Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari. 
Buxgalteriya hisoboti shakllarida hamma ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. U 
yoki bu modda (qator) to‘ldirilmagan holda, agar ular korxonada tegishli aktivlar, passivlar, 
jarayonlar yo‘q bo‘lmagan, ishlatilmagan bo‘lsa, tegishli qatorga chizib qo‘yiladi. 
Buxgalteriya hisoboti shakllarining ustki qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi: 
«Korxona» rekviziti - korxonaning to‘liq nomi o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, 
tasdiqlangan hujjatlar asosida ko‘rsatiladi va uning kodi korxona hamda tashkilotlar umumdavlat 
negizida guruhlanishiga (klassifikator) asosan ko‘rsatiladi (OKPO). 


«Tarmoq (faoliyat turi)» rekviziti — tarmoq va uning kodi umumdavlat negizida xo‘jalik 
tarmoqlar, guruhlanishiga asosan ko‘rsatiladi (OKONX). 
«Davlat mulkini boshqaruvchi tashkilot» rekviziti — bunda davlat yoki munisipial korxona 
tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi (agar bor bo‘lsa) va buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan 
tashkilot ko‘rsatiladi. 
«Nazorat summasi» rekviziti — korxonalar tomonidan to‘ldirilmaydi. 
Buxgalteriya balansi (1-shakl). 
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yillik hisobot tarkibidagi 
unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor 
munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda 
tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar 
uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor 
qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur. 
Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va 
yo‘qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to‘lanadigan jarimalar 
sabablarini bartaraf etish uchun keng qo‘llaniladi. 


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin