Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


 Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

4. Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida. 
Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos 
hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o‘zaro 
bog‘langandir. SHuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi to‘g‘risida 
tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish 
va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi 
to‘g‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bo‘linadi. Ishlab 
chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini tashkil etadi. Davr xarajatlari 
korxonaning foyda yoki zararlari hisobidan qoplanadi. 
Kalkulyasiya - tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilari 
hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan: ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini 
aniqlash. SHuningdek, savdo korxonalaridagi muomala xarajatlari, moddalari, summalarini 
tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlashda ham kalkulyasiyadan foydalaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori 
bilan tasdiqlangan (2003 yildagi o‘zgarishlar bilan) «Maxsulotlarining tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom»da, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida 
vujudga keladigan xarajatlar tarkibi yoritib berilgan. 
Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liqlikdadir. Umuman, 
e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikdadir. 


Kalkulyasiya usulini schetlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, kalkulyasiya qilinishi talab 
etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schetlarda aks ettirilganligidir. 
Baxolash bilan kalkulyasiyaning bog‘liqligi shundaki, kalkulyasiya orqali aniqlangan 
tannarxlar baholash ko‘rinishida hisobga olinadi. 
Turli mablag‘lar tannarxi kalkulyasiya yordamida aniqlanadi, masalan: mehnat buyumlari, 
tayyorlangan mahsulot, sotilgan tovarlar (ish, xizmat) tannarxi ham kalkulyasiya yordamida 
aniqlanadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin