27. Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to’xtovsiz qo’llash imkoniyatini yaratishidagi o’rni
Investitsiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar kom’leksi.
Respublikada qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo’yicha ishlarni yanada kuchaytirish uzoq muddatga mo’ljallangan strategik vazifa hisoblanadi. Ichki kredit manbalarini safarbar etash chora-tadbirlari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirishga xizmat qiladigan qulay muhit yaratish masalasi biz uchun o’ta muhim strategik ahamiyatga ega.
Mamlakatdagi siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilishning kuchli kafolati va keng imtiyozlar tizimi kabi omillar tadbirkorlar uchun eng qulay shart-sharoit yaratmoqda. Bundan tashkari, ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi xom ashyo, materiallar, energiya resurslari va yuqori malakali ishchi kuchi bahosi qo’shni mamlakatlarga nisbatan arzon bo’lishi xorijiy investitsiyalarni mamlakatimizga jalb qilmoqda.
Soliqlar innovatsiyalarning samaradorligiga ta’sir ko’rsatishi mumkinligi bois investitsion loyihalarning tahliliga kiritilishi kerak. Bu yerda ularning investitsion loyihalarni baholashda tutgan o’rni sof joriy qiymat (N’V – net ‘resent value) va moliyaviy natijalarning vizuallashuvi (VoFI – visualisation of financial im’lications) usullarining ikkalasidan ham foydalanish orqali ko’rsatib berilgan. Soliqlarning investitsion loyihalar samaradorligiga ko’rsatadigan ta’siri bir necha omillarga bog’liq bo’lib, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: soliqqa oid qonunlarning shakli; kompaniyaning huquqiy shakli (xususan, mas’uliyati cheklangan yoki cheklanmagan kompaniyalar); va nihoyat investitsion baholash qaysi ob’ektga qaratilgan bo’lsa, shundan kelib chiqqan holdagi istiqbol (xususan, kompaniyadan yoki aktsiyadorlar asosida istiqbol). Odatda ko’plab keng qo’llaniladigan muhokamalar ushbu omillardan kelib chiqqan holda qilinishi kerak4.
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirishga yo’naltirilgan faol siyosat olib borilmoqda. Milliy valyutaning joriy o’eratsiyalar bo’yicha konvertatsiyasining ta’minlanishi va islohotlarni amalga oshirish strategiyasi O’zbekistonda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay asosni shakllantiradi.
O’zbekistonning tashki iktisodiy faoliyatiga doir xuquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo’lgan qonunlar muhim o’rin tutadi. Xorijiy investorlarning samarali faoliyat ko’rsatishi kafolatlarini ta’minlash, xorijiy moliyaviy va boshka resurslarni zamonaviy chet el texnologiyasi va boshqaruv tajribasini jalb qilish xamda undan okilona foydalanish maqsadida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga, shuningdek uning jahon tizimiga integratsiyalashuviga ko’maklashish uchun 1994 yil 5 mayda O’zbekiston Respublikasining "Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida"gi Qonuni qabul qilindi. SHuningdek O’zbekistondagi investitsion takliflarni tayyorlash va amalga oshirishda xorijiy investorlar va mahalliy hamkorlarga amaliy yordam ko’rsatish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 21 avgustdagi Farmoni bilan nohukumat tashkilot maqomiga ega bo’lgan xorijiy investitsiyalar bo’yicha Agentlik tashkil etildi. Vaqt o’tishi bilan iqtisodiy o’sishning jadal borishini ta’minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati ob’ektiv ravishda ‘aydo bo’ldi.
SHu munosabat bilan 1998 yil 30 a’relda Oliy Majlis tomonidan yangi hujjat — "CHet el investitsiyalari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va "CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi Qonun qabul qildi.
Keyingi yillarda respublikaning investitsiya faoliyati ortib borayotganligini ham aytib o’tish kerak Xorijiy sarmoyani keng jalb qilish asosan tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga, iqtisodiy sohani mustaxkam moddiy-texnika bazasini yaratishga, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini va iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.
Investitsiyalarni mamlakatga jalb qilishda huquqiy asoslarga taalluqli hozirgi vazifa — bu hukumatning xorijiy investitsiyalar bo’yicha uzoq, muddatli barqaror pozitsiyalarini shakllantirish va uni ‘otentsial xorijiy investorlarga yetkazishdan iboratdir.
Xullas, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan quyidagilar ta’minlanadi: investitsiya faoliyatining milliy va chet ellik sub’ektlari uchun barcha qulayliklar; chet ellik investorlarning huquqlarining davlat kafolatlari, zarur hollarda qo’shimcha kafolatlar va himoya tadbirlari; milliylashtirishdan, mablag’lardan foydalanish kafolatlari; mablag’larni o’tkazish kafolatlari, investitsiya faoliyati to’xtatilishi munosabati bilan chet el investitsiyalarini qaytarish kafolatlari; ochiq axborotlardan erkin foydalanish.
Iqtisodiy islohotlarning xozirgi bosqichida xorijiy investitsiyalar, ayniqsa to’g’ridan-to’g’ri xususiy chet el investitsiyalari uchun qator imtiyozlar berildi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash masalalari diqqat markazida bo’lganligi tufayli so’nggi yillarda rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, soliq krediti va imtiyozlaridan kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi.