2-mavzu. Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni Reja:
1. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi.
2. Buxgalteriya balansini tuzishdagi asosiy ma’lumot manbalari.
3. Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlar. Tayanch iboralar: Balans, aktiv, passiv, mablag‘, manba, aylanma mablag‘lar,
majburiyatlar, foyda, zaxira, xo‘jalik jarayonlari, tenglik, uzoq muddatli aktivla, joriy aktivlar,
o‘z mablag‘larining manbalari, majburiyatlar, balansdan tashqari schyotlar, yig‘ib taqsimlovchi
schyotlar, tranzit schyotlar, schyotlarning bog‘lanishi, buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan
foydalanuvchilar.
1.Buxgalteriya balansi, uning tarkibiy tuzilishi. Korxonalarning ma’lum bir davrga moliyaviy holati qay darajada ekanligini, ular
mablag‘lari joylashishi, ishlatilishi qanday olib borilayotganligini va umuman korxona xo‘jalik
faoliyatiga baho berish, nazorat etish, tekshirib borish zarur. Bu zaruriyat korxonaning
boshqaruv xodimlariga, hamda ichki xodimlariga, yuqori tashkilotlariga, bank, soliq
inspeksiyasiga, kreditorlarga, investorlarga kerakdir. Ularning bu masala yuzasidan talabini
korxonaning balansi kondiradi. Balans hisobotdagi 5 shaklning birinchisi bo‘lib, oylik,
choraklik, yarim yillik va yil oxirida bo‘lishi mumkin.
Dastlabki balans, hisobot balansi, tugatish balansi kabi turlari esa uning korxona
faoliyatini qay holatda tuzilayotganligini bildiradi. Dastlabki balans korxonaning tashkil
topayotgan vaqtda tuziladi. hisobot balansi esa, korxona faoliyati davomida tuziladi. Va nixoyat
tugatish balansi korxona, tashkilot, muassasani tugatilayotgan muddatdagi xo‘jalik mablag‘lari
va ularni manbalari qay holatda ekanligi hisobot ma’lumot beradi. Balansdagi ma’lumot
qo‘yidagicha yig‘ilgan bo‘ladi. har bir jarayon ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablag‘lari va
ularning manbalari miqdoriy va tarkibiy jixatdan o‘zgarib boradi.
Bu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, so‘ngra buxgalteriyada sintetik hisob yuritiladi
va schetlarda ikki yoqlamayozuv orqali aks ettiriladi. Oy oxirida esa xar bir schetlar bo‘yicha
qoldiq summalar aniqlanadi. Ba’zi schetlar esa byokitiladi. Bu xakda kelgusi mavzularda
kengrok tuxtalamiz. Schetlardagi oxirgi qoldiqlardagi ma’lumotlar bosh kitobga kuchiriladi va
balansga o‘rnatilgan tartibda aks ettirib chikadi.
Balans tenglik degan ma’noni anglatadi va korxona mablag‘lari va uning tashkil topish
manbalarining ma’lum bir sanadagi qoldig‘ini aks ettiradi.
Balansning 2 qismi bo‘lib, ular Aktiv va Passivdan iborat. Ularning xar ikkalasi ham o‘z
moddalariga ega. Aktiv qismida 2 bo‘lim mavjud: