Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va
umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat.
Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy
vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy
qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi.
Asosiy vositalarning qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga keladi:
— hukumat qaroriga ko‘ra;
— ta’sischilar qaroriga asosan.
Dostları ilə paylaş: