2.O`zbekinvest sug`urta kompaniyasi Mamlakatimiz sug‘urta bozorining doimiy takomillashib borishi kompaniya xodimlaridan ushbu sohada chuqur bilimga ega bo‘lishni, sug‘urta polislarini sotish texnologiyalarini mukammal bilishni, kompaniyaning amaldagi sug‘urta mahsulotlarini erkin taqdim eta olish qobiliyatini, shuningdek, mijozlar bilan ishlash etikasiga amal qilishni talab qiladi.
“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi bir necha yillardan buyon respublikaning sug‘urta bozorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda, shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishning innovasion usullarini taqdim etish bo‘yicha mamlakatimiz bozorida yetakchi hisoblanadi. Ushbu mavqe'ga erishishda kompaniyaning xodimlarni uzluksiz o‘qitish tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompaniya vakillari avvalroq Rossiya, kontinental Yevropa, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyaning sug‘urta bozorlarini o‘rganishgan. Joriy yilning aprel oyida esa “O‘zbekinvest” kompaniyasi hududiy rahbarlari Vashington universitetining (AQSh) mutaxassislari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan o‘quv dasturni o‘rganish uchun Sietl shahriga (Vashington, AQSh) tashrif buyurdilar.
“O‘zbekinvest” kompaniyasi vakillarini AQSh sug‘urta bozoridagi joriy vaziyat, sug‘urta sohasidagi qonunchilik normalari, shuningdek sug‘urta mahsulotlari bilan tanishtirish maqsadida Sug‘urta akademiyasi (AQSh) direktori janob Patrik Rayt bilan sessiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, ushbu sessiyada Vashington universiteti va “O‘zbekinvest” kompaniyasi mutaxassislari sug‘urta sohasida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash konsepsiyasini muhokama qildilar.
O‘quv dasturiga muvofiq “O‘zbekinvest” vakillari 1949-yilda tashkil etilgan eng yirik mahalliy sug‘urta kompaniyasi – “PEMCO” sug‘urta kompaniyasida bo‘ldilar.
"PEMCO " sug‘urta kompaniyasini boshqaruvining o‘ziga xos tashkiliy-huquqiy shaklini alohida ta'kidlash kerak - kompaniya "o‘zaro" sug‘urta kompaniyasidir, ya'ni ushbu kompaniyada polisni rasmiylashtirgan har bir mijoz kompaniyaga egalik qilish huquqiga ega. “PEMCO” sug‘urta polislari jismoniy shaxslar tomonidan onlayn sotib olinishi uchun mo‘ljallangan. Mazkur kompaniyada “O‘zbekinvest” vakillari jismoniy shaxslarga sug‘urta polislarini onlayn sotish – avtomatlashtirilgan anderrayting jarayoni bilan tanishdilar.
“PEMCO” Insurance kompaniyasiga tashrif davomida kompaniya mutaxassislari AQShdagi sug‘urta kompaniyalari tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar, va AQShning har bir shtatida shartnomalarni tuzish va sug‘urta qoplamasini taqdim etishga ta'sir ko‘rsatuvchi o‘z regulyatori mavjudligini ta'kidlab o‘tdilar. Belgilangan tartibga ko‘ra mijoz har bir sug‘urtalanayotgan shaxsning xavf darajasini aniqlash uchun savollarni o‘z ichiga olgan elektron so‘rovnomani to‘ldiradi. Keyinchalik, to‘plangan ma'lumotlar dastur tomonidan avtomatik ravishda qayta ishlanib, sug‘urta polisining narxi hisoblab chiqiladi va regulyatorga tasdiqlash uchun yuboriladi.
Shuningdek, “O‘zbekinvest” delegasiyasi avtotransport vositalari, uy-joy va kichik biznesni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, 48 mingdan ortiq mustaqil agent va 21 mingga yaqin xodimga ega Farmers Insurance sug‘urta kompaniyasiga tashrif buyurdi. Mazkur kompaniyada Farmers Insurance mutaxassislari sug‘urta bozorini rivojlantirishning dolzarb masalalari, shuningdek, sug‘urta jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan bo‘lishdilar.
“O‘zbekinvest” vakillarining AQSh sug‘urta bozorini o‘rganish jarayonida olgan bilimlari kompaniyaga tahlil, riskni baholash, qarorlar qabul qilish va hujjatlarni rasmiylashtirishning barcha asosiy jarayonlarini raqamli formatga o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tizimlashtirishga yordam beradi va shu orqali milliy sug‘urta bozorining jadal rivojlanishini ta'minlaydi.
