Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

Ҳужжатлаштириш - бухгалтерия ҳисобининг объектлари 
устидан ёппасига ва узлуксиз кузатишни амалга ошириш 
имконини берадиган дастлабки акс эттириш усулидир 
Баҳолаш -
хўжалик маблағлари, мажбуриятлар ва хўжалик 
жараёнларини пул ўлчов бирлигида акс эттириш усулидир.
Инвентаризация - корхона маблағини текшириб, рўйхатга олиш 
ва олинган маълумотларни хисоб маълумотлари билан 
солиштириш демакдир 
Калькуляция – корхона фаолиятини бошқариш жараёнида 
сарфланган харажатларни ва ишлаб чиқарилган маҳсулот 
бирлигининг таннархини аниқлаш усулидир.
Бухгалтерия ҳисоби счётлари – счетлар тизими ҳисоб 
объектларини 
уларнинг 
иқтисодий 
белгиларига 
қараб 
гуруҳлаштириш усулидир. 
Иккиёқлама ёзув - ҳар бир хўжалик операцияси натижасида 
юзага келадиган икки ҳодисани ўзаро боғланган ҳолда акс 
эттириш усулидир.
Бухгалтерия баланси – хўжалик маблағлари ва манбаларини 
маълум бир санага бўлган ҳолатини акс эттириш усулидир.
Ҳисобот – маълум даврга бўлган хўжалик фаолиятини акс 
эттирувчи 
умумлаштирилган 
хўжалик 
жараёни 
ва 
операцияларини уларнинг иқтисодий мазмунига қараб маълум 
тартибда 
гуруҳлаштирадиган 
ва 
ўзаро 
алоқадорлигини 
таъминлайдиган кўрсаткичларни акс эттирувчи шакллар 
йиғиндисидир.


sodir bulaetgan xamma xo‘jalik operatsiyalarini eppasiga va o‘zluksiz ko‘zatish natijalarini 
natura va pul ko‘rsatkichlarida ifodalash va bu ma’lumotlarni ularning isboti bo‘lgan xujjatlarda 
kayd qilish usuli qo‘llaniladi. 
Yo‘qlama qilish – bu sanash, tortish, ulchash va xokazolar yuli bilan korxona mol-mulkini 
ruyxat qilish ma’lumotlarni hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish, topilgan kamomad, ortikcha 
narsalar, nobudgarchilik va xokazolar tarzidagi farklarni xujjat bilan rasmiylashtirish, bu 
farklarning sabablarini va aybdorlarini topishdan iboratdir.Yo‘qlama qilishning buxgalteriya 
hisobi usulining elementi ekanligi 1950 yilda professor N.A.Kiparisov tomonidan isbotlanib 
Iqtisodiy adabietga kiritilgan. 
Baxolash xo‘jalik mablag‘lari, ularni ng tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayoni pul 
o‘lchovida ifodalash usulida namoen buladi. Baxolash buxgalteriya hisobi usulining bir elementi 
ekanligi birinchi marta 1948 yilda professor A.A.Afanasev tomonidan isbotlangan va Iqtisodiy 
adabietga kiritilgan. Kalkulyasiya qilish mahsulot birligi, bajarilgan ish va xizmatlarning 
tannarxini pul ifodasida hisoblash usulida namoen buladi. Kalkulyasiya qilish buxgalteriya 
hisobi usulining muhim elementi ekanligi Iqtisodiy adabietga 1948 yili professor A.A.Afanasev 
tomonidan kiritilgan. Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini ularning Iqtisodiy mazmuniga karab 
umumlashtirish hisobining schyotlar tizimi yordamida amalga oshiriladi.Buxgaletriya hisobi 
ob’ektlarini buxgalteriya schyotlari yordamida guruxlashtirish buxgalteriya hisobi usulining 
muhim elementi ekanligi Iqtisodiy adabietga N.A.Leontev, V.E.Kedrov va S.A.SHchenkovlar 
tomonidan kiritilgan. 
Xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirish ikki yoqlama ezish 
usuli yordamida amalga oshiriladi. Ikki yoqlama ezish usuli buxgalteriya hisobi usulining muhim 
elementi sifatida Iqtisodiy adabietga professor N.A.Kiparisov tomonidan kiritilgan. 
Ikkinchi ma’noda - alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - qo‘llaniladigan usullar 
yig‘indisi hisobning uslubiyatini tashkil etadi. 
Metodologiya buxgalteriya xisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni echish 
imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi. Usulning mazmuni - 
mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq 
bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi. 
Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo‘ladigan barcha 
xo‘jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag‘larni aks ettiruvchi axborotlarni 
shakllantiradi. Har xil jarayonlarda sodir bo‘ladigan operatsiyalar soni hamda korxona ixtiyorida 
joylashgan mablag‘lar turi va manbalari juda ko‘pdir. Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘lar 
hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini umumlashtirish, shakllantirish, 
hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi. 
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining ob’ektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni 
amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida 
operatsiya uchun yoki ularning bir turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan 
moddiy tashuvchisi tuziladi. Unda amalga oshirilgan operatsiyaning mazmuni qayd etiladi. 
Hujjatlashtirish yordamida sodir bo‘layotgan xo‘jalik operatsiyalari hisobot mukammal 
ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va 
umumlashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy talablarga rioya qilingan holda 
xujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga isbotlovchi kuch bag‘ishlaydi. 
Lekin xo‘jalik jarayonida bo‘lib o‘tayotgan barcha hodisalarni xam xujjatlashtirish 
yordamida qayd qilib bo‘lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo‘qolish, mablag‘larni qabul qilish va 
topshirshp paytidagi noaniqpiklar, hisobdagi xatolar va qolaversa, o‘tirliklar tegishli 
qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks 
ettirilganlaridan chetga og‘ishishiga olib keladi. Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir 
bo‘layottanda emas, balki ma’lum bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi. Dastlabki axborot 
tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, xujjatlashtirishga zaruriy 
qo‘shimchalar, ya’ni qayta ro‘yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning ma’lumotlari yuqorida 
keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida hisobga olinmay qolgan hisob 


ko‘rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. 
SHunday qilib, xujjatlashtirish va ro‘yxatga olish buxgalteriya hisobining ob’ektlarini 
dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning but 
saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish va ro‘yxatga olishning 
ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning hatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan 
muomalalarning qonuniyligi, mablag‘larning to‘g‘ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq 
ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi. 
YUqorida ta’kidlanganidek, xo‘jalik operatsiyalari va mablag‘lar juda turli-tumandir. 
Lekin buxgalteriya hisobi ular hisobot yig‘ma ko‘rsatkichlarni berishi kerak. Bu, yig‘iladigan 
ma’lumotlar pul o‘lchovlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli 
qo‘llaniladi. Baholash yordamida natura va mehnat ko‘rsatkichlarini pul ko‘rsatkichlariga 
aylantiriladi. 
Xo‘jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 
chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli ham moddiylashtirilgan 
mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq 
bo‘lgan, ularning ob’ektiga tegishli bo‘lgan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga 
olinayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlab topish lozim bo‘ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab 
chiqarish xarajatlarining miqdori ustidan nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan kalkulyasiya 
yordamida hisoblab topiladi. U ob’ektlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
SHunday qilib, kalkulyasiya buxgalteriya hisobi ob’ektlarini qiymatli o‘lchash uchun 
xizmat qiladi. Ularning qo‘llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat 
kasb etadi. Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat 
natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy 
tannarx kalkulyasiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo‘li bilan erishiladi. 
Buxgalteriya hisobining ob’ektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar ularning 
ustidan alohida guruhlar bo‘yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablag‘lari va 
hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida 
mablag‘larning alohida turlari va ularning joylashgan joylari bo‘yicha tashkil qilish kerak 
bo‘ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar, 
mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, yarim 
tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag‘lari ularning joylashgan joylari bo‘yicha hisob-kitob, 
valyuta va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan bo‘lishi kerak. 
SHu bilan birga bunday guruhlash ko‘pincha etarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat 
buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning har bir turi, 
navi, katta-kichikligi va hokazolar to‘g‘risida ma’lumotlar olishni talab qiladi. SHunga o‘xshash 
guruhlash buxgalteriya hisobida mablag‘lar manbalari va xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha ham 
amalga oshiriladi.
Xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ularni boshqarish uchun 
zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi ob’ektlarini iqtisodiy jihatdan 
guruhlashda schyotlardan foydalaniladi. 
Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma’lumotlar hisob ob’ektlariga faqat tarqoq bo‘lgan 
tavsifni beradi. SHu sababli schyotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ma’lumotlarni umumlashtirgan 
holda guruhlash va summalashtirish lozim bo‘ladi. Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida 
schyotlar bajaradi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama yozuv 
vositasida amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir xo‘jalik operatsiyasi 
natijasida yuzaga keladigan ikki hodisani o‘zaro bog‘langan holda aks ettirishdan iborat. 
Masalan, materiallarni xarid qilish operatsiyasini qayd etaturib, sotib olingan qiymatliklarning 
kelishi va mol etkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘larining sarflanishi ko‘rsatkichlari 
o‘zaro bog‘lanadi yoki mahsulot tayyorlashga meteriallar sarflashni aks ettira turib, o‘zaro 
bog‘liqlikda ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va korxona omboridagi materi-allarning 
kamayishi ko‘rsatiladi. Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish ularning iqtisodiy mazmunini 


ochib beradi va xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. 
SHunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi ob’ektlari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni joriy guruhlash maqsadida qo‘llaniladi. Ular yordamida korxonani operativ 
boshqarish, moddiy javobgar shaxslar mulklarini but saqlanishi ustidan nazorat amalga 
oshiriladi. Ular xo‘jalik faoliyatining yig‘ma ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun zarur 
bo‘lgan ma’lumotlarni asta-sekin jamg‘arish va tartibga solish imkonini beradi. 
Buxgalteriya hisobi, aniq ob’ektlarning keng bo‘lgan tarkibi korxona xo‘jalik mablag‘larini 
doimiy ko‘zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun xo‘jalik mablag‘larini ikki, 
ya’ni ularning turlari va joylashishi hamda tashkil topish manbalari qanday maqsadga 
mo‘ljallanganligiga qarab, ko‘rsatadigan buxgalteriya balansi xizmat qiladi. Xo‘jalik 
mablag‘larini aks ettirishning bunday tartibi ularning barcha yig‘indisini o‘zaro bog‘langan 
holda ko‘rish imkonini beradi va korxonaning ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni 
engillashtiradi. 
Xo‘jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko‘zdan kechirish buxgalteriya hisobida ularni 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ustidan kuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ko‘rsatkichlar 
xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari bo‘yicha belgilanadi. Bu - ishlab chiqarish va 
sotish xajmi, foyda va rentabellik, tannarx va boshqalardir. Bularning xammasi hisob 
ma’lumotlari asosida byudjet bajarshshshining yig‘ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks 
ettiriladi. Hisobot hisob-kitoblarning ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab 
chiqariladigan ko‘rsatkichlarnin to‘g‘riligini va ularning o‘tgan davrdagi xuddi shunday 
ko‘rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy axvolini baholash maqsadida boshqa 
korxonalarning xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlaydi. 
YUqorida aytilganlardan kelib chiqib, balans va hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
yakunlovchi umumlashtirish usuli hisoblanadi, desak bo‘ladi. Bu usullardan foydalanish 
buxgalteriya hisobining muhim vazifalari hisoblangan korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarini 
boshqarish, korxonaning moliyaviy ahvolini baholash kabi muhim bo‘lgan vazifalarni echishni 
ta’minlaydi. Korxonada operativ boshqarish hujjatlar va schyotlar ma’lumotlari bo‘yicha har 
kuni amalga oshiriladi, lekin u uzoqroq bo‘lgan muddatdagi korxonalar ishini chuqur tahlil qilish 
imkonini bermaydi. Xo‘jalik faoliyati natijalarini uzoq bo‘lgan vaqtlar uchun har tomonlama va 
mukammal taxlil qilishni faqat balans va hisobot yordamidagina amalga oshirish mumkin. 
SHu bilan, buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan usullar mohiyatini ko‘rib chiqishga yakun 
yasaymiz. SHunday qilib, buxgalteriya hisobining metodi quyidagi usullardan iborat ekan: 
hujjatlashtirish va yo‘qlama qilish, baholash va kalkulyasiya, schyotlar va ikkiyoqlamali yozuv, 
balans va hisobot. 
Bu usullardan ba’zi birlari xo‘jalik hisobining boshqa turlarida ham keng qo‘llaniladi. 
Jumladan, keng miqyosda hujjatlashtirish, baxrlash, kalkulyasiya, hisobot va ma’lum darajada 
balansli usul qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobining amaliyotida barcha usullar ajralgan holda emas, balki yagona 
butunlikning bir qismi sifatida quyidagi ketma-ketlikda qo‘llaniladi. Hujjatlashtirishdan - 
xo‘jalik operatsiyalari hisobot dastlabki ma’lumotlarni olish uchun foydalaniladi. Ma’lumotlarni 
hujjatlashtirish asosida xo‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida navbatdagi aks etgirish amalga 
oshiriladi. Hujjatlardan ma’lumotlar, albatta, umumlashtirilgan pul o‘lchovida ifodalanadi. 
Buning uchun natura va mehnat ko‘rsatkichlaridan pul ko‘rsatkichlariga o‘tkazish imkonini 
beradigan baxolash xizmat qiladi. 
Hujjatlarda qayd etilgan buxgalteriya hisobi ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar iqtisodiy 
jihatdan guruhlanadi va summalashtiriladi. Buning uchun esa schyotlar va ikkiyoqlama 
yozuvdan foydalaniladi. Schyotlardan olinadigan ko‘rsatkichlar ikkiyoqlama yozuv yordamida 
o‘zaro bog‘lanadi. Schyotlarda keltirilgan ma’lumotlar yo‘qlama qilish jarayonida tekshiriladi va 
aniqlanadi. Tekshirilgan ma’lumotlar asosida u yoki boshqa ob’ektga tegishli bo‘lgan chiqimlar, 
ya’ni ularning tannarxi hisoblab chiqiladi - kalkulyasiya tuziladi. 
SHunday tarzda joriy buxgalteriya hisobi yuritiladi hamda korxona va uning tarkibiy 
bo‘linmalarining faoliyati boshqariladi. Buxgalteriya hisobi ob’ektlarini joriy aks ettirish 


mablag‘larning turlari va ularning manbalari sinov balansida solishtirish bilan nazorat qilinadi va 
ichki hisobot yordamida joriy ma’lumotlarni vaqti-vaqti bilan yig‘ib yakunlanadi. 
Buxgalteriya hisobi usulini turli unsurlari bilan birga olib borish va ulardan amaliy 
foydalanish mana shulardan iborat. Usulning unsurlari bir-birovlari bilan chambaras bog‘liq 
bo‘lib, ularning har biri oldingila-ridan foydalanadi yoki o‘zlari keying ilariga ma’lumotlar 
beradi.
SHunday qilib, buxgalteriya hisobining usuli - bu xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarini 
boshqarish uchun axborotni shakllantirish usullarining yig‘indisidir. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin