4. Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari va buxgalteriya balansi (1-shakl). Hisobot kundalik hisob ma’lumotlarini hisoblash va guruhlash yo‘li bilan bir necha
shakllarda tuziladi. Uning shakllarida hisobot davridagi faqat haqiqiy joriy ma’lumotlargina
emas, balki o‘tgan davr ma’lumotlari ham ko‘rsatiladi.
Hisobot shakllarida bunday ko‘rsatkichlarning bo‘lishi, korxona moliya xo‘jalik faoliyatini
tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish asosida faqat u yoki bu
korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasiga baho berilibgina qolmasdan, balki xo‘jalikning ayrim
tarmoqlari ish natijasiga ham baho berish mumkin. Hisobot ma’lumotlarini o‘rganish korxonada
mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlarni aniqlash va ularning ishga solish imkoniyatini ham beradi. Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotining tarkibi va turlari. Hisobotdan korxona rahbari, xo‘jalikni ichki boshqarishning barcha bo‘limlari va tashqi
foydalanuvchilar (bank, soliq, sug‘urta tashkilotlari va mol etkazib beruvchilar, ta’sischilar,
investorlar, aksiyanerlar) tomonidan to‘g‘ri foydalanilishi uchun u quyidagi asosiy talablarga
javob berishi kerak:
1. Korxona faoliyatini aniq, to‘g‘ri va oddiy qilib aks ettirish.
2. O‘z vaqtida tuzish va tegishli tashkilotlarga kechik- tirmasdan topshirish.
3. Hisobot ko‘rsatkichlarining reja ko‘rsatkichlariga moslashganligini aks ettirish va ularni
taqqoslash.
Reja va hisob ma’lumotlari o‘z iqtisodiy mazmuni hamda hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lishi
kerak. Bunday taqqoslilikni ta’minlash uchun quyidagi sharoitlar zarur:
a) o‘tgan davr xronologik davrning mos kelishi hisobotda va hisob ma’lumotlari ma’lum
bir davrni yoki ma’lum bir vaqtni aks ettirishi lozim;
b) o‘tgan davr va joriy davr ob’ektlarining bir xil guruhlanishi;
v) o‘tgan davr va joriy davr hisob guruhlarining bir xil usulda aniqlanishi.;
d) bahoning bir xilligi.
4. O‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan hisobot davri ko‘rsatkichlarini taqqoslash.
Hozirda hisobot shakllari unifikatsiya qilinib, ular soni qisqartildi. Yillik hisobot shakllari
quyidagilardan iborat:
1. Korxona balansi (1- shakl).
2. Moliyaviy natijalar haqida hisobot (2- shakl).
3. Asosiy vositalar harakati haqida hisobot (3- shak).
4. Pul mablag‘lari haqida hisobot (4- shakl).
5. Xususiy kapital haqida hisobot (5- shakl).