Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini baholash va uni amalga oshirish tamoyillari. Ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari turli bo‘lib, o‘lchov birliklari, shakl hamda tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ularning tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajm jihatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir. Demak, ular hisobining yuritish uchun yagona o‘lchov birligi — puldan foydalanmaslikning iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda baholanadi. Baholash usullari. Jahonda sarflangan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: FIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum — birinchi xarajat; LIFO — o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum — oxirgi xarajat; AVEKO — o‘rtacha tannarx. Boshlang‘ich qiymat. Boshlang‘ich qiymat — asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat. Qoldiq qiymat. Qoldiq qiymat — bu asosiy vositalarning boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasining farqidir. Joriy qiymat. Joriy qiymat — ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalarning qayta baholashishi natijasida vujudga keladi.