Ko’rgazmali obrazli mantiqiy tafakkur.
2.Konkret obrazli mantiqiy tafakkur.
3.Harakatli obrazli mantiqiy tafakkurga bo’linadi.
Bu obrazli mantiqiy tafakkurlar asosida ta’lim berish jarayonida tabiat qo’ynida,sayllar davomida,tabiiy ne’matlardan foydalangan holda ta’lim berish imkoniyatlari kattadir.Bu esa o’quvchilardagi bilim olishga bo’lgan qiziqish,o’rganishga bo’lgan ehtiyojini amalga oshirish vositalaridan biri bo’lib,u o’quvchilarni faollashtirishga imkon beradi.


Yüklə 136,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin