Termiz davlat universiteti iqtisod va turizm fakulteti iqtisod tarmoqlar va sohalar kesmida sirtqi ta’lim yo’nalishi 5-bosqich 418- guruh talabasi


O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə2/15
tarix15.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
27. Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to’xtovsiz qo’llash imkoniyatini yaratishidagi o’rni

1.1 O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish
Investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko’rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kom’leksidir.
O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga bog’liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:
a) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish;
b) dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish;
v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.
Tobora kengayib borayotgan kapitallar bozorining baynalmilallashuv jarayoni bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar o’rtasidagi kapital oqimi hajmining ortib borishi bilan ajralib turadi. Xalqaro kapitallar oqimi - bu ishlab chiqarish omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli o’sha tomonga oqib o’tadi. Bu haqda bevosita va portfel investitsiyalar hajmining umumiy o’sishi, qisqa va uzoq muddatli kreditlar hajmining ortishi, yevrovalyuta bozorlaridagi o’eratsiyalar miqyosining oshib borishi va boshqalar darak beradi.
Xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yetakchi o’rinlardan birini egallar ekan, u o’z navbatida jahon xo’jaligi rivojiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir, avvalombor, kapitallar migratsiyasining jahon iqtisodiyotini o’sish sur’atlarida o’z aksini to’adi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investitsiya muhiti mavjud sohalarni izlab, chegaralarni kesib o’tadi. Xalqaro investitsiyalar ko’pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital yetishmasligi muammosini hal etish, investitsiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlatish imkonini beradi. Kapitalning chetga chiqishi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlararo kapitallar harakati ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlaydi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini chuqurlashtiradi.
Kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitallar migratsiyasi quyidagicha salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin:
-chetga chiqarilayotgan kapital o’rnini qo’lovchi xorijiy investitsiyalarni jalb qilmaslik chetga kapital chiqaruvchi mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlarini sekinlashtirishi mumkin;
-kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlar uchun kapitalni chetga chiqarish ularda bandlik darajasining pasayishiga olib keladi;
-chetga kapital chiqarish mamlakat to’lov balansiga salbiy ta’sir kiladi.
Kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlar uchun esa quyidagi ijobiy tomonlar xos:
-boshqariladigan kapital importi mamlakat iqtisodiy o’sishiga yordam beradi;
-jalb qilingan kapital qo’shimcha ish o’rinlarini yaratadi;
-xorijiy kapital yangi texnologiyalarni olib keladi, samarali menejment esa mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)ni tezlashtiradi;
-kapitalning kirib kelishi retsipient mamlakat to’lov balansining yaxshilanishiga olib keladi.
O’z navbatida kapitalni jalb qilishning salbiy oqibatlari ham mavjud:
-xorijiy kapital milliy kapitalning o’rnini egallab, uni foyda normasi yuqori tarmoqlardan siqib chiqaradi, natijada ma’lum sharoitlar ta’sirida mamlakat iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishi va uning iqtisodiy holati xavf ostida qolishi mumkin;
-kapital importi ko’pincha retsipient mamlakat bozorlarida o’z hayotiy tsiklini o’tab bo’lgan tovarlarni o’tkazish bilan bog’liq, shuningdek, ishlab chiqarishdan sifatsizligi aniqlanganligi bois olib tashlangan tovarlar bilan bog’liq bo’ladi;
-ssuda kapitali importi mamlakat tashqi qarzining ko’payishiga olib keladi;
-moliyaviy inqirozlar natijasida va fond bozorlaridan kapitalning oqib ketishi mamlakat valyutasining barqarorligiga va umumiy moliyaviy-iqtisodiy holatga jiddiy zarar yetkazadi. Misol uchun 2008 yilda Butun dunyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy inqiroz va uning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini keltirish mumkin.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin