hamda mamlakat miqyosida reja ko‘rsatkichlari belgilab olinadi. Xuddi shu ko‘rsatkichlar bilan
hisob ko‘rsatkichlari birligi (shu bilan birga ijobiy farqlar) katta ahamiyat kasb etadi. Hisob
ishlab
chiqarishning borishi, savdo, ta’minot, qishloq xo‘jaligi, qurilish, maishiy xizmat,
transport va hokazolar faoliyati qay darajadaligi haqida ma’lumot beradi, reja bajarilishi ustidan
nazorat o‘rnatib, tahlil qilish imkonini yaratadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish
ichki va tashqi
omillarini topish imkoniyatini yaratadi.
Buxgalter buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi
registrlarining mazmuni bilan tanishishga ma’muriyat ruxsati bilan yoki qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ularning
maxfiyligini saqlashlari shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka
tortilishga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: