Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Turizm ta’lim yo’nalishi 2-kurs 121-guruh talabasi Ismoilova Zuhraxonning Iqtisodiyot nazariyasidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 198,94 Kb.
səhifə3/5
tarix17.12.2022
ölçüsü198,94 Kb.
#75818
1   2   3   4   5
Iqtisodiyot nazariyasi zuhraxon

Merkantilizmga nisbatan bildirilgan yana bir munosabatni qayd etib o’tishimiz kerak. Ayrim iqtisodchilar merkantilizmni ularning namoyondalari ilgari surgan g’oyalari asosida emas balki ularning manfaatlari asosida baholashadi. Merkantilistlar zamonaviy iqtisodiy tilda “manfaat qidiruvchilar” deb atalgan. Ular foyda ko’rish maqsadida davlatni ishga solib o’zlari uchun imtiyozlar yaratganlar. Umuman olganda ular davlatning monopollik imtiyoziga sazovor bo’lgan savdogarlar bo’lib, bu monopol-savdogarlik ularga balandroq narx o’rnatish imkoniyatini bergan.

Har bir davlatda merkantilizm o’ziga xos usulda namoyon bo’ldi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi, mamlakatdagi siyosiy vaziyat, turli xalqlarning milliy-psixologik xususiyatlari uning o’ziga xos tomonlarini keltirib chiqardi. Merkantilizm Ispaniya, Italiya, Angliya va Frantsiyada ancha keng tarzda rivojlandi. Masalan, Ispaniyada boylik qimmatli metall, pul bilan bir narsa deb qaralgan. Shu bois, Ispaniyada XVII asrning boshigacha mamlakatdan oltin va kumushni olib chiqish (o’lim jazosi tahlikasi ostida) taqiqlangan. Ispan bimetall monetar nazariyasining etuk himoyachisi Marian XVII asrning 20-yillarida qimmatli toshlardan iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlarni chetga chiqarishdan boshqa, barcha har qanday tashqi savdoni man etish talabini ilgari surdi. Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqtisodiy rivojlanishda ancha orqada qolib ketdi.

Turli mamlakatlarda merkantilizm ta’limotining o’ziga xos xususiyatlari.

Merkantilizm iqtisodiy ta’limot va davlat siyosati sifatida Frantsiyada ancha rivoj topdi. Frantsiyada merkantilizm vakillaridan biri, mashxur «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) asarining muallifi Antuan Monkreten (1576–1621) hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini – jamg’armani ko’paytirishning, mamlakat xo’jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaradi. A.Monkreten pul boyligini ko’paytirish yo’llarini qidirdi, o’z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, xunarmandchilik maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o’z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Frantsiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni mamlakat boyligini so’rib oluvchi nasosga taqqoslaydi.


Yüklə 198,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin