Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchov birliklari —
natura, mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchov birligiga alohida ahamiyat
beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini
olish imkonini
beradi. SHuning uchun pul o‘lchovida buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular
natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi.
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning hujjatlarida barcha
xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini
olish uchun zarurdir.
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyatlaridan biri uning hujjatlanishidir.
Buxgalteriya
hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya (xo‘jalik jarayoni) o‘sha vaqtni o‘zidayoq
hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbayi
hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi
ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish va boshqarish uchun
asoslangan ma’lumot- larni olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yakunlangan yig‘ma ko‘rsatkichlarni olish uchun yig‘ilgan
ma’lumotlarni qayta ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim
xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilot va muassasalarning
butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari
ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda
ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini
qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbayi sifatida xizmat qiladi.
Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashgan ko‘rinishda korxonaning moliyaviy
holatini baholashda qo‘llaniladi. Umumlashgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni
baholashda ko‘pincha buxgalteriya hisobining ma’lumot- lariga
asoslanadigan statistika
yordamida olinadi.
Bozor munosabatlarini rivojlanib borish sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qismi (moliyaviy va boshqaruv hisoblari) korxona rahbariyati
tomonidan ichki foydalanish uchun o‘lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob
axborotining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob
rahbariyat tomonidan firma
ichida qo‘llaniladigan axborotdan tashqari, tashqi foydalanuvchilarga xabar qilinadigan
axborotdan iborat bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi — iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani
buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, shakli, predmeti, ob’ekti va usullarini o‘rgatadi. Bu
fan xo‘jalik tarmoq- larida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o‘rganib, umumlashtirib,
uning ilg‘or usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. SHu bilan birga bu fan
boshqa mamlakatlar
buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or shakllarini xo‘jalik tarmoqlariga joriy etish
yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan hisob tizimining har xil turi va uning butun tizimi ham
uzluksiz ravishda rivojlanib boradi. Dastlabki ma’lu- motlarni yig‘ish texnikasi,
qayta ishlash
uslublari yaxshilanib boradi.
Iqtisodiyotimizdagi hisob turlari asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
– iqtisodiyot tarmoqlari korxona va tashkilotlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini
kuzatib borish;
– kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
– korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlari- ni kuzatish natijalarini maxsus
hujjatlarda qayd etish;
– maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish,
xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.
Hisobning yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman olganda
butun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy jihatdan asoslangan
joriy va kelgusidagi reja
ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishi ustidan nazorat olib borishda va jamiyatni
boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.