-
asosiy vositalarni xar yili eng kamida bir marta yillik hisobot va balans to‘zish
oldidan,ammo hisobot yilining 1 noyabridan avval emas;
-
kapital sarflarni xar yili eng kamida bir marta yillik hisobot va balans to‘zish
oldidan,ammo hisobot yilining 1
dekabridan avval emas;
-
tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayer
mahsulotlari yillik hisobot to‘zishdan oldin,ammo hisobot yilining 1
oktyabridan avval emas;
-
tugallanmagan to‘zatish va kelgusi davr xarajatlarini xar yili kamida 1 marta;
-
esh xayvon,bokuvdagi xayvon,kush,kuen,yirtkich xayvon va asalari oilalari xamda
tajriba ostidagi xayvonlarni – xar chorakda eng kamida bir marta;
-
omborlardagi tayer mahsulotlari – xar yili eng kamida bir marta yillik hisobot va balans
to‘zish oldidan,ammo hisobot yilining 1 oktyabridan avval emas;
-
sanoat molari saklanadigan ombor va bazalardagi mollarni – xar yili eng kamida bir
marta;
-
ozik-ovkat mollari saklanadigan ombor va bazalardagi tovarlarni – xar yili eng kamida
ikki marta;
-
chakana savdo magazinlaridagi va uning boshqa korxonalaridagi mol va idishlarni - xar
yili eng kamida ikki marta;
-
kitob magazinlaridagi mollarni – xar yili eng kamida bir marta;
-
kam baxoli va tez ishdan chikadigan buyumlarni – xar yili eng kamida bir marta;
-
neft va neft mahsulotlarini - xar oyi eng kamida ikki marta;
-
kimmatbaxoli metalla va olmoslarni xar yili eng kamida ikki marta;
-
kutubxona fondalarini - tegishli vazirliklar tomonidan o‘rna-tilgan
tartibda;
-
xom-ashe va xar xil moddiy qiymatliklarni – xar yili eng kamida bir marta, yillik
hisobot va balans to‘zish oldidan, ammo hisobot yilining birinchi oktyabridan avval emas;
-
pul mablag‘lari, pul xujjatlari, kimmatli va kat’iy hisobotdagi ish kogoz (blank)larni –
xar oyda kamida bir marta;
-
blanklar bilan hisob-kitoblarni (hisob-kitob va boshqa schyotlar,
ssudalar, byudjetdan
olingan mablag‘lar va boshqalar buyicha) banklarining kuchirmalarini olish bilanok, bankka
inkassaga berilgan hisob-kitob xujjatlari buyicha esa xar oyning birinsi sanasiga;
-
byudjetga tulovlar buyicha hisob-kitoblarni – xar chorakda eng kamida bir marta;
-
korxonalarning o‘zlarini aloxida balansiga utkazilgan
ishlab chiqarish bulinmalari,
ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklar bilan xamda yukori tashkilotlari bilan hisob-kitoblarini - xar
oyning birinchi sanasiga;
-
debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni - xar yili eng kamida ikki marta.
YUkorida ko‘rsatilgan yo‘qlama qilish muddatlariga karab korxonada bir yilda
utkaziladigan yuklama qilishlar rejasi to‘ziladi. SHu rejaga asosan korxonaga tegishli barcha
qiymatliklar, yo‘qlama qilinadi va bu ma’lumotlar hisob ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana
shu yul bilan hisob ma’lumotlarining realligi ta’minlanib boriladi. Moddiy javobgar shaxslar
almashgan vaqtda almashinish kuni yo‘qlama utkazilishi shart. Rejali yo‘qlama qilishni utkazish
uchun bir kancha tadbir-choralar amalga oshiriladi.
Rejali yo‘qlama
qilishdan tashkari, korxonalarda tusatdan xam yo‘qlama qilish utkaziladi.
Bunday yo‘qlama qilishlar korxona raxbariga yoki yukori tashkilot va idoralarga tegishli
ob’ektdagi javobgar shaxsning nojuya xarakatlari xaqda biror xabar kelganda, korxona faoliyati
taftish qilinishi davrida, ut olish, suv tashish va boshqa ba’zi sabablarga kura amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya - korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni
hisob ma’lumotlari bilan solishtirish demakdir.
Korxonalarda asosan, 1 oktyabrdan keyin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik
balans ma’lumotlarini xaqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo qo‘yidagi holatlarga ham e’tiborni
qaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir,
oziq-ovqat
tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda nventarizatsiya qilinadi.
Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik ularning hamma faoliyatlarida o‘z
aksini topmoqda. SHular jumlasidan, inventarizatsiya o‘tkazish muddati va ob’ekti ko‘rsatilgan
ro‘yxat ham, korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil boshiga tuziladi. Bu ro‘yxatga
binoan, korxonada doimo amaliyotda bo‘ladigan inventarizatsiya komissiya a’zolari tarkibi ham
tuzilgan bo‘ladi. Bularni hammasi korxona rahbari tasdiqlaydi. Inventarizatsiya o‘tkazish
hisobotgi ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi.
Rejasiz inventarizatsiya esa, qo‘yidagi hollarda o‘tkaziladi:
1.
moddiy javobgar shaxs o‘zgarganda;
2.
moddiy javobgarlikning brigada usulida:
a) 50 % brigada a’zolari o‘zgarganida;
b) brigada boshligi o‘zgarganida;
3.
yong‘in, tabiiy ofatlar ro‘y berganda, ular tugatilgan zahoti;
4.
o‘g‘irlik hisobot ma’lumot olingan zahoti;
5.
mulkchilik shakli o‘zgarganda;
6.
inventarizatsiya o‘tkazilishi hisobot moddiy javobgarlik brigada a’zolaridan ariza olinganda;
7.
boyliklar buzilishi aniqlanganda;
8.
boyliklar qayta baholanishi amalga oshirilganda;
9.
asosiy vositalar ijarasi ro‘y berganda (asosiy vositalar inventarizatsiyasi);
10.
korxona tugatilayotganda
Inventarizatsiyani yuqoridagi, o‘tkazish tartibiga ko‘ra turga bo‘lishdan tashqari,
qo‘yidagi xususiyatiga qarab ham turga ajratish mumkin. Mablag‘lar
qancha qismini
inventarizatsiya qilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1.
To‘lik;
2.
Qisman.
To‘lik inventarizatsiyada korxona mulklarining barchasi inventarizatsiya qilinadi.
Bunday inventarizatsiya 1 yilda bir bor o‘tkazilishi shart. (yillik hisobot tuzilishidan oldin).
Qisman inventarizatsiya korxona mulklarining ma’lum bir qismigina inventarizatsiya
ob’ekti bo‘lishi bilan xususiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: