1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha. Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati
xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish
oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi statistika tashkiloti ishlab chiqqan va tasdiqlagan
maxsus blankalarga ro‘y bergan yoki sodir etilishi kerak bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini hamma
rekvizitlarni aks ettirilgan holda tuziladi. Bundan tashqari korxona maxsuslashtirib ishlab
chiqqan blanka shakllari ham qo‘llaniladi, ushbu hollarda ishlab chiqilgan blankalar shakli
moliya tashkilotlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Blankalarni eskirganlarini, hamda andozaga javob bermaydigan shakllarini ishlatish
ta’kiklanadi.
Hozirgi davrda korxonalar o‘z buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy texnika
vositalaridan keng foydalanmoqdalar. Bunda korxonalarga birlamchi hujjatlarni hamma
standartlar talabiga rioya etgan holda, hisoblash texnikalari orqali ishlab chiqarishga ruxsat
etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi o‘rnatgan qonunchiligida belgilangan hollarda ba’zi hujjatlar
qat’iy hisobda olib boriladi. Bunday blankalardan foydalanish va ular asosida hisob yuritish
tartibi hamda ulardan foydalanuvchi korxonalar doirasi moliya vazirligi va tegishli
boshqarmalari
tomonidan
belgilanadi.
Бухгалтерия ҳужжатлари қуйидаги белгиларга қараб
туркум ва турларга бўлинади:
қандай мақсадларга тайинланганлиги:
тузиш тартиби: муомалаларни қамраб олишлиги: фармойиш исботловчи (тасдиқловчи) бухгалтерия расмийлаштирувчи аралаш (комбинациялаштирилган) дастлабки (бирламчи) йиғма ҳужжатлар биргалик жамғарувчи Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi,
albatta korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Blankalarga ma’lumotlar aks ettirilish ahamiyati shundaki, avvalambor xo‘jalik jarayoni isbotini
bersa, ikkinchidan mulkchilik saqlanishini ta’minlaydi va yana korxona ichki boshqaruvi uchun
hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati, tekshiruvi uchun ham xizmat qiladi. hujjatdagi
ma’lumotlardan foydalanib korxona, muassasalar, tashkilotlar faoliyati o‘rganiladi, tahlil
qilinadi, baho beriladi va tegishli xulosalar chiqarilib ular asosida chora-tadbirlari belgilanadi,
tegishli qonun qoidalar qabul qilinadi va hayotga tadbiq etiladi.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta
korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Qat’iy hisobda turgan blankalar o‘rnatilgan tartibda tartib raqami bilan belgilanadi, albatta
korxona muhri, ma’sul xodimi imzo bilan ham tasdiqlanishi zarur.