Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

I. 
Uzoq muddatli aktivlar: 
asosiy vositalar (01), nomoddiy aktivlar (04), kapital qo‘yilmalar (08), moliyaviy 
qo‘yilmalar (06), o‘rnatiladigan asbob-uskunalar (07).
II. Aylanma aktivlar:
ishlab chiqarish zahiralari (10, 11, 15, 16) tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor 
mahsulot, pul mablag‘lari) debitorlar. 
 
Balansning passiv qismi ham 2 bo‘limdan iborat: 
I. Bo‘lim. Uz mablag‘larining manbalari: ustav kapitali, zahira kapitali, taqsimlanmagan 
foyda, kelgusi davr daromadlari va x.k. 
II. Bo‘lim. Majburiyatlar: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan 
olingan qarzlar, olingan bunaklar va kreditorlik majburiyatlari. 
Balansdagi moddalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga 
ko‘rsatiladi. Bunday tartib urnatilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma’ulumotlarni o‘rganish, 
solishtirish orqali xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini 
o‘zgarib borish hisobot xulosaga kelish, ma’lum bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Xamda 
ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi. 
Korxonalar balansi hisobot bir shakli sifatida o‘rnatilgan tartib O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi va Davlat Solik inspeksiyasining korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya 
hisoboti shakllarini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmasiga asosan andozadagi blankalarga tuziladi. 
Undagi ko‘rsatkichlar umumiy bir o‘lchov birligida, ya’ni pul ko‘rsatkichida aks ettiriladi.
Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bo‘lib, moddalari ham turlichadir. 
Ammo undagi moddalarning nechtasida ko‘rsatkichlar aks ettirilishi, korxonaning xalq 
xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga 
asoslanganligiga, uning faoliyat mikyosi qay darajadaligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Balansga qo‘yilgan talablar: 
Balansning ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlar asosida korxona faoliyati 
o‘rganiladi, taxlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun 
xizmat qiladi. Bundan tashqari iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli 
mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, investorlar) uchun ham korxona 
hisobot ma’lumotga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi.
Balans ikkala qismi jami summalari teng bo‘lishi shart Bu tenglik aktivda xo‘jalik 
mablag‘lari passivda esa shu mablag‘larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi Balans 
so‘zi tenglik tarozuning ikki pallasi degan ma’nolarni bildiradi. 
Бухгалтерия балансига қўйилган талаблар 
Баланснинг 
тўғрилиги 
Баланснинг 
реаллиги 
Баланснинг 
яхлитлиги 
Баланснинг 
изчиллиги 
Баланснинг 
тушунарлилиги 


Balansning tuzilishi: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin