Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


“Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

“Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda oxiridagi 
holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari buxgalteriya 
balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. Ushbu ma’lumotlar qoldiq 


yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham 
mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks 
ettiriladi. Hisobot davri ichida schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot
kredit qismiga yozilgan summalarini kredit oborot deb ataladi.”
4
 
Korxona faoliyati yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkini 
qo‘rganib, ularni xususiyatlarini yaxshilab anglab etmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq 
yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schetlar rejasi ishlab 
chiqilgandir. SHuni nazarda tutmoq kerakki, buxgalteriya hisobi milliy standarti ishlab chiqilishi 
va hayotga tadbiq etilishi zaruriy xol bo‘lganidek, schetlar yangi rejasini ishlab chiqish ham 
zarur bo‘lib qoldi va bu schetlar yangi rejasi kelgusida korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining 
buxgalteriya hisobida qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda.
Schetlar rejasi 4 qism va 9 bo‘limdan iborat. Schetlar rejasining qismlari quyidagilardir: 
1-qism. Uzoq muddatli aktivlar. 
2-qism. Joriy aktivlar. 
3-qism. Majburiyatlar. 
4-qism. Xususiy kapital (mulk). 
5- qism. Moliyaviy natijalarni shakllanishi va ishlatilishi. 
6- qism. Balansdan tashkari schetlar. 
Schetlar rejasidagi bo‘limlar quyidagicha nomlangan: 
1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar. 
2-bo‘lim. Tovar-moddiy zahiralari.
3-bo‘lim. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflarning joriy qismi. 
4-bo‘lim. Olinadigan schetlar.
5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar. 
6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar. 
7-bo‘lim. Uzoq muddatldi majburiyatlar 
8-bo‘lim. Kapital (mulk), foyda va zahiralar 
9-bo‘lim. Daromad va xarajatlar 
Schetlar rejasini bilish nafaqat buxgalterlar, balki auditorlar, soliqchilar qisman tashqi 
foydalanuvchilar (aksiyadorlar, ta’sischilar) uchun ham kerakdir.
Schetlarning tuzilishi.
Schetlar tuzilishiga ko‘ra ikkiga ajratiladi: 
1. Aktiv schetlar – xo‘jalik mablag‘larini aks ettiruvchi schetlar. 
2. Passiv schetlar – xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini aks ettiruvchi 
schetlar. 
Aktiv va Passiv schetlarini tuzilishi qo‘yidagi sxema orqali aks ettiriladi.
D t Aktiv K t Dt Passiv Kt 




YUqorida ko‘rinib turganidek, xar ikkala turdagi schetlarning ham debet va kredit 
tomonlari mavjud. Farq shundaki, aktiv schetlarning debetida ko‘payish, kredit schetlarda esa 
kamayish aks ettiriladi. 
Passiv schetlarda esa aksincha, debet tomonida kamayish kredit tomonida esa kupayish 
aks ettiriladi. 
Ma’lumki, schetlar oy boshiga ochiladi. Bu vaqtda mablag‘ va ular manbalari mavjud 
bo‘lib, ular oy boshiga qoldiq deb ataladi. 
4
Xolbekov R.O. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik.-T.: “Cho’lpon”, 2011. 


 Oy 
davomida xo‘jalik jarayoni natijasida mablag‘lar va ular manbalari 
xarakati(kupayishi, kamayishi) oborot deyilib, ularni debet yoki kredit tomondaligiga kura, debet 
oborot kredit oborot deb ataladi. 
Aktiv schetlarda debet oborot oy davomida mablag‘lar kirishini, kredit oboroti esa, 
mablag‘lar oy davomida kamayishini bildiradi. 
Passiv schetlardagi debet oborot oy davomida mablag‘ tashkil topish manbasi 
kamayishini, kredit oborot esa oy davomidagi manba ko‘payishini bildiradi. 
Aktiv schetlardagi oy oxiriga qoldiqni aniqlash uchun, oy boshiga qoldiq summaga debet 
oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish orqali topiladi: Do
k
= D
bk
+D
ob
-K
ob 
Bu erda, 
D
ok
- Debet oxirgi qoldiq .
D
ob
- debet oborot. 
D
bk
- Debet boshlang‘ich qoldiq.
K
ob
- kredit oborot. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin