Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga
oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart.
Buning uchun
buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari – hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini)
aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari - jurnallar, qaydnomalar,
kitoblar, tasdiqlangan
blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schetlarga tegishli ko‘rsatkichlar
aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari
va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari
oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va
hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning nechoglik
o‘z vaqidada to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘ziuchun, balki uning
balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.
Korxonalar buxgalteriya balans va hisobotlaridan esa qo‘yidagilar foydalaniladilar:
Korxonaning ichki
boshqaruvi;
Bank muassasi;
Solik inspeksiyasi;
YUqori
tashkilot;
Kreditorlar;
Aksiyadorlar va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: