haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operativ hisobda o‘lchovlarning hamma turlari -
moddiy, mehnat va qiymat o‘lchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning
bu turi asosan bir
turdagi operatsiyalarni aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan ko‘rsatklchlar talab
qilinmaganligi sababli, unda asosan moddiy va mehnat o‘lchovlaridan foydalaniladi.
Nazoratning operativligini ta’minlash uchun xo‘jalik operatsiyalarining borishi haqidagi
axborotni tezroq olish kerak bo‘ladi. SHuning uchun operativ hisobning ma’lumotlari iloji
boricha osonroq yo‘l bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita kuzatish yo‘li
bilan
etkazishadi, telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yo‘llar bilan
xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda operativ axborotni olish uchun mexanika va avtomatik o‘lchov,
tartibga soluvchi asboblar, moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Hisobni
bunday tashkil qilish xo‘jalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga oshirilishi
vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi.
Operativ hisobning ma’lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki ularning asosiy
vazifasi - kuzatilayotgan ob’ektlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir.
SHuning uchun amaliyotda operativ hisobdan faqat taxminiy
axborotni olish bilan
kifoyalanadilar. Lekin bu axborot etarli darajada to‘g‘ri bo‘lishi kerak, zeroki, unga qarab sodir
bo‘lgan o‘zgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz bo‘lgan
boshqaruv qarorlarni qabul qilish mumkin bo‘lsin.
Operativ hisob korxonaning har xil bo‘linmalari - bo‘limlari, sexlari, omborlari va
hokazolar tomonidan yuritiladi.
Operativ axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo‘yicha
topshiriqni
bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot sotishsi bo‘yicha topshiriqlarning
bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa korxonalar,
tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati va borishi haqidagi ma’lumotlarni
olishda foydalanishadi.
Operativ hisob korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi, uning xarakati, xodimlarning
malakasini oshirish va boshqalar ustidan nazorat qilish uchun zarurdir. Sexlar,
omborlar va
boshqa bo‘linmalar xodimlari undan ma’lum xo‘jalik qismidagi topshiriqlarning bajarilishini
borishi haqidagi ma’lumotlar olishadi.
Operativ hisobdan ishlab chiqarish bo‘linmalarida sodir bo‘layotgan operatsiyalar yoki
jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng foydalaniladi. Bu erda u maxsus
grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi.
Operativ hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning
tarkibiy qismidagina
foydalanilmay, ulardan boshqaruvchi orgarsharda ham foydalaniladi. Bunday ma’lumotlar
umumlashtirilib, ichki operativ hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Operativ hisobotning
ko‘rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq xo‘jaligi miqyosida tegishli jarayonlarni borishi
ustidan kuzatish va axborotni umumlashtirish uchunxizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan,
mahsulot iishab chiqarish, xom ashyo bilan ta’minlanganlik,
ishga kelish, ekish va hosil
yig‘ishning borishi haqida va boshqa ma’lumotlar olinadi. Operativ hisobning ma’lumotlari
ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik hisobda qayta ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: