Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə30/41
tarix18.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#99549
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Hujjatlarni turlari.

Xo‘jalik jarayonlari turli-tumanligi ularning aks ettiruvchi hujjatlarni ham turli bo‘lishiga sabab bo‘lishi tabiiydir. Hujjatlar bir necha xususiyatlarga kura turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab, hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda ular aylanishini, saklashini osonlashtirishdir.
Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, xo‘jalik jarayonini aks ettirishiga, qaerda tuzilishi xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.
Tuzilish tartibiga ko‘ra, dastlabki va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadiki, buni qo‘yidagicha izohlash mumkin.
Xo‘jalik jarayoni ro‘y berganda albatta hujjatlashtirilishi shart, masalan, tovar keltirish uchun asos bo‘lgan TTN (Tovar transport nakladnoyi), kassa kirimi va chiqim orderlari va hokazo. Bular bir xo‘jalik jarayonini o‘zida aks ettiradi, hamda dastlabki hujjatlarga misol bo‘ladi.
SHu dastlabki hujjatlar tekshirilib, ular asosida yigmahujjatlar tuziladi va bu hujjatlar ma’lum bir davr ichida ro‘y bergan jarayonlar hisobot ma’lumotlar beradi.
Yigma hujjatlarga tovar hisoboti, kassir hisobotini misol tariqasida keltirish mumkin.
Hujjatlar yana ularni vazifasiga kura 5 turga ajratiladi.

  1. Farmoyish beruvchi hujjatlar.

  2. Tasdiklovchi hujjatlar.

  3. Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar.

  4. Ramiylashtirish hujjatlari.

  5. Axborot hujjatlari.

  1. Biror xo‘jalik jarayonini bajarish uchun albatta ma’sul xodimlar tomonidan buyruq beriladi yoki jamoa qaror qabul qiladi. Unda jarayonni bajaruvchi shaxslar, hamda jarayonlar bajarilishi muddati ko‘rsatilgan bo‘ladi. SHunday qilib biror xo‘jalik jarayonini bajarilishiga farmon beruvchi hujjatlar, farmoyish hujjatlari deyiladi. Ular asosida buxgalteriya provodkalari bajarilmaydi, balki korxona boshqaruvini xodimlari ishlar yuzasidan nazoratni o‘rnatish uchun xizmat qiladi.

  2. Xodim, ma’sul shaxsni biror xo‘jalik jarayonini bajarganini tasdiqlovchi hujjatlar ham amalda qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalarni qabul qilish, topshirish akti asosiy vositalarni qabul qilinganini, to‘lov qaydnomalari mehnat haqi berilganini (deponentlashtirilganligini) isbotlaydi. SHuning uchun ham bunday hujjatlar tasdiqlovchi hujjatlar deyiladi.

  3. Korxonalar buxgalteriya hisobini yuritishda shunday hujjatlar ham mavjudki, ularda bir vaqtning o‘zida jarayon bajarilishiga farmon berilishi bilan birga, jarayon bajarilganligini tasdiqlash xususiyati ham mujassamlashtirilgandir. Masalan, to‘lov topshiriqnomasi korxonaning bankdagi «hisoblashish» schetidan to‘lov o‘tkazilishiga buyruq berilishi bilan birga schetdan pul o‘tkazilganligini ham isbotlaydi. Bunday hujjatlarga to‘lov talabnomasi, kassa chiqim orderlarini ham misol tariqasida keltirish mumkin. Ularda 2 xususiyat mujassamlashtirilganligi sababli, farmoyish tasdiqlovchi hujjatlar deb ataladi.

  4. Buxgalteriya hisobi yuritishda xo‘jalik jarayonlari ro‘y berishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo hisob ishlarida ahamiyatli hujjatlar ham borki, ular rasmiylashtirish hujjatlar deb ataladi. Masalan, korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalarga eskirish summasini hisoblash qaydnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, sotilgan tovarlarga doir o‘rtacha savdo ustamasini hisoblash jadvali, sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlarini hisoblash jadvali va xokazo. Ulardan buxgalteriya hisobi registrlariga tegishli yozuvlarni aks ettirishda foydalaniladi.

  5. Korxonada ro‘y bergan xo‘jalik jarayonlarini asosi hisoblangan uni moliyaviy holati, tovar moddiy boyliklari zahiralari hisobot axborot beruvchi hujjatlar, ichki boshqaruv va yuqori tashkilot va muassasalari, davlat soliq nazorati, kreditorlar, hissadorlar, ta’sischilar, tashqi auditorlarga zaruriy vaqtlarda tegishli axborotlar olishda xizmat qiladi. Bunday axborot hujjatlarga mol etkazib beruvchilar, pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalar, bank muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar tovar moddiy boyliklari zahiralari, tabiiy kamayish me’yorlari misol bo‘la oladi.

Hujjatlar qaerda tuzilishiga ko‘ra ikki to‘rga bo‘linadi.

  1. Korxona o‘zida tuzilgan hujjatlar

  2. Boshqa korxonalarda tuzilgan hujjatlar.

Korxonada sodir etilgan jarayonlar uchun asos bo‘lgan va uni o‘zida tuzilgan hujjatlarga hisobdor shaxs avans hisoboti, hisob-to‘lov vedomosti, kassa kirim va chiqim orderlari, hisobotlar misol bo‘ladi.
Korxona buxgalteriyasidagi schetlarda tegishli ma’lumotlarni aks ettirishda boshqa korxonalarda rasmiylashtirilgan hujjatlar ham asos bo‘ladiki, ularga hisob-kitob schetidan ko‘chirma, unga ilova qilingan to‘lov talabnomalarini, mol etkazib beruvchi tashkilot yuborgan tovar(mahsulot) uchun asos bo‘luvchi TTN, yuk kvitansiyalari va boshqalar misol bo‘ladi.
Hujjatlar maxsus blankalarga xo‘jalik jarayonlarini aks ettirish orqali olinar ekan, xo‘jalik jarayonlari turliligi ular aks ettirilgan hujjatlarda rekvizitlar turlicha bo‘lishiga olib keladi. hujjatlardagi rekvizitlar hisobot so‘z yuritishdan oldin, blankalardagi rekvizitlarni bilib olmoq maqsadga muvofikdir. CHunki, ma’lumotlar har tomonlama talabga javob beruvchi blankalarda aks ettirilishi lozim:

  • blankalarda statistika qo’mitasi belgilangan shakl kodi bo’lishi;

  • xo’jalik jarayonini aks ettirish uchun maxsus qatorlar bo’lishi;

  • ma’sul xodimlar imzosi va muhr uchun o‘rin ajratilishi va xokazo.

  1. Hujjatlardagi rekvizitlar va hujjatlarni rasmiylashtirish.

Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bo‘lishi uchun qo‘yidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi zarur:

  • hujjat (shakl) nomi, shakl kodi;

  • tuzilgan muddati;

  • xo‘jalik jarayonini mazmuni;

  • xo‘jalik jarayoni summasi (so‘zda va sonda);

  • xo‘jalik jarayoni uchun ma’sul shaxslar nomi,

  • hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxs nomi va imzosi.

Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda amalga oshirilgan muomalalar haqida to‘la - to‘kis fikrga ega bo‘lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning REKVIZITLARI deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni anglatadi.
O‘z xususiyatiga ko‘ra rekvizitlar har xil bo‘ladi. Ular o‘zlarida aks ettirilgan hujjatlarning vazifalari va muomalalarning mazmuniga bog‘liq. Mutlaqo aniqki, masalan, ishchiga ish haqi hisoblashni rasmiylashtiradigan hujjat (ishbay ishiga naryad)ning rikvizitlari, to‘lov talabnomasi (tovarlarning sotilishini qayd etilgan hujjat)ning rekvizitlaridan, albatta farqlanadi.
Lekin har xil hujjatlarning mazmunidagi katta farqlarga qaramasdan, har qanday muomalani buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun zarur bo‘lgan rekvizitlar mavjud bo‘lishi kerak
Zaruriy xollarda hujjatlarda qo‘shimcha rekvizitlar ham aks ettirilishi mumkin. Masalan, hujjat tartib raqami, korxona nomi va manzili, jarayonni sodir etilishi uchun asos, hujjatlashtirilayotgan jarayonni aniqlashga mo‘ljallangan boshqa rekvizitlar.
Buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitlarda hujjatlar rekvizitlari kod ko‘rinishida aks ettirilishi mumkin.
Hujjatlardagi rekvizitlar aniq va to‘g‘ri holda, kimeviy qalamda, sharikli, siyohli ruchkada, yozuv mashinalari orqali aks ettirilishi mumkin. hujjatlardagi yozuvlarni oddiy qalamda yozishga ruxsat etilmasligiga sabab, hujjatlarni arxivlarda uzoq saklanishi davomida yozuvlarni to‘liq saklanishini ta’minlashdir. hujjat davomida blankalardagi maxsus qatorlarda bo‘sh qolgan qatorlarga albatta chiziq tortilishi kerak, bu bilan mumkin bo‘lmagan yozuvlar oldi olinadi.
Hujjatlarda albatta, ulardagi yozuvlar xaqiqiyligini tasdiqlash huquqiga ega shaxslar bo‘lib, ular soni, ro‘yxati korxona raxbari tomonidan tasdiqlanadi. Qimmat va juda kamyob moddiy boyliklar berilishi rasmiylashtiriladigan hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega shaxslar chegaralangan bo‘lishi kerak.
Hujjatlarda o‘chirib yozishlar bo‘lishi mumkin emas, zaruriyat tug‘ilib qolganda esa, tuzatish imzo va so‘z bilan tasdiqlab qo‘yilishi shart. hujjatlarda bo‘yab, noaniq yozuvlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Kassa jarayonlari aks ettirilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish mumkin emas.

  1. Hujjatlarning aylanishi.

Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos bo‘luvchi hujjatlar bir necha ma’sul shaxslarda, bo‘limlarda, korxonalarda xarakatda bo‘ladi va o‘z mo‘ljali bo‘yicha xizmat qilib bo‘lganidan so‘ng, belgilangan tartibda arxivga topshiriladi, ya’ni hujjat aylanishi sodir bo‘ladi. Demak, hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilguncha xarakatidir.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Hujjatni tekshirishda qo‘yidagilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi:
SHakl nuktai nazaridan (hujjat to‘g‘ri to‘ldirilganligi, hamma rekvizitlar mavjudligi, to‘liqligi).
Mazmun tuktai nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon qonuniyligi, iqtisodiy mazmunga ega ekanligi alohida ko‘rsatkichlar mantiqiy bog‘liqligi, arifmetik xatolar yo‘qligi).
Iktisodiy mantiqsiz, qonunga xilof hujjat jarayonlari aks ettirilgan hujjatlar rasmiylashtirishga va jarayonni bajarilishiga qabul qilinmaydi. Bunday hujjatlar tegishli qaror qabul qilish uchun korxona boshqarma buxgalteriyalariga topshirilishi shart.
Kayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan hujjatni yana qayta ishlash oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali amalga oshirilsa, ularni qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi.
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov vedomotslariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda e shtampda «olindi» yoki «to‘landi» degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar xarakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish uchun olinishi ro‘yxat bilan tartibga solinadi.
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Eldon S. Hendrikson Michael F. Van Breda. Accounting theory asarida quyidagi fikrlarni bildirishgan:
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini oqilona tashkil etishdan iborat. hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. YOki jadval ko‘rinishida bo‘lib, qo‘yidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi ma’sul, bajarilishga ma’sul, bajarilish muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga ma’sul, kim keltirishi, keltirish tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim bajarishi, qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), hamda ro‘yxatni tasdiqlash buyrig‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri, korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi .
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga taalluqli hujjatlarni tuzadi va takdim etadi. hujjatni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishi, belgilangan, muddatda takdim etilishi , ulardagi ma’lumotlar ishonchliligiga javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
The purpose of the list is to simplify accountancy, to make a reasonable circulation of documents. The document list can be checked as schema. In the form of the table, it has the following requisites: document name, document creation (number of copies, authorizing officer, execution of execution, expiration date) document verification (responsible for verification) , order of delivery, term of delivery), document processing (who, who will perform, processing time) to archive (who gives, duration of issuance), number and duration of order of the order confirmation, enterprise seal, chief accountant and head of the enterprise Signature.
Corporate staff builds and presents documents related to their activities, based on their list of documents. the right to timely, correct, timely submission of the document, the responsibility for the reliability of the information contained therein, shall be entrusted to the person who signed and signed this document.”6
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob qaydnomalari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari arxivga topshirilishi majburiydir.
Hujjatlar arxivga topshirilgunga kadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki korxona raxbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs ma’sulligida bekitiladigan shkaflarda saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa , ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda, metall shkaflarda, maxsus binolarda saklanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga taalluqli, joriy oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib arxivga ma’lumotnoma bilan uzatiladi.
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular ilovalari bilan birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. Ba’zi bir hujjatlar taxtlanmasligi mumkin, ammo ular yo‘qotilishi yoki suyiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib qo‘yiladi.
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saklash ko‘rsatmasiga kura, o‘rnatiladi.
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xoimlariga berilishi korxona bosh buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan xollardagi qarorlariga asosan olinishi mumkin. hujjat olinishi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxona tegishli ma’sul xodimiga imzo bilan beriladi. hujjat olgan tashkilot ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli ma’sul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan muddati ko‘rsatilishi kerak.

  1. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uni ahamiyati va turlari.

Korxonada mavjud bo‘lgan mulkliklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob ma’lumotlari nechog‘lik xaqikiyligi, to‘g‘riligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi. Korxonadagi mulklar deganda, asosiy vositalar, nomoddiy, aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, tovar, pul mablag‘lari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham inventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qarzlari, bank kreditlari, olingan qarzlar tushuniladi.
Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi ma’lumotlar albatta, xaqikiy ma’lumotlar asosida bo‘lmog‘i lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham korxona inventarizatsiyasi o‘tkazilmog‘i shartdir.
Yo‘qlama qilishning utkazilish tartibiga karab rejali va tusatdan amalga oshirilgan yo‘qlama qilishlarga bo‘linadi.Buxgalteriya hisoboti va balanslari to‘g‘risidagi nizomga kura korxona yo‘qlama qilishni kuyidagi muddatlarda utkazishi shart:

  • asosiy vositalarni xar yili eng kamida bir marta yillik hisobot va balans to‘zish

oldidan,ammo hisobot yilining 1 noyabridan avval emas;

  • kapital sarflarni xar yili eng kamida bir marta yillik hisobot va balans to‘zish

oldidan,ammo hisobot yilining 1 dekabridan avval emas;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayer mahsulotlari yillik hisobot to‘zishdan oldin,ammo hisobot yilining 1 oktyabridan avval emas;

  • tugallanmagan to‘zatish va kelgusi davr xarajatlarini xar yili kamida 1 marta;

  • esh xayvon,bokuvdagi xayvon,kush,kuen,yirtkich xayvon va asalari oilalari xamda tajriba ostidagi xayvonlarni - xar chorakda eng kamida bir marta;

  • omborlardagi tayer mahsulotlari - xar yili eng kamida bir marta yillik hisobot va balans to‘zish oldidan,ammo hisobot yilining 1 oktyabridan avval emas;

  • sanoat molari saklanadigan ombor va bazalardagi mollarni - xar yili eng kamida bir marta;

  • ozik-ovkat mollari saklanadigan ombor va bazalardagi tovarlarni - xar yili eng kamida ikki marta;

  • chakana savdo magazinlaridagi va uning boshqa korxonalaridagi mol va idishlarni - xar yili eng kamida ikki marta;

  • kitob magazinlaridagi mollarni - xar yili eng kamida bir marta;

  • kam baxoli va tez ishdan chikadigan buyumlarni - xar yili eng kamida bir marta;

  • neft va neft mahsulotlarini - xar oyi eng kamida ikki marta;

  • kimmatbaxoli metalla va olmoslarni xar yili eng kamida ikki marta;

  • kutubxona fondalarini - tegishli vazirliklar tomonidan o‘rna-tilgan tartibda;

  • xom-ashe va xar xil moddiy qiymatliklarni - xar yili eng kamida bir marta, yillik hisobot va balans to‘zish oldidan, ammo hisobot yilining birinchi oktyabridan avval emas;

  • pul mablag‘lari, pul xujjatlari, kimmatli va kat’iy hisobotdagi ish kogoz (blank)larni - xar oyda kamida bir marta;

  • blanklar bilan hisob-kitoblarni (hisob-kitob va boshqa schyotlar, ssudalar, byudjetdan olingan mablag‘lar va boshqalar buyicha) banklarining kuchirmalarini olish bilanok, bankka inkassaga berilgan hisob-kitob xujjatlari buyicha esa xar oyning birinsi sanasiga;

  • byudjetga tulovlar buyicha hisob-kitoblarni - xar chorakda eng kamida bir marta;

  • korxonalarning o‘zlarini aloxida balansiga utkazilgan ishlab chiqarish bulinmalari, ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklar bilan xamda yukori tashkilotlari bilan hisob-kitoblarini - xar oyning birinchi sanasiga;

  • debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblarni - xar yili eng kamida ikki marta.

YUkorida ko‘rsatilgan yo‘qlama qilish muddatlariga karab korxonada bir yilda utkaziladigan yuklama qilishlar rejasi to‘ziladi. SHu rejaga asosan korxonaga tegishli barcha qiymatliklar, yo‘qlama qilinadi va bu ma’lumotlar hisob ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Ana shu yul bilan hisob ma’lumotlarining realligi ta’minlanib boriladi. Moddiy javobgar shaxslar almashgan vaqtda almashinish kuni yo‘qlama utkazilishi shart. Rejali yo‘qlama qilishni utkazish uchun bir kancha tadbir-choralar amalga oshiriladi.
Rejali yo‘qlama qilishdan tashkari, korxonalarda tusatdan xam yo‘qlama qilish utkaziladi. Bunday yo‘qlama qilishlar korxona raxbariga yoki yukori tashkilot va idoralarga tegishli ob’ektdagi javobgar shaxsning nojuya xarakatlari xaqda biror xabar kelganda, korxona faoliyati taftish qilinishi davrida, ut olish, suv tashish va boshqa ba’zi sabablarga kura amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya - korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish demakdir.
Korxonalarda asosan, 1 oktyabrdan keyin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik balans ma’lumotlarini xaqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo qo‘yidagi holatlarga ham e’tiborni qaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda nventarizatsiya qilinadi.
Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik ularning hamma faoliyatlarida o‘z aksini topmoqda. SHular jumlasidan, inventarizatsiya o‘tkazish muddati va ob’ekti ko‘rsatilgan ro‘yxat ham, korxona rahbariyati tomonidan mustaqil ravishda yil boshiga tuziladi. Bu ro‘yxatga binoan, korxonada doimo amaliyotda bo‘ladigan inventarizatsiya komissiya a’zolari tarkibi ham tuzilgan bo‘ladi. Bularni hammasi korxona rahbari tasdiqlaydi. Inventarizatsiya o‘tkazish hisobotgi ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi.
Rejasiz inventarizatsiya esa, qo‘yidagi hollarda o‘tkaziladi:

  1. moddiy javobgar shaxs o‘zgarganda;

  2. moddiy javobgarlikning brigada usulida:

  1. 50 % brigada a’zolari o‘zgarganida;

  2. brigada boshligi o‘zgarganida;

  1. yong‘in, tabiiy ofatlar ro‘y berganda, ular tugatilgan zahoti;

  2. o‘g‘irlik hisobot ma’lumot olingan zahoti;

  3. mulkchilik shakli o‘zgarganda;

  4. inventarizatsiya o‘tkazilishi hisobot moddiy javobgarlik brigada a’zolaridan ariza olinganda;

  5. boyliklar buzilishi aniqlanganda;

  6. boyliklar qayta baholanishi amalga oshirilganda;

  7. asosiy vositalar ijarasi ro‘y berganda (asosiy vositalar inventarizatsiyasi);

  8. korxona tugatilayotganda

Inventarizatsiyani yuqoridagi, o‘tkazish tartibiga ko‘ra turga bo‘lishdan tashqari, qo‘yidagi xususiyatiga qarab ham turga ajratish mumkin. Mablag‘lar qancha qismini inventarizatsiya qilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

  1. To‘lik;

  2. Qisman.

To‘lik inventarizatsiyada korxona mulklarining barchasi inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya 1 yilda bir bor o‘tkazilishi shart. (yillik hisobot tuzilishidan oldin).
Qisman inventarizatsiya korxona mulklarining ma’lum bir qismigina inventarizatsiya ob’ekti bo‘lishi bilan xususiyatlidir.

  1. Inventarizatsiya o‘tkazish va natijasini rasmiylashtirish.

Inventarizatsiyaning qanday turi o‘tkazilayotganligidan qat’iy nazar, uni o‘tkazish hisobot korxona rahbari buyrug‘i tuzilishi shart. Bu buyruqda quyidagi rekvizitlar aks ettirilgan bo‘lishi lozim: buyruq tartib raqami, korxona nomi, buyruq yozilgan muddat, inventarizatsiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bo‘lim, inventarizatsiya ob’ekti (moddiy boylik va moliyaviy majburiyatlar), inventarizatsiya boshlash va tugatish muddatlari, inventarizatsiya utkazish sababi, inventarizatsiya hujjatlarini buxgalteriyaga topshirish muddati, raxbar ismi va imzosi, korxona muhri.
Korxonalarda inventarizatsiya o‘tkazish hisobotgi buyruqlar bajarilishi ustidan nazorat ta’minlash maqsadida, ro‘yxat kitobi yuritilib, uni nomi «Inventarizatsiya utkazish hisobot buyruqlar bajarilish nazorat kitobi». Undagi rekvizitlar quyidagilardan iborat: korxona nomi, inventarizatsiya boshlanishi muddati, tugatish muddati, inventarizatsiya o‘tkaziladigan korxona, ombor, sex, bo‘lim nomi va hokazo, moddiy javobgar shaxs familiyasi, buyruq (tartib raqami, muddati), inventarizatsiya komissiyasi a’zolari, buyruqni olinganligini tasdiqlovchi imzo, inventarizatsiya etiladigan boylik nomi, inventarizatsiya o‘tkazish muddati (buyruqga ko‘ra, haqiqatda) tugatilishi muddati (buyruqga ko‘ra, haqiqatda), inventarizatsiya qatnashchilari hisobot belgi dastlabki natija (muddat, etishmovchilik, ortiqcha summalar), so‘nggi natijalar (muddat, etishmovchilik ortiqcha summalar), natijalarni tasdiqlangan muddati, etishmovchilik bo‘yicha qabul qilingan tadbir muddati, etishmovchilikni qoplash ishni tergov organlariga berish, belgi qo‘yish qatori.
Buyruqni olib, uni olinganligi hisobot ro‘yxatga imzo chekkan komissiya a’zolari, belgilangan ob’ektga borganlaridan so‘ng, inventarizatsiya boshlashdan oldin inventarizatsiya muddatiga, kirim va chiqim hujjatlarini yoki moddiy boyliklar va pul mablag‘larini harakati hisobot hisobotlarni oxirgilarini olishlari shart.
Inventarizatsiya komissiyasi rahbari hisob reestrlariga (hisobtlariga) ilova qilingan hamma kirim va chiqim hujjatlariga imzo qo‘yadi. Bu hujjatlar buxgalteriyada, inventarizatsiya boshlangunga qadar hisob bo‘yicha moddiy boyliklar qoldig‘ini hisoblashga asos bo‘ladi. Inventarizatsiya qilinayotgan boylikni keltirish bo‘yicha hisobdorlik summalariga ega yoki uni qabul qilishga ishnochnomaga ega bo‘lgan shaxslardan ham tilxat olinishi lozim.
Moddiy boyliklar va hisoblangan moliyaviy majburiyatlar haqiqiy holati hisobotgi ma’lumotlar inventarizatsiya yozuvi yoki inventarizatsiya dalolatnomalariga ikki nusxadan kam bo‘lmagan miqdorda rasmiylashtiriladi.
Inventarizatsiya komissiya a’zolari inventarizatsiya ob’ektlari oxirgi qoldiqlarini to‘liq va aniq aks ettirishlari, inventarizatsiya ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirishlari lozim.
Korxonada inventarizatsiya etilayotgan mulklar haqiqiy qoldig‘i o‘lchash, tortish, sanash orqali aniqlanadi. SHuning uchun ham korxona rahbari inventarizatsiya belgilangan muddatda boshlanishini va oqilona tashkil etilishini ta’minlash shart-sharoitlarini yaratmog‘i zarur. Bunday shart-sharoitlarga bilan yordamchi ish kuchlari bilan, xo‘jalik, tortish asboblari, va ular texnik sozligini ta’minlashlari misol bo‘ladi.
Korxona tovarlar va boshqa moddiy zahiralari inventarizatsiya qilinayotganda, ular mol etkazib beruvchilar o‘rovlarida saqlanayotgan bo‘lsa, tanlov usulida tekshirish ishlari olib borilishi mumkin. Tanlov usulida boyliklarni ba’zi birlarigina o‘lchanishi, sanalishi mumkin, agar hisobdagilardan farqlar aniqlansa, moddiy boylikning hammasi inventarizatsiyadan o‘tkazishi shart bo‘ladi. Ko‘p miqdorda tortiladigan tovarlar inventarizatsiyasi olib borilayotganda, inventarizatsiya komissiya a’zolaridan biri moddiy javobgar shaxs bilan tortish qaydnomalariga ma’lumotlarini aks ettirib boradi. Kun oxiri yoki o‘lchash oxiriga borganda ushbu qaydnomalar ma’lumotlari umumlashtirilib, jami ko‘rsatkichlar inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettiriladi.
O‘lchash dalolatnomalari, texnik hisoblashish va tortish qaydnomalari inventarizatsiya ro‘yxatiga ilova qilinishi shart.
Korxona mulklari haqiqiy miqdori inventarizatsiya orqali aniqlanayotganda, moddiy javobgar shaxs qatnashmogi lozimdir.
Inventarizatsiya dalolatnomalari va inventarizatsiya ro‘yxatlari yozma ravishda, shuningdek, hisoblash texnikasi va yozuv mashinalari orqali to‘ldirilishi mumkin. Ushbu hujjatlarni to‘ldirishda o‘chirib yozishlar va bo‘yashlarga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Inventarizatsiya qilinayotgan tovar moddiy boyliklari va boshqa ob’ektlari inventarizatsiya yozuvlariga aks ettiriladi. Inventarizatsiya ob’ektlari ular analitik hisobi ro‘yxati bo‘yicha inventarizatsiya ro‘yxatiga tartib raqami, o‘lchov birligi, miqdori aks ettirilib boriladi.
Agar xatolik bilan aks ettirilgan yozuvlar aniqlansa, ustidan chizib, to‘g‘ri yozuv aks ettiriladi va bu komissiya a’zolari hamda moddiy javobgar shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Agarda inventarizatsiya yozuv va ro‘yxatlarida, solishtirma qaydnomalarida bo‘sh qatorlar bo‘lsa, chiziq tortilishi kerakki, bu bilan qo‘shimcha yozuvlar orqali inventarizatsiya ma’lumotlarini haqiqatdan chetlanishi oldi olingan bo‘ladi.
Inventarizatsiyani rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq inventarizatsiya dalolatnomasi va inventarizatsiya ro‘yxatini inventarizatsiya komissiya a’zolarining barchalari va moddiy javobgar shaxs imzolari bilan tasdiqlashlari kerak.
Hisob va inventarizatsiya ma’lumotlari solishtirma qaydnomalarida solishtiriladi. Ortiqcha yoki etishmovchiliklarni miqdor va qiymat ko‘rinishida aks ettirish shu solishtirma qaydnomalarida amalga oshiriladi.
Korxona mulklari inventarizatsiyasida qo‘llaniladigan hujjatlar ro‘yxati qo‘yidagilardan iborat:

  • inv. 1 shakl. Asosiy vositalar inventarizatsiya yozuvi - korxona assosiy vositalar inventarizatsiya ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Aktivlar joylashgan o‘rni, hamda saqlanishiga moddiy javobgar mahsulotlar bo‘yicha alohida bir nusxada to‘ldirilib, komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi, so‘ngra buxgalteriyaga topshiriladi.

  • inv 2. SHakl. Inventarizatsiya yorligi. Ushbu hujjat ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra inventarizatsiya komissiya a’zolari korxona omborlaridagi xom ashe, tayyor mahsulot, tovar va boshqa moddiy boyliklarni darxol sanab chiqa olmaganlarida va inventarizatsiya ro‘yxatida aks ettira olmaganlarida qo‘llaniladi. Inventarizatsiya yorligi komissiya a’zolari tomonidan to‘ldirilib, hisoblangan tovar moddiy boyliklari bilan birga ular joylashgan erida saqlanadi.

  • inv 3. SHakl. Tovar moddiy boyliklari inventarizatsiya ro‘yxati. Korxonadagi xom ashelar, materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va boshqalarni xaqikatdagi qoldig‘ini aks ettirishda qo‘llanilib, moddiy boyliklar joylashgan o‘rni, o‘rnatilgan moddiy javobgarligi bo‘yicha alohida tuziladi. Inventarizatsiya ro‘yxati komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so‘ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi.

  • inv 4 SHakl. Jo‘natilgan tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma korxonalarga jo‘natilgan tovarlar xaqikiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. To‘lash muddati o‘tib ketgan va to‘lash muddati etmagan jo‘natilgan tovarlar bo‘yicha alohida bir nusxadan to‘ldirilib, komissiya a’zolari imzolab, buxgalteriyaga topshiridilar.

  • inv. 5. SHakl. Ma’sul saqlashga qabul qilingan (berilgan) tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya ro‘yxati. Ushbu inventarizatsiya ro‘yxati ma’sul saqlashga olingan (berilgan) tovar. moddiy boyliklar xaqikiy qiymatini aniqlashda qo‘llaniladi. Inventarizatsiya ro‘yxati bir nusxada to‘ldirilib komissiya a’zolari moddiy javobgar shaxs imzo chekkanlaridan so‘ng, solishtirma vedomostini tuzish uchun buxgalteriyaga yuboriladi.

  • inv. 6. SHakl. Yuldagi materiallar va tovarlar inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma inventarizatsiya mobaynida yo‘lda bo‘lgan mahsulotlar va tovarlar haqiqiy miqdori va qiymatini aniqlashda foydalaniladi. Material va tovarlar yo‘lda ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida dalolatnoma bir nusxada to‘ldirilib, komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.

Inv - 4, inv- 5, inv - 6 , inventarizatsiya dalolatnomalari ro‘yxatlari o‘rniga buxgalteriya jurnal order qaydnomalari shaklida qo‘llanilishi mumkin.

  • inv. 10 SHakl. Asosiy vositalar tugallanmagan ta’mirlash ishlari inventarizatsiya dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma bino, inshoat, texnik-ta’minot vositalari, asbob uskunalar va boshqa asosiy vositalar ob’ektlarini tugallanmagan kapital ta’mirlash ishlari inventarizasini o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bajarilgan ishlar holati tekshiruvi asosida bir nusxada to‘ldirilib , komissiya a’zolari, moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.

  • inv 11 SHakl. Kelgusi davr xarajatlarini inventarizatsiya dalolatnomasi. Korxonalar kelgusi davr xarajatlari hisobi yuritiladigan schet ma’lumotlarini tekshirish asosida tuzilib, imzolanadi va buxgalteriyaga topshiriladi.

  • 15 Inventarizatsiya. Pul mablag‘lari inventarizatsiya dalolatnomasi.

Kassadagi naqd pullar xaqikiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan inventarizatsiya ma’lumotlarini aks ettirishda qo‘llanildi.
Komissiya a’zolari qimmatbaho qog‘ozlar, limitlashtirilgan chek daftarchalari, naqd pullar miqdorini sanash orqali aniqlab, dalolatnomani ikki nusxada to‘ldiradilar. Ushbu dalolatnomaga komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi va bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Moddiy javobgar shaxs o‘zgarayotganda o‘tkaziladigan inventarizatsiya № 15
inventarizatsiya shakli 3 nusxada to‘ldiriladi. Biri buxgalteriya, ikkinchi, uchinchi nusxalari esa moddiy javobgarlikni topshirayotgan va qabul qilib olayotgan shaxslarga beriladi.

  • 16 inventarizatsiya yozuvi. Ushbu hujjat qimmatbaho qog‘ozlar va qat’iy hisobdagi hujjatlar xaqikiy miqdorini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan inventarizatsiya ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llaniladi.

Qat’iy hisobdagi hujjat blankalariga benzin talonlari, yo‘l chiptalari va boshqalar misol bo‘ladi.
Inventarizatsiya yozuvi ikki nusxada to‘ldirilib, biri buxgalteriyaga, ikkinchisi esa qimmatbaho qog‘ozlarni qat’iy hisobdagi blankalarni moddiy javobgarlikka olayotgan shaxsda qoladi.

  • 17 inv. Xaridorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasi xaridorlar mol etkazib beruvchilar va boshqa turli debitorlar hamda kreditorlar bilan hisoblashish inventarizatsiya ma’lumotlarinii rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Dalolatnoma bir nusxada, tegishli schet ma’lumotnomalari asosida aniqlangan qoldiq summalari aks ettirilgan holda rasmiylashtirilib, komissiya a’zolari tomonidan imzo bilan tasdiqlanib, buxgalteriyaga topshiriladi.

Hisoblashish inventarizatsiya dalolatnomasida aks ettirilgan majburiyatlar turlari bo’yicha ma’lumotnoma (spravka) (inv - 17 shaklga ilova), ilova qilinishi shart. Inv - 17 dalolatnomasi shu ilova ma’lumotnoma asosida to‘ldiriladi.
Ma’lumotnoma buxgalteriya hisobi sintetik schetlariga alohida rasmiylashtiriladi. Ushbu ma’lumotnoma korxonadagi debetorlik va kreditorlik qarzlari yuzasidan hisoblashishda bo‘lgan turli korxonalar, tashkilotlardan olinadi.
Buxgalteriya debetorlik, kreditorlik qarzlari qoldiq summalari, olingan ma’lumotnoma (spravka)lar ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan holda № 17 inv. dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

  • 18 inv. Solishtirma qaydnoma asosiy vositalar inventarizatsiya natijalarini

rasmiylashtirishda qo‘llanib, bir nusxada to‘ldiriladi va buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saklanadi.

  • 19. Inv. Solishtirma qaydnoma hisob ma’lumotlaridan chetlashishlar aniqlangan tovar moddiy boyliklar inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladi. Ushbu solishtirma qaydnoma ham bir nusxada rasmiylashtirilib, buxgalteriyada belgilangan muddatgacha saklanadi.

Korxona xo‘jalik mulklari inventarizatsiya ma’lumotlari va aniqlangan natijalari yuqoridagi hujjatlarda rasmiylashtirilgach, korxona raxbari tasdig‘idan so‘ng, buxgalteriya schetlarida tegishli yozuvlar amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida qo‘yidagilar aniqlanadi:

  1. Hisob va inventarizatsiya ma’lumotlari teng:

  2. Hisob ma’lumotlaridan inventarizatsiya natijasida aniqlangan ma’lumotlar yuqoriligi (ortiqcha xo‘jalik mablag‘lari aniqlanishi).

  3. Hisob ma’lumotlari ko‘rsatkichlari yuqoriligi: (xo‘jalik mulklari etishmovchiligi aniqlanishi).

6- MAVZU. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari.
1.Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha, ularning ahamiyati.
2.Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi.
3.Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi.
4.Buxgalteriya hisobi shakllari

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin