Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/75
tarix06.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#93869
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
buxgalteriya hisobi nazariyasi (2)

Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish. Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-
kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ikki yoqlama 
yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini qayd etishi kerak, ikki yoqlama yozuv 
shundan iboratki, bitta operatsiya bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita 
hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi. 
Uzluksizlik. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan. ya’ni belgilangan kelajakda 
ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat 
ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash. Barcha 
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlarda gi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul 
bilan baholanadi. 
Ishonchlilik. Axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga foydalanuvchilar 
asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi. Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlangich hisob-
kitob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. 
Ehtiyotkorlik. Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va 
daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga 
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir. 
Mazmunining shakldan ustunligi. Agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda 
axborot operatsiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot 
uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda 
hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur. 
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, 
bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. 
Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan 
hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning 
natijalaridan xabardor bo‘lishlari lozim. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin