Termiz Davlat Universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti sirtqi ta’lim Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi 2-kurs 320-guruh talabasi Mamatkarimov Akmalning Mikroiqtisodiyot akroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan referat
Reja: Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari
Termiz Davlat Universiteti
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETi sirtqi ta’lim Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi 2-kurs 320-guruh talabasi Mamatkarimov Akmalning Mikroiqtisodiyot.akroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan referati
Mavzu: mikroiqtisodiyot.makroiqtisodiyot
Reja:
Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari
Iqtisodiy davrlar. Ishsizlik. Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati.
“Mikroiqtisodiyot” fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xo’jaligining quyi bo’g’inidagi ob’ektlar faoliyatiga taalluqli fan bo’lganligi uchun, u shu korxonalarda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalangan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlarni ko’paytirishni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi.Korxonalar mavjud cheklangan imkoniyatlar sharoitida o’z faoliyatlari yo’nalishlarini belgilashda 3 ta asosiy vazifani hal qilishlariga to’g’ri keladi. Birinchidan, nima ishlab chiqarishi; ikkinchidan, qanday ishlab chiqarishi; uchinchidan, kimga va qancha ishlab chiqarishi lozimligini aniqlashi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, “Mikroiqtisodiyot” fani mamlakat xalq xo’jaligini asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalar faoliyatini tartibga solishda, rivojlantirishda, mamlakat milliy boyligini ko’paytirishda, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini ishlab chiqarishga tadbiq qilishda, mavjud iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda muhim rol o’ynaydi.
Fanning maqsadi, vazifasi va o’rganish usullari. Mikroiqtisodiyot (yunoncha “mikro” kichik) so’zidan olingan bo’lib, iqtisodiyotning dastlabki hal qiluvchi bo’g’ini bo’lgan firma, korxona, mikrofirma, turli xil xalq xo’jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo’jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta’sirida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar , hodisalarni, ularni namoyon bo’lish shart sharoitlarini, oqibatlarini tahlil qiladi va xulosalar yasaydi. Fanni o’rganishdan maqsad - talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini o’rgatishdan iborat. U xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor sharoitida harakatini tahlil etadi, iqtisodiyotda vujudga keladigan amaliy muammolrni yechish yo’larini bartaraf etishda qo’l keladi. Fanning vazifasi - noyob ishlab chiqarish resurslarini, iste’mol tovarlarini bozor sharoitida taqsimlash tamoyillarini o’rgatish, talab va taklif nazariyasiini korxona faoliyatidagi ahamiyati to’g’risida tushuncha berish, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to’g’risida hamda ularda narxni shakllanishi bo’yicha bilimga ega bo’lish, bozor strukturasi sharoitida firmalarning harakatini tahlil etish, davlatni bozor iqtisodiyotiga aralashuvi va buning oqibatlari to’g’risida tushunchaga ega bo’lish.