«Tarmoq (faoliyat turi)» rekviziti — tarmoq va uning kodi umumdavlat negizida xo‘jalik
tarmoqlar, guruhlanishiga asosan ko‘rsatiladi (OKONX).
«Davlat mulkini boshqaruvchi tashkilot» rekviziti — bunda davlat yoki munisipial korxona
tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi (agar bor bo‘lsa) va buxgalteriya
hisoboti topshirilayotgan
tashkilot ko‘rsatiladi.
«Nazorat summasi» rekviziti — korxonalar tomonidan to‘ldirilmaydi.
Buxgalteriya balansi (1-shakl).
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yillik hisobot tarkibidagi
unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor
munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining
mazmuni ichki hamda
tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar
uchun korxona faoliyatining
moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi,
kreditor
qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur.
Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va
yo‘qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to‘lanadigan
jarimalar
sabablarini bartaraf etish uchun keng qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: