Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


-mavzu. Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

 
2-mavzu. Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni 
Reja: 
1. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi.
2. Buxgalteriya balansini tuzishdagi asosiy ma’lumot manbalari.
3. Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlar
Tayanch iboralar: Balans, aktiv, passiv, mablag‘, manba, aylanma mablag‘lar, 
majburiyatlar, foyda, zaxira, xo‘jalik jarayonlari, tenglik, uzoq muddatli aktivla, joriy aktivlar, 
o‘z mablag‘larining manbalari, majburiyatlar, balansdan tashqari schyotlar, yig‘ib taqsimlovchi 
schyotlar, tranzit schyotlar, schyotlarning bog‘lanishi, buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilar. 
1.Buxgalteriya balansi, uning tarkibiy tuzilishi. 
Korxonalarning ma’lum bir davrga moliyaviy holati qay darajada ekanligini, ular 
mablag‘lari joylashishi, ishlatilishi qanday olib borilayotganligini va umuman korxona xo‘jalik 
faoliyatiga baho berish, nazorat etish, tekshirib borish zarur. Bu zaruriyat korxonaning 
boshqaruv xodimlariga, hamda ichki xodimlariga, yuqori tashkilotlariga, bank, soliq 
inspeksiyasiga, kreditorlarga, investorlarga kerakdir. Ularning bu masala yuzasidan talabini 
korxonaning balansi kondiradi. Balans hisobotdagi 5 shaklning birinchisi bo‘lib, oylik, 
choraklik, yarim yillik va yil oxirida bo‘lishi mumkin.
Dastlabki balans, hisobot balansi, tugatish balansi kabi turlari esa uning korxona 
faoliyatini qay holatda tuzilayotganligini bildiradi. Dastlabki balans korxonaning tashkil 
topayotgan vaqtda tuziladi. hisobot balansi esa, korxona faoliyati davomida tuziladi. Va nixoyat 
tugatish balansi korxona, tashkilot, muassasani tugatilayotgan muddatdagi xo‘jalik mablag‘lari 
va ularni manbalari qay holatda ekanligi hisobot ma’lumot beradi. Balansdagi ma’lumot 
qo‘yidagicha yig‘ilgan bo‘ladi. har bir jarayon ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablag‘lari va 
ularning manbalari miqdoriy va tarkibiy jixatdan o‘zgarib boradi. 
Bu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, so‘ngra buxgalteriyada sintetik hisob yuritiladi 
va schetlarda ikki yoqlamayozuv orqali aks ettiriladi. Oy oxirida esa xar bir schetlar bo‘yicha 
qoldiq summalar aniqlanadi. Ba’zi schetlar esa byokitiladi. Bu xakda kelgusi mavzularda 
kengrok tuxtalamiz. Schetlardagi oxirgi qoldiqlardagi ma’lumotlar bosh kitobga kuchiriladi va 
balansga o‘rnatilgan tartibda aks ettirib chikadi.
Balans tenglik degan ma’noni anglatadi va korxona mablag‘lari va uning tashkil topish 
manbalarining ma’lum bir sanadagi qoldig‘ini aks ettiradi. 


Balansning 2 qismi bo‘lib, ular Aktiv va Passivdan iborat. Ularning xar ikkalasi ham o‘z 
moddalariga ega. Aktiv qismida 2 bo‘lim mavjud: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin