ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
10
XVIII - XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA O’RTA OSIYO
XONLIKLARIDA SUG’ORISH INSHOOTLARINING BARPO ETILISHI
Rajabov Alisher Shavkatovich
Buxoro Davlat pedagogikainstituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Po’lotova Shohinabonu Tolib qizi
Buxoro davlat Pedagogika instituti 2-1 Tar 21guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8041568
Annotatsiya:
Ushbu maqolada XVIII-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo
xonliklarida sug’orish inshootlarining barpo etlishi va uning kelgusidagi qishloq
xo’jaligi ishlariga ta’siri haqida fikrlar boradi.
Kalit so’zlar:
O’rta Osiyo,mirob,Shahrixonsoy,Marg’ilonsoy,sun’iy sug’orish
tizimlari,to’g’onlar,Farg’ona,suv ta’minoti,Kaykovus arig’i.
O’rta Osiyo hududi va uning iqlimi qishloq xo’jaligi mahsulotlari
yetishtirishga qulay bo’lgan. Bu soha taraqqiyoti sug’orish ishlarining holati va
suv ta’minotining qay darajada ekanligiga bog’liq edi. Shuning uchun ham
sug’orish va suv ta’minoti sohasi O’rta Osiyoda muhim hamda davlat ahamiyati
darajasiga ko’tarilgan. Qolaversa, xazingaga tushadigan asosiy daromadni
dehqonlardan yig’iladigan soliqlar tashkil qilgan. Har bir hududda aholi va
ma’muriyat vakillari sug’orish sohasiga mas’ul va javobgar bo’lgan. Sug’orish
ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan bu sohaning mutaxasislari – miroblar
shug’ullanganlar. Ular sug’orish ishlari, suv inshootlarinign qurilishi, ta’minoti,
ta’mirlanishi, tozalanishi suv ta’minotini yaxshi bilgan kishilar bo’lgan. O’rta
Osiyoda sug’orish tizimi qadimdan rivojlanib kelgan soha hisoblanadi. Mazkur
ishlar asosan keng xalq ommasi tomonidan hashar yo’li bilan bajarilgan. Aholisi
asosan sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan Farg’ona vodiysida sug’orish
tizimiga katta e’tibor qaratilgan. Vodiy hududida yirik sug’orish inshoootlari –
Shaxrihonsoy, Andijonsoy, Marg’ilonsoy, Yangiariq, Ulug’nor, Qoradaryo kabilar
bo’lgan. Suv chiqishi qiyin bo’lgan joylarga maxsus qurilmalar – chig’irlar
yordamida suv chiqarilgan. Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli sun’iy sug’orish
tizimlari – kanallar hamda uning bo’ylariga qurilgan to’g’onlar orqali ekin
maydonlariga yetkazilgan. Bu hududda yetishtirilgan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini asosan paxta va donli ekinlar tashkil qilgan. Bundan tashqari
bog’dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan.
Sug’orish ishlarini xonliklar tarixi bo’yicha ko’rib chiqadigan bo’lsak,
Buxoroda qadimdan boshlab Zarafshonda bir qancha yirik sug’orish inshootlari
qurilgan.Buxoro vohasi Samarqandga nisbatan obod va keng bo’lgan.Uning obod
yerlari 22 rustoqqa(manzilgoh)ga bo’lingan.Bu rustoqlardan 15 tasi vohaning
ichkarisida,7tasi Kampirakning ichkarisida joylashgan.Narshaxiy va Istaxriy
Dostları ilə paylaş: |