Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Turizm ta’lim yo’nalishi 2-kurs 121-guruh talabasi Ismoilova Zuhraxonning Iqtisodiyot nazariyasidan tayyorlagan mustaqil ishi


Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi



Yüklə 198,94 Kb.
səhifə5/5
tarix17.12.2022
ölçüsü198,94 Kb.
#75818
1   2   3   4   5
Iqtisodiyot nazariyasi zuhraxon

Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi.

Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va XVI asrning o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo’l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo’lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisobladilar:

Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko’proq tovar sotib olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning qiymmatini pasaytirish bilan shug’ullangan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi merkantalistlarning boylik muammosiga bo’lgan qarashini o’zgartirishga majbur etdi. Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag’batlantirilishi sababli, mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o’rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur kontseptsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi.

Merkantilistlar fikriga ko‘ra, savdoning muqobil balansiga erishish uchun davlat eksportni rag‘batlantirib importni ta’riflar, kvotalar, subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‘batlantirilishi va xorijiy savdo orqali boshqarilishi lozim. Xorijdan manufaktura tovarlarni keltirilishi arzon xom-ashyolar importni, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya majburiyatlari hisoblangan. Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiat o‘rtasidagi nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‘pgina merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste’mol yoki ishlab chiqarishda emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida deb fikr yuritishgan, Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarishi savdo balansini o‘rnatadi degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.Ularning qarashlariga ko‘ra xalqlar bilan savdoning umumiy balansi muhim ahamiyat kasb etadi


Yüklə 198,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin