Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Kalkulyasiyaning maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

Kalkulyasiyaning maqsadi va vazifalari. 
Kalkulatsiya — tannarxni aniqlash demakdir. Tannarx deganda mahsulot tayyorlash yoki 
xizmat ko‘rsatish uchun ketgan xarajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi. 
Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilarining hisobini yuritishda foydalaniladi. 
Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. 
Kalkulyasiya turlari: smeta, rejali, normativ, hisobot Buxgalteriya hisobining ushbu 
usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya 
hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘langan. 
Kalkulatsiya usulining schyotlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, kalkulatsiya qilinishi 
talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schyotlarda aks ettiriladi. 
 Asosiy mablag‘larni baholash. 


Asosiy vositalarning yuqorida sanab o‘tilgan baholash natijasida vujudga keladigan 
qiymatlari buxgalteriya hisobi milliy standartining (BHMS) 5-sonli standartida keltirib o‘tilgan. 
Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda haqiqiylik va bir xillik prinsipiga rioya qilinishi 
shart. 
Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘larining so‘mda baholanilishini to‘g‘ri amalga 
oshirilishini talab etadi. 
Xo‘jalik mablag‘larining baholanishida bir xillik prinsipi quyidagicha namoyon bo‘ladi. 
Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks 
ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart. 
 Materiallarni baholash usullari. 
Jahonda sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashning quyidagi 
usullaridan foydalaniladi: 
FIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum — birinchi xarajat; 
LIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum — oxirgi xarajat; 
AVEKO — o‘rtacha tannarx. 
O‘zbekiston Resbulikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartining 4 standartida 
materiallarni baholashda korxonaning ishlab chiqarish xususiyatini hisobga olgan xolda ma’qul 
usulidan foydalanish tavsiya etilgan. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin