Merkantilizm iqtisodiy ta’limot va davlat siyosati sifatida Frantsiyada ancha rivoj topdi. Frantsiyada merkantilizm vakillaridan biri, mashxur «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) asarining muallifi Antuan Monkreten (1576–1621) hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini – jamg’armani ko’paytirishning, mamlakat xo’jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaradi. A.Monkreten pul boyligini ko’paytirish yo’llarini qidirdi, o’z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, xunarmandchilik maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o’z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Frantsiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni mamlakat boyligini so’rib oluvchi nasosga taqqoslaydi.
Adam Smit o‘zining “Millatlar boyligi...” asarining 4 – kitobida merkantilistlar nazariyasi va siyosatini keskin rad etgan, unda Smit Tomas Manni merkantilistlar lideri sifatida keltirib o‘tgan. Angliyada keyingi yetuk merkantilizm Tomas Man (1571–1641) asarlarida ifoda etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T.Man o’z davrining yirik savdogar, Sharqiy Hindiston kompaniyasining direktori edi, bu kompaniya tanqidchi yozuvchilar tomonidan 2 jihati bo‘yicha tanqidga uchragan: 1) Angliya Hindistonga eksport o‘rniga import qilardi, 2) Angliya Import uchun Hindistonga qimmatbaho metallar yuboradi: Man shaxsiy biznes manfaatdan foyda ko‘ruvchi hukumat siyosati tarafdori, oddiy mercantilist edi. Uning birinchi kitobi ,, Angliya va Sharqiy Hindiston o‘rtasidagi savdo haqida(ma’ruza)” deb nomlanib 1621 – yilda nashr etilgan. Bu kitob sharqiy Hindiston kompaniyasini partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan. Uning 2 – kitobi: Xorijiy savdo orqali kelgan Angliya xazinasi deb nomlanib 1628 – yilda tayyor bo‘lgan, biroq bu kitob uning vafotidan so‘ng o‘g‘li tomonidan 1664 – yili chop etilgan.