“O‘zbekinvest” kompaniyasi uzluksiz ta'lim konsepsiyasi asosida sug‘urta ishi sohasida kadrlarni eng so‘nggi ilg‘or texnologiyalarga o‘rgatish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirishni rejalashtirgan.
O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi ( “O‘zbekinvest” EIMSK ) umumiy sug’urta bozorida o’z faoliyatini olib boradi va sug’urta faoliyati klassifikatoriga ko’ra mavjud 17 turdagi sug’urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi (Sug'urta faoliyatini yuritish bo'yicha 00144-sonli litsenziya)
Tashkil etilgan sana:
1994 yil aprel – “O‘zbekinvest” Milliy sug’urta kompaniyasining tashkil etilishi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-sonli Qarori)
1997 yil fevral – Eksport va investitsiyalarni sug’urtalash bo’yicha mamlakatimizning rasmiy agenti mavqei berilib, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi etib qayta tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 18 fevraldagi PQ-1710-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 fevraldagi 113-sonli Qarori)
Kompaniya Ustav jamg’armasi: 60 mln. AQSH dollari
Kompaniya ta’sischilari:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi - 50 mln. AQSH dollari
O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki - 10 mln. AQSH dollari
Kompaniya missiyasi – Maqbul narxlardagi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi sug’urta bozorining rivojlanishiga ko’maklashish.
“O‘zbekinvest” kompaniyasining Ustav vazifalari:
milliy eksport qiluvchilarning iqtisodiy manfaatlarini chеt ellarda xorijiy shеriklar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to’sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan sug’urtaviy himoya qilishni ta'minlash;
tеxnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini mablag’ bilan ta'minlash uchun krеditlar ajratuvchi O‘zbеkiston Rеspublikasi rеzidеntlari bo’lgan tijorat banklariga eksport krеditlarini sug’urta qilishning xalqaro printsiplariga muvofiq sug’urta kafolatlari bеrish;
milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tahlil qilish hamda tеxnologiyalar, tovarlar va xizmatlarning xalqaro bozorlarga kirib borish stratеgiyasini ishlab chiqish;
O‘zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiyotiga sarmoya sarflayotgan xorijiy va mamlakatimiz invеstorlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini komplеks sug’urtaviy himoya qilishni ta'minlash;
xalqaro, chеt el, mamlakatimizning davlat va xususiy sug’urta tashkilotlari bilan bеvosita hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi sug’urtaviy faoliyatni va qayta sug’urta qilish opеratsiyalarini amalga oshirish.
Kompaniyaning ish tartibi:
Dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
Shanba, yakshanba - dam olish kunlari.
Kompaniya infratuzilmasi:
Hududiy filiallar:
Toshkent shahar filiali
Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali
Respublikaning 12 ta viloyatlaridagi filiallari
Qo’shma va maxsuslashtirilgan sho‘’ba korxonalari:
“O‘zbekinvest Interneshnl” qo’shma kompaniyasi
“O‘zbekinvest Hayot” sho‘’ba xo’jalik jamiyati shaklidagi sug’urta kompaniyasi
“O‘zbekinvest Assistans” Servis agentligi
“O‘zbekinvest Sarmoyalari” Unitar korxonasi
Ustunliklari va rivojlanish istiqbollari:
“O‘zbekinvest” sug’urta bozoridagi yetakchi kompaniya bo’lib, so’ngi yillar mobaynida yig’ilgan sug’urta mukofotlari bo’yicha sug’urtachilar reytingida mustahkam yuqori qatorlarni egallab kelmoqda.
2016 yilda sertifikatlash bo’yicha xalqaro organ SGS (Shveytsariya) tomonidan “O‘zbekinvest” кompaniyasi O‘zbеkistondagi korxonalar orasida birinchi bo’lib ISO 9001:2015 yangi standarti bo’yicha qayta sеrtifikatlandi.
2015 yilda «Moody's Investors Service Ltd.» xalqaro rеyting agеntligi (Buyuk Britaniya) «O’zbеkinvеst» kompaniyasining xalqaro moliyaviy barqarorlik rеytingini «barqaror» progonozi bilan B1 dan Ba3 ga ko’tardi. Shunday qilib, «O’zbеkinvеst» kompaniyasi O’zbеkiston Rеspublikasi moliya bozorida eng yuqori xalqaro rеytingga ega bo’ldi.
Kompaniyaga “Eng yaxshi moliyaviy ishonchlilik” (uzA++) reytingi va uni tasdiqlovchi maxsus sertifikat berilgan bo’lib, bu O‘zbekiston sug’urta kompaniyalari ichida eng yuqori ko’rsatkichdir.