Termiz Davlat Universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti sirtqi ta’lim Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi 2-kurs 320-guruh talabasi Mamatkarimov Akmalning Mikroiqtisodiyot akroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan referat


Iqtisodiy davrlar. Ishsizlik. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati



Yüklə 12,48 Kb.
səhifə3/5
tarix14.06.2023
ölçüsü12,48 Kb.
#130125
növüReferat
1   2   3   4   5
Reja Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot us-fayllar.org

kimga va qancha ishlab chiqarishi lozimligini aniqlashi lozim

Iqtisodiy davrlar. Ishsizlik. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati

Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o‘rganish, ulardan hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish, bandlilik va inflatsiya darajasining davriytebranishga iqtisodiy davr(sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o‘tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi


Iqtisodiy davrlar to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo‘lib, u «cho‘qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to‘liq bandlik, ishlab chiqarish to‘la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning baho darajasining o‘sish holati kuzatiladi.Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning o‘sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina bahoning o‘sish darajasi sustlashishi mumkin.

Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turg‘unlik davri boshlanadi. Ko‘tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga erishiladi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi. Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan va texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi. Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog‘lashadi.


Yüklə 12,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin