alohida ochilgan inventar kartochkalarda olib boriladi. Analitik
hisob yordamida aniqlangan
eskirish summalari jamlanib, sintetik hisobda 0230 — «Mashina va uskunalarning eskirishi»
schyotida yuritiladi. Analitik schyotlarning yig‘indisi sintetik schyotga teng bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil
topish manbalarining holati haqida, umuman korxona xo‘jalik
faoliyati, moliyaviy natijalariga
baho berish uchun balans tuziladi. Ma’lumotlarni balansga ko‘chirishdan oldin hisob ishlari
to‘g‘ri yuritilganligini hamda xo‘jalik moliyaviy holatiga baho berish va balans tuzish uchun
aylanma vedomostlari tuziladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari ko‘rib o‘tilganidek, bir xo‘jalik mablag‘lari
yoki ularning
tashkil topish man- balari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Oborot vedomostlar esa buxgalteriya
hisobi schyotlari ma’lumotlarini jamlovchi jadvaldir.
Oborot vedomostlar korxonaning barcha o‘z mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalari harakati to‘g‘risi- dagi ko‘rsatkichlarni buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlari
asosida oylar bo‘yicha umumlashtirish uchun ochiladi.
Oborot vedomostlari ikki xil bo‘ladi:
1. Sintetik hisob, sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
2.
Analitik hisob, analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
Oborot vedomostlarida ob’ektlarning boshlang‘ich qoldig‘i oy davomidagi harakati va oy
oxiriga qoldig‘i aks ettiriladi.
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalanadi.
Sintetik hisob, sintetik schyotlari aylanma vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi:
Schyotla
r
raqami
Schyotlarning
nomi
Boshlang‘ic
h qoldiq
(so‘mda)
Schyotlarning
oboroti
(so‘mda)
Oxirgi
qoldiq
(so‘mda)
D
T
K
T
D
T
K
T
D
T
K
T
Analitik schyotlarda esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llanilishi
ular shaklini
quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi:
Ob’ekt
nomi
Dostları ilə paylaş: