Termiz davlat universiteti iqtisod va turizm fakulteti iqtisod tarmoqlar va sohalar kesmida sirtqi ta’lim yo’nalishi 5-bosqich 418- guruh talabasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə8/15
tarix15.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75217
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
27. Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to’xtovsiz qo’llash imkoniyatini yaratishidagi o’rni

5.2.1-chizma


O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati






Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib to’ib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati - investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.


O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.


Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Ular quyidagi chizmada aks ettirilgan (5.3.1-chizma)


5.3.1-chizma
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari



Yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish

Kontsessiya va lizing shartnomalari tuzish

Tenderlar e’lon qilish

Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish

100% mol - mulk xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish

Ulushi qo’shilib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish

Moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olishni tashkil etish

CHizmada aks ettirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllarini quyida alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.


Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSH dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg’armasining 150 ming AQSH dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.
Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O’zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o’z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar belgilangan.
Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin