Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Mamlakatimizning sub’ektlarida buxgalteriya xisobi 1996 yil 30 - avgustida



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

Mamlakatimizning sub’ektlarida buxgalteriya xisobi 1996 yil 30 - avgustida 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiklangan "Buxgalteriya xisobi 
tugrisida"gi O‘zbekiston Respublikasining konuniga asoslanib tashkil etiladi. 
Bu Konunga kura Respublikamizning sub’ektlarida buxgalteriya xisobi va xisobotini 
tartibga solish, buxgalteriya xisobining standartlarini ishlab chikish va tasdiklash Respublika 
Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya xisobini yuritish tartibi esa me’yoriy 
xujjatlarda keltirilgan tegishli koidalariga asoslanadi. SHu jumladan kichik va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlari uchun buxgalteriya xisobini soddalashtirib yuritish standarti xam, 
buxgalteriya xisobining milliy standartlari bilan belgilanadi. 
Buxgalteriya xisobini yuritishning ushbu koidalari bu boradagi jaxon standartlariga 
moslangan bulib, rivojlangan bozor iktisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarning sub’ektlarida 
yuritilayotgan buxgalteriya xisobi va xisoboti uchun zarur bulgan eng asosiy tamoyillari 

konsepsiyalari

ni mamlakatimizning sub’ektlarida joriy etishga karatilgan. 
Umuman olganda, rivojlangan mamlakatlarda xozirgi paytda buxgalteriya xisobining 20 
dan ortik tamoyillari mavjud. 
Ma’lumki, rejali-ma’muriy iktisodiyot sharoitida buxgalteriya xisobining asosiy vazifasi 
yukorida turuvchi vazirliklar, idoralar, statistika va solik organlari kabi davlat boshkaruv 
organlari uchun axborotlarni yigish va ishlashdan iborat edi. Korxona faoliyati tugrisidagi eng 
muxim masalalar, jumladan, rejalashtirish, narx-navolarni belgilash, mol sotib olish va ularni 
iste’molchilarga etkazib berish, korxona xodimlarining belgilash va boshka shu kabi masalalar 
yukorida turuvchi davlat organlari tomonidan xal kilinar edi. Korxonalar davlat mulkchiligini 
boshkarishning aloxida bir boskichi sifatida karalar, buxgalteriya xisobi esa mulkning but 
saklanishi tugrisidagi axborot bilan ta’minlar edi. 
Davlat yagona mulk egasi va korxonaning investori bulib xisoblanar edi. Bunday sharoitda 
korxonaning xisoboti davlat topshiriklarini bajarish, davlat byudjetiga kilinadigan ajratmalarning 
tugriligini tekshirish va statistika axborotlarni yigish vositasi bulib xizmat kilar edi. SHuning 
uchun buxgalteriya xisobi va xisoboti oldiga kuyiladigan asosiy vazifalar kuyidagilardan iborat 
edi:


-kat’iy birxillik (unifikatsiyalanganlik); 
-ishlab chikarish topshiriklarining bajarilishini aks ettiradigan kursatkichlarga muljal 
kilish; 
- solik solish bazasini va byudjetga boshka ajratmalarni xisoblash ; 
Sub’ektlarning faoliyati bozor iktisodiyotida oldingiga karaganda ancha fark kiladi. Bu 
farklar kuyidagilar bilan boglik: 
1) Bozor iktisodiyoti sharoitida mulkchilikning tarkibi uzgarib, davlat mulkchiligi 
jamiyatdagi mulkchilikning fakat bir turiga aylanadi, sub’ekt faoliyatidan manfaatdor bulgan 
kuplab yangi mulkchilik yuzaga keladi, chunki ular bu sub’ektga uz mablaglarini kuyadilar. 
2) Sub’ektlar rakobatchilikda engib chikish va samarali moliyaviy natijalar beradigan 
karorlarni kabul kilishga xarakat kiladilar va shu maksadda bozor kon’yukturasini urganadilar, 
uz faoliyatini mustakil rejalashtiradilar, mol etkazib beruvchi va xaridorlarni topadilar, narx-
navolarni mustakil belgilaydilar va xokazo. 
3) Byudjetdan moliyalash va davlat kreditlarini olishdan tashkari endilikda sub’ektlar fakat 
xaridorlar va tovarlarni sotish bozorlari uchun rakobatchilik kurashida katnashibgina kolmay, 
undan tashkari, tijorat banklarining kredit resurslari xamda potensial investorlarning shunday 
mablaglari uchun rakobatchilik kurashini olib boradilar. 
SHuning uchun sub’ektda birinchidan boshkaruv karorlarini chikarish va ularning 
natijalarini baxolash uchun uz vaktida va tulik bulgan axborotni olish extiyoji tugiladi. Ikkinchi 
tomondan, sub’ektlar tegishli axborotni shu sub’ektlarga uz mablaglarini kuygan mavjud 
investorlar va bulgusi investorlarga xam topshirishi kerak buladi. SHu bilan birga bozor 
iktisodiyoti sharoitida solik ajratmalarining tugriligi xakida xam xisobot berish saklanib koladi. 
SHunday kilib, buxgalteriya xisobi bozor iktisodiyotiga utish munosabati bilan xisobchilik 
va statistika funksiyalarini bajaruvchi vositasidan sub’ektlarning faoliyati tugrisidagi axborotni 
yigish, ishlash va topshirish kuroliga aylanadi. Bu axborotdan manfaatdor tomonlar uz 
ixtiyoridagi vaktincha ortikcha mablaglarni samaralirok investitsiya kilish tugrisidagi 
asoslangan karorlar kabul kilish uchun foydalanadilar. 
Bozor iktisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya xisobini biznes tili deb atashadi. 
Uni urganish xar kanday tilni urganishga juda uxshab ketadi va buxgalteriya xisobida 
ishlatiladigan kupchilik suzlar xayotda kullaniladigan xuddi shunday suzlarga karaganda 
boshkacha ma’noga ega bulganligi sababli uni urganish biroz kiyinrok tuyuladi. 
Xar kanday til xam buxgalteriya xisobidek, jamiyatning uzgarib borayotgan extiyojiga 
javoban rivojlanib va uzgarib boradi. Buxgalteriya xisobida kullanib kelinayotgan koidalar xam 
yoki ularning bir kismi jamiyatning uzgarib borayotgan extiyojlarga karab uzgartirilishi mumkin. 
Bunday huquqiy va me’yoriy hujjatlarning yaratilishi hamda ishlab chiqilishi respublikamizda 
hisob siyosatini olib borish uchun asos bo‘ladi. Respublikamizda hisob siyosatini olib borishdan 
asosiy maqsad jahon amaliyoti va bozor munosabatlari talablariga mos keluvchi hamda xalqaro 
standartlar asosida buxgalteriya hisobi tizimining rivojlantirish konsepsiyasini yaratishdir. 
YAratilgan konsepsiya davlatda buxgalteriya hisobi tizimini qayta qurish uchun asos 
hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodiyotining hozirgi holatida ushbu konsepsiyani yaratish 
quyidagi ishlar bajarish bilan bevosita bog‘liqdir: 
— mulkchilik shaklidan qat’iy nazar iqtisodiyotimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlarda amaldagi buxgalteriya hisobi huquqiy va me’yoriy hujjatlariga bir xil 
kuchda amal qilishini ta’minlash; 
— amaldagi huquqiy va me’yoriy hujjatlarni hudu- diy, mahalliy sharoitlar, an’anaviy va 
tarixiy tajriba hamda zamonaviy usul va xalqaro standartlar asosida sekin-asta takomillashtirib 
borish; 
— buxgalteriya hisobi xizmati tannarxini pasayti- rish bilan uning ma’lumotlari sifatini 
yaxshilash asosida ichki va tashqi foydalanuvchilarning manfaatlarini esdan chiqarmagan holda 
hisob ishlarini tashkil qilish; 
— mulkdor yoki korxona rahbari talablari va davlatda umumqabul qilingan tartib-qoidalar 
asosida korxona xususiyatlariga mos keluvchi hisobning usul va uslubiyotini yaratish; 


— korxona hisob siyosatini yuritish va undan kelib chiqqan holda usullarni qo‘llashda 
erkinlik berish; 
— me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqishda fanning rivojlanish tarixi, an’anaviy, 
zamonaviy xalqaro usullari hamda uslubiyotidan foydalangan holda uning mazmuni hamda 
mantig‘iga alohida e’tibor berish; 
— buxgalteriya hisobi hamda uning turlariga taal- luqli bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini 
yoritish va asoslashda nazariy, ilmiy asoslangan so‘z hamda atamalardan foydalanish, ya’ni 
o‘zboshimchalik bilan asossiz so‘z hamda atamalarni qo‘llashga chek qo‘yish; 
—fan-texnika yutuqlari, xorijiy tajribalar, tarixiy, milliy va hududiy urf-odatlar asosida 
mutaxas- sislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratish. 
Keltirilgan ishlarni bajarish bilan buxgalteriya hisobining uzoq muddatga mo‘ljallangan 
konsepsiyasini yaratish hamda bozor munosabatlari sharoitida raqobat- bardosh tizim sifatida 
faoliyat ko‘rsatishi uchun zamin yaratiladi. 
Markazlashgan buxgalteriya hisobida barcha boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlar xo‘jalikning 
bo‘linmalarida tuzilib, markaziy buxgalteriyaga topshiriladi va u erda bu hujjatlarni ishlash, 
xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schyotlarida aks 
ettirish, choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzish 
amalga oshiriladi. 
Markazlashmagan buxgalteriya hisobi yuritilganda dastlabki va yig‘ma natijalarni ishlash, 
sintetik va analitik hisobni yuritish hamda balans va hisobotlarni tuzish xo‘jalikning 
bo‘linmalarida amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin