1. Baholash va uning ahamiyati. Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun xalq
xo‘jaligi miqyosida ham kattadir.
Barry Elliot, Jamie Elliot “Financial accounting and reporting”da “Baholash – xo‘jalik
mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir”-
deydi.
Ya`ni “Evaluation is a method of reflecting the economic resources, liabilities and business
processes in monetary units.”
6
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil
topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har
xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida
mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy
holdir.
Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan foydalanmaslikni
iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi.
«Buxgalteriya hisobi hisobot»gi Qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil
ko‘rinishda amalga oshiriladi:
1. Xaqiqiy tannarxda – keltirish yoki ishlab chiqarish tannarxi.
2. Bozor bahosida – sotish sof qiymati.
Korxona mulklari baholanayoganda ularni tuzilishi, foydalanilishi, ishlab chiqarishda
qatnashishi, maqsadli mo‘ljali kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Masalan: savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi.
YAna bir mablag‘ – asosiy vositalar hisobi yuritishda qo‘yidagicha baholardan
foydalaniladi.
Boshlangich qiymat – asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va
umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yigindisidan iborat.
Joriy qiymat – ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy
vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy
qiymat asosiy vositalar qayta baholashishi natijasida vujudga keladi.