ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning hatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan
muomalalarning qonuniyligi, mablag‘larning to‘g‘ri saqlanishi,
ulardan maqsadga muvofiq
ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi.
YUqorida ta’kidlanganidek, xo‘jalik operatsiyalari va mablag‘lar juda turli-tumandir.
Lekin buxgalteriya hisobi ular haqida yig‘ma ko‘rsatkichlarni berishi kerak. Bu, yig‘iladigan
ma’lumotlar pul o‘lchovlarida ifodalanadi. Buning uchun buxgalteriya hisobida baholash usuli
qo‘llaniladi. Baholash yordamida natura va mehnat ko‘rsatkichlarini pul ko‘rsatkichlariga
aylantiriladi.
Xo‘jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli ham moddiylashtirilgan
mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq
bo‘lgan, ularning ob’ektiga tegishli bo‘lgan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga
olinayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlab topish lozim bo‘ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab
chiqarish xarajatlarining miqdori ustidan nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan
kalkulyasiya
yordamida hisoblab topiladi. U ob’ektlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
SHunday qilib, kalkulyasiya buxgalteriya hisobi ob’ektlarini qiymatli o‘lchash uchun
xizmat qiladi. Ularning qo‘llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat
kasb etadi. Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat
natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy
tannarx kalkulyasiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo‘li bilan erishiladi.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlari tarkibidagi va funksiyalaridagi farqlanishlar ularning
ustidan alohida guruhlar bo‘yicha, masalan, mehnat vositalari, buyumlari, pul mablag‘lari va
hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo etadi.
Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida
mablag‘larning alohida turlari va ularning joylashgan joylari bo‘yicha tashkil qilish kerak
bo‘ladi. Demak, hisob bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar,
mashinalar, uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, yarim
tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag‘lari ularning joylashgan joylari bo‘yicha hisob-kitob,
valyuta
va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida qamrab olingan bo‘lishi kerak.
SHu bilan birga bunday guruhlash ko‘pincha etarli deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat
buyumlarining har xil turlari, aytaylik, asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning har bir turi,
navi, katta-kichikligi va hokazolar to‘g‘risida ma’lumotlar olishni talab qiladi. SHunga o‘xshash
guruhlash buxgalteriya hisobida mablag‘lar manbalari va xo‘jalik jarayonlari bo‘yicha ham
amalga oshiriladi.
Xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ularni boshqarish uchun
zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi ob’ektlarini
iqtisodiy jihatdan
guruhlashda schyotlardan foydalaniladi.
Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma’lumotlar hisob ob’ektlariga faqat tarqoq bo‘lgan
tavsifni beradi. SHu sababli schyotlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ma’lumotlarni umumlashtirgan
holda guruhlash va summalashtirish lozim bo‘ladi. Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida
schyotlar bajaradi.
Dostları ilə paylaş: