4-mavzu. Baholash va kalkulyasiya Reja: Baholash va uning ahamiyati.
Asosiy mablag‘larni baholash.
Materiallarni baholash usullari.
Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida.
Xarajatlarni guruhlash tamoyillari. Baholash va kalkulyasiyaning mahsulot tannarxini aniqlashdagi o‘rni.
Mahsulot tannnarxini kalkulyasiya qilish usullari.
Tayanch iboralar:Baholash, boshlang‘ich qiymat, eskirish summasi, xarid bahosi, bozor bahosi, haqiqiy baho, FIFO, LIFO, AVEKO, qiymat, pul o‘lchov birligi, mahsulot tannarxi, foyda, zarar, ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajat- lari. 1. Baholash va uning ahamiyati. Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun xalq xo’jaligi miqyosida ham kattadir. Barry Elliot, Jamie Elliot “Financial accounting and reporting”da “Baholash - xo’jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir”- deydi. Ya'ni “Evaluation is a method of reflecting the economic resources, liabilities and business processes in monetary units.”5 Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir. Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi - puldan foydalanmaslikni iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi. «Buxgalteriya hisobi hisobot»gi Qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi: Xaqiqiy tannarxda - keltirish yoki ishlab chiqarish tannarxi.
Bozor bahosida - sotish sof qiymati.
Korxona mulklari baholanayoganda ularni tuzilishi, foydalanilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli mo‘ljali kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi. Masalan: savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi. YAna bir mablag‘ - asosiy vositalar hisobi yuritishda qo‘yidagicha baholardan foydalaniladi. Boshlangich qiymat - asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yigindisidan iborat. Joriy qiymat - ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalar qayta baholashishi natijasida vujudga keladi. Asosiy mablag‘larni baholash.
Asosiy vositalar qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga keladi:
hukumat qaroriga ko‘ra;
ta’sischilar qaroriga asosan.
Koldik qiymat - bu asosiy vositalarni boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamgarilgan amortizatsiya summasi farqidir. Tugatish qiymati - asosiy vositani foydali foydalanish muddati oxirida tugatish natijasida vujudga kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayogan xarajatlar ayirmasidir. Amortizatsiya qilinadigan qiymat - bu asosiy vositalarni boshlang’ich qiymati bilan nazarda tutilayotgan (baholangan) tugatish qiymati o‘rtasidagi farqdir. Asosiy vositalarni yuqorida sanab o‘tilgan baholash natijasida vujudga keladigan qiymatlari Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BXMS) № 5 da keltirib o‘tilgandir. Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda xaqikiylik va bir xillik prinsipiga rioya qilinishi shart. Haqiqiylik prinsipi xo‘jalik mablag‘lari sumda baholanilishini to‘g‘ri amalga oshirilishini talab etadi. Bir xillik prinsipi baholashda qo‘yidagicha namoyon bo‘ladi. Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart. YUqorida tovarlar, hamda asosiy vositalar baholanishi hisobot ma’lumotlarni keltirildi. Quyida esa korxona ba’zi mulklarini baholanishi hisobot so‘z yuritamiz. Materiallarni baholash usullari.
Materiallar aylanma mablag‘lar xisoblanib, ularni korxona xo‘jalik faoliyatidagi xarakati tez amalga oshadi. Materiallar xar bir turini tayyorlash ular xaqiqiy tannarxini aniqlash, hisoblash ko‘pgina hisoblashishni, hamda vaqtni talab etadi. Materiallarni baholashda qo‘yidagi baholardan foydalaniladi: materiallarni reja bahosi va haqiqiy tannarhi. Materiallarni xaqikiy tannarxi va reja bahosi bo‘yicha baholari o‘rtasidagi farq analitik hisob orqali aniqlanadi va «Materiallar qiymati o‘rtasidagi farqlar» - 1610 schetda aks ettiriladi. Materiallar xaqikiy tannarxini aniqlashda baholashni qo‘yidagi usullaridan foydalaniladi: 1O‘rtacha tannarx AVECO. .FIFO - o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum - birinchi xarajat.
.LIFO - o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, ohirgi tushum - ohiri xarajat.
Buxgalteriya hisobi milliy standartining № 5 sonida materiallarni baholashda AVECO usulidan foydalanish tavsiya etilgan. Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul ko‘rinishida aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan majburiyat summasi esa, sudning tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi. Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymatda bozor qiymatida, balans (hisob) qiymatda va hakozolarda xisobga olinadi. Kalkulyasiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida.
Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o‘zaro bog‘langandir. SHuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini tashkil etadi. Davr xarajatlari korxonaning foyda yoki zararlari hisobidan qoplanadi. Kalkulyasiya - tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan: ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. SHuningdek, savdo korxonalaridagi muomala xarajatlari, moddalari, summalarini tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlashda ham kalkulyasiyadan foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan (2003 yildagi o‘zgarishlar bilan) «Maxsulotlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom»da, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida vujudga keladigan xarajatlar tarkibi yoritib berilgan. Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liqlikdadir. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikdadir. Kalkulyasiya usulini schetlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, kalkulyasiya qilinishi talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq xarajatlar tegishli schetlarda aks ettirilganligidir. Baxolash bilan kalkulyasiyaning bog‘liqligi shundaki, kalkulyasiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash ko‘rinishida hisobga olinadi. Turli mablag‘lar tannarxi kalkulyasiya yordamida aniqlanadi, masalan: mehnat buyumlari, tayyorlangan mahsulot, sotilgan tovarlar (ish, xizmat) tannarxi ham kalkulyasiya yordamida aniqlanadi. Xarajatlarni guruhlash tamoyillari.
Ushbu barcha mablag‘lar tannarxi hisoblanayotganda korxonani xo‘jalik barcha jarayonlaridagi - ta’minot, ishlab chiqarish, sotishdagi xarajatlari hisobga olinadi. Ushbu Nizomda barcha xarajatlar qo‘yidagilarga guruhlangan: Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar.
bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari.
V) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. 2 Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar. sotish xarajatlari:
boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar):
V) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umum xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari: foizlar bo‘yicha xarajatlar:
xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari:
V) kimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash: G) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar: YUqorida mahsulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan xarajatlar keltirib o‘tildi. Baholash va kalkulyasiyaning mahsulot tannarxini aniqlashdagi o‘rni.
Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o‘zaro bog‘langandir. SHuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bo‘linadi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moddalari mavjud bo‘lib, ular Nizomda keng yoritilgan. Ob’ekt tannarxi kalkulyasiya qilinayotganda uning qay darajada aniq bo‘lishi hisobni tugri yuritilishiga, xarajatlarni tegishli schetlarda aks ettirilishiga bog‘liqdir. Bunga erishish uchun xarajatlar analitik hisobini to‘g‘ri yulga qo‘yish, xarajatlar bilan bog‘liq, xo‘jalikni yaxshi yulga qo‘yish, shuningdek xarajatlar moddalarini guruhlanishini yaxshi o‘zlashtirib olish kerak bo‘ladi. Maxsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlash uchun xarajatlarni davrlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash kerak bo‘ladi. Bunday holat gazeta va oynomalar uchun korxonalar obunasi davrida, shuningdek, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar sarflangan davrda yuzaga keladi. Ma’lumki korxonalar obunani yilni oxirgi oylarida amalga oshiradilar, obuna to‘lovlari ham shu oylarda to‘lanadi. Vaxolanki, obuna kelgusi yilning 12 oyi uchun mo‘ljallangandir. SHuning uchun ham obuna to‘lovlarini kelgusi yil 12 oyi uchun taqsimlab chiqish ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga tegishli xarajatlarni qo‘shish maqsadlidir. Agar to‘langan obuna xaqlari shu to‘langan oyda ishlab chiqilgan mahsulotlar tannarxiga birdaniga qo‘shilsa, shu oydagi mahsulotlar tannarxini sun’iy ravishda oshib ketishiga olib kelishi tabiiydir. Ahamiyat berib qaralsa, obuna xarajatlari kelgusi davrga tegishligiga ishonch xosil qilinadi. SHunga uxshash xarajatlar hisobi uchun «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 - schet mo’ljallangan. Xarajatlar amalga oshirilganda, hisobi «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 - schetda yuritiladi. Xarajat mahsulot tannarxiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan davrda, kelgusi davr xarajatlari schetidan joriy davr xarajatlari schetiga o‘tkazib boriladi. Kelgusi davr bilan bog‘liq xarajatlarga yana qo‘yidagi misolni keltirish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish korxonasida yoki umumiy ovkatlanish korxonasida yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar (xom ashyo, mehnat xaqi va xakozo) joriy davrda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga kiritilsa, tannarx noto‘g‘ri hisoblanishiga olib keladi. YAngi mahsulot turi tajriba va turli boshqa tekshiruvlardan o‘tib, uni keng miqyosda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, kelgusi davr xarajatlari schetiida hisobga olib qo‘yilgan xarajatlar summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga bir necha davr (oylar) davomida taqsimlab boriladi. Korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalar jismoniy eskirishi natijasida ta’mirlash ishlarini bajarilishi talab etiladi. Asosiy vositalarni kapital ta’mirlash ishlari ko‘p miqdordagi xarajatlar sarflanishini e’tiborga olsak, ta’mirlash ishlari bajarilgan davrdagi xarajatlarni, ya’ni mahsulot tannarxini birdaniga oshib ketishi kuzatiladi. Mahsulot tannarxini bir davrda birdaniga oshib ketishini oldini olish maqsadida, asosiy vositalar ta’mirlash ishlari yuzasidan zahira hisoblab boriladi. Zahira hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi. Zahira hisobini yuritish uchun - 8910 «Kelgusi davr to‘lovlari va xarajatlari yuzasidan zahira» passiv scheti mo‘ljallangan. Zahira hisoblanganda ham shu oydagi xarajat (Debet 2010, 2310, 2510, 9400) hamda zahira (KREDIT 8910 ) ko‘payadi. SHunday qilib,, har oyda ma’lum bir miqdorda mahsulot tannarxiga qo‘shib borish natijasida vujudga kelgan zahira hisobidan ta’mirlash ishlari bajariladi. U vaqtda xarajat ko‘paymaydi, balki, zahira summasi kamayadi. Zahiralar ko‘rinishidagi xarajatlarga ishchi va xodimlarni mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblanadigan mehnat xaqi xarajatlarini ham misol tariqasida keltirish mumkin. Ma’lumki, mehnat kodeksiga ko‘ra, ishchi va xodimlar bir yilda bir mehnat ta’tilini olish huquqiga egadir. Ba’zi bir korxonalarda ishchilar soni ko‘p bo‘ladi, bizga ma’lumki, kupchilik shaxslar mehnat ta’tilini yoz oylarida olishga xarakat qiladi. Agarda mehnat xaqlari mahsulot tannarxiga qo‘shilishini e’tiborga olsak, yoz oyida ishlab chiqilayotgan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda birdaniga oshib ketishi ro‘y berishini tushunish mumkin. Sababi mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarga ham, ular o‘rniga mehnat qilayotgan xodimlarga ham mehnat haqi hisoblanishi kerak. Sun’iy ravishda mahsulot tannarxini mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblangan xarajatlar hisobiga oshib ketishini oldini olish maqsadida zahira hisoblab boriladi. Zaxira umumiy summasi yig‘ilishi uchun bir miqdorda oyma-oy mahsulot tannarxi oshishi hisobiga zahira hisoblab boriladi. Mehnat ta’tili uchun ish xaqlari hisoblanayotgan oyda xarajat ko‘paymasdan zahira summasi kamayadi va shu yul bilan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda oshishining oldi olinadi. Mahsulot tannnarxini kalkulyasiya qilish usullari
Mahsulot (ish va xizmatlar) tannarxini aniqlash usullari ularning turlari, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tovar-moddiy nomenklaturasiga bog‘liqdir. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtmali, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usullari ham qo‘llaniladi. Hisoblab borilgan zahira summalari ortib kolsa, korxona foydasiga o‘tkazadi. SHubhali qarzlar yuzasidan zahiralar ham korxona zararini birdaniga oshishiga yul kuymaslik maqsadida tashkil etiladi. Hisobi esa, 4910 «Gumonli qarzlar yuzasidan zahira» passiv schetida yuritiladi. Bunda har oyda Debet 9430 KREDIT 4910 buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi. SHubhali qarzlar yuzasidan yig‘ilgan zahira hisobidan kreditorlik qarzlari qoplansa, quyidagi buxgalteriya provodkasi yoziladi: Debet 4910 «Gumonli qarzlar yuzasidan zahira». KREDIT 4010 «Olinadigan schetlar». Savdo korxonalarida muomala xarajatlari bo‘lib, ular hisobi 9410 schetda yuritiladi. Muomala xarajatlarining 23 ta moddasi mavjuddir. Sotilgan tovarlar uchun muomala xarajatlarini kalkulyasiya qilinishi tovar uchun savdo ustamasini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi. Masalan: muzlatgich bilan bog‘liq xarajatlar (shu muzlatgich eskirish summasi, ta’mirlash xarajatlari, elektro energiya sarfi uchun to‘lov summalari)ni muzlatgichda saqlanadigan tovarlar miqdori o‘rtasida proporsional taqsimlash zarur, ya’ni muzlatgichda oy davomida saqlangan jami tovarlar miqdorida tovarni necha foizni tashkil etishi aniqlab olinadi, so‘ngra muzlatgich bilan bog‘liq barcha xarajatlarni shuncha foizi tegishli tovar bilan bog‘liq xarajatga qo‘shiladi. Ammo savdo korxonalarida sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlarining aniqlash amalietda qo‘llaniladi. Bu bilan oy davomida sarflangan transport xarajatlarini jami shu oydagi xarajatlarga qo‘shilishi oldi olinadi. Sababi qabul qilingan tovarlarni barchasi shu oyda sotilmaydi-ku, shuning uchun ham sotilmay qolgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari aniqlanib, transport xarajatlari qoldig‘i sifatida qolishi kerak. Sotilgan tovarlarga tegishli transport xarajatlari esa, joriy davr muomala xarajatlariga qo‘shiladi va foyda hisobidan qoplanadi. Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, kalkulyasiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Foyda (daromad)dan soliq summasi hisoblanishini e’tiborga olsak kalkulyasiya o‘rnini, ahamiyatini bilish qiyin emas.