Hisob turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. SHuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlarga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti
xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda olim va amaliyotchilar
rivojlangan mamlakatlarda bu sohada yaratilgan yangiliklarga ko‘rko‘rona yondoshayotganlari
yo‘q. Xorijiy mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil
qilish O‘zbekiston Respublikasida hisob tizimining takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Xozirda respublikamiz hisob tizimida quyidagi o‘lchov birliklaridan foylalaniladi:
– natura o‘lchovi birligi;
– vaqt (mehnat) o‘lchov birligi;
– pul o‘lchov birligi.
Natura o‘lchov birligi tezkor hisobda, statistik hisobda, buxgalteriya hisobining analitik
hisobida keng qo‘llaniladi. Bu o‘lchov birligi bir turdagi buyumlar hisobi uchun kerak bo‘ladi.
Masalan, bolalar oyoq kiyimini, muzlatkichlar soni, gazlama metri va shu kabilar (metr, kg,
dona, juft, litr va h.k).
Pul o‘lchov birligi xo‘jalik jarayonlari (operatsiyalar) va vositalarini yagona o‘lchovda
(pulda) umumlashtirishda qo‘llaniladi, ya’ni barcha mablag‘lar qiymat o‘lchov birligida
ifodalaniladi. O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchov birligi sifatida so‘m, tiyin qabul qilingan.
Vaqt (mehnat) o‘lchov birligi (oy, kun, soat, minut, sekunt) esa biror bir statistik yoki
xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bo‘lgan ishchi kuchi, ishchi soni, ish soati va
hokazolarni aniqlashda qo‘llaniladi. Savdo korxonasida esa ma’lum bir tovar oborot miqdori
uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish soati, ish kuni, ishchi kuchi va hokazoni aniqlashda kerak
bo‘ladi. Vaqt o‘lchov birligi xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblarni olib borishda
ham ahamiyatlidir. Vaqt o‘lchov birliklari natura o‘lchov birliklari bilan birgalikda mehnat
unumdorligini bildiradi.
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham hisob turlariga talab mavjud bo‘lgan.
CHunki xo‘jalik hisobi insoniyat uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-
ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir jamiyatning
ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu
maqsadni amalga oshirish uchun kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va
hodisalarni kuzatish, jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini hamda
mehnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi. Xuddi shu vazifani esa xo‘jalik hisobi
bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida hisobning ahamiyati ko‘paydi, chunki tovar ayirboshlashda
umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tashkil etish,
to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarish
uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik
qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xo‘jalik hisobi
ahamiyati oshgan, jamiyatning hamma sohalarida mulklarni hisobga olish va ishlatilishi ustidan
nazorat olib borish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. Iqtisodiy
faoliyatni boshqarish hisob turlari orqali olingan ma’lumotlar asosida olib boriladi va tegishli
qaror va qonun hamda qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun xo‘jalik faoliyati boshqariladi.