Ushbu xisobotda sub’ektning mulki xisoblangan va uning
tasarrufida bulgan xususiy
kapitalining — uzok va kiska muddatli aktivlarning yil boshiga va yilning oxiridagi xolati aks
ettiriladi.
"Yil boshiga koldik" moddasida sub’ektlar xisobot yilining boshiga nisbatan xususiy
mablaglarining yigindisini kursatadilar:
3-ustun — "Ustav kapitala" da 8510-"Ustav kapitalini xisobga
oluvchi schyotlardagi
ma’lumotlarga asosan ta’sis xujjatlarida kursatilgan Ustav kapitalining oddiy aksiyalar, imtiyozli
aksiyalar, ulush va omonatlarning mikdori kursatiladi;
4-ustun - "Kushilgan kapital" da 8520-"Kushilgan kapital"ni xisobga oluvchi schyotlardagi
ma’lumotlarga. asosan emissiya daromadi, xorij valyutasining kursidagi
farki va tekin- ga
olingan mulklarning mikdori aks ettiriladi;
5-ustun - "Zaxira kapitala" da belgilangan koidaga kura Uzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining ruxsati bilan tashkil etilgan zaxiradagi kapitalning mikdori, ya’ni asosiy vositalarni
karta
baxolashdagi fark summasi, zaxira kapitali, xisobotni umumlashtirayotganda (yigma
xisobot) sodir bulgan sum kursidagi farklarning mikdori aks ettiriladi;
6-ustun - "Taksimlanmagan foyda"da 8710-"Taksimlanmagan foyda" schyotining
ma’lumotlariga asosan yil boshiga nisbatan taksimlanmagan
foyda mikdori kursatiladi;
7-ustun - "Xususiy kapital bilan koplanmagan zararlar"da sub’ektning balansidagi yil
boshiga bulgan zararlarning mikdori kursatiladi.
8. Hisobotga ilovalar, tushuntirishlar va ma’lumotlar.
Buxgalteriya hisoboti avvalom bor korxona mulki tarkibi hamda korxona moliya
natijalarini ko‘rsatib beradi.
Undan tashqari, bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo‘ladigan
hisob-kitoblar, moliya tashkilotlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar aks
ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini mana shunday to‘liq berilishi shu bilan belgilanadiki, korxona
mustaqil iqtisodiy ob’ekt deb qaraladi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan ko‘p bo‘lmagan tushuntirish xati ilova
qilinadi. Bu tushuntirish xatida korxona faoliyati so‘nggi natijasiga ta’sir
etgan asosiy omillar,
korxonaning yillik hisoboti natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va sof foyda taqsimlanishi,
buxgalteriya hujjatlarini tekshirish haqida auditor xulosasi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar yil boshiga
boshlang‘ich balans o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari
ko‘rsatib o‘tiladi. SHu ningdek, unda hisobot yilidagidan boshqacha hisob siyosatini qo‘llashga
doir qaror qilingan bo‘lsa, u haqida ham ma’lumot beriladi.
Dostları ilə paylaş: