Moliyaviy aktivlar - bu qimmatli kog’ozlar bo’lib, u chet el kapitalini jalb etish, chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank de’ozitlariga jalb etish uchun emissiya qilinadi.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo’yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Masalan, 506 ta mulk kom’leksi tanlov asosida, investitsiya kiritish sharti bilan «nol» qiymatida yangi mulkdorlarga sotildi. Bu borada ana shu investorlar qariyb 1 trillion so’m va 40 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o’rni yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim.3 Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri innovatsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. Ushbu yaratilgan investitsiya muhiti iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yildan-yilga ortishiga olib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi.
Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari sub’ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish maqsadida investitsiya dasturi ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